• World Wide Web
  • O’zbekiston Respublikasi Хalq talim vazirligi Respublika bolalar kutubхonasi Fan: Informatika




    Download 92 Kb.
    bet2/8
    Sana15.03.2017
    Hajmi92 Kb.
    #123
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Internet va WWW

    Internet — dunyo bo’ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab kompyuter tarmoqlarining majmuyidir. Internetda axborot almashish standart qoidalar asosida amalga oshiriladi. Internetdagi ma'lumotlarni uzatish qpidalan protokollar (masalan, TCP/IP -TRANSMISSON CONTROL PROTOKOL / INTERNET PROTOKOL) deb ataladi.

    TCP/IP protokolining axborotni uzatish usuli quyidagicha: TCP protokoli axborotni paketlarga ajratadi; IP protokoli orqali barcha paketlar qabul qiluvchiga uzatiladi va TCP protokoli tomonidan barcha paketlarning qabul qilinganligi tekshiriladi; barcha paketlar qabul qilingandan keyin TCP protokoli ularni tartibga soladi va yaxlit ko’rinishga keltiradi.

    Kompyuterlarning axborotlarni telefon tarmoqlari orqali yubora olishiga imkon beruvchi modem deb ataluvchi qurilmaning yaratilishi (1979-yil Nayes kompaniyasi) va rivojlanishi sababli faqatgina shaxsiy kompyuteri va telefoni bor millionlab kishilar tarmoqning maxsus qurilmalarisiz ham Intemetdan foydalana olish imkoniyatigaegabo'ldilar.

    Hozirgi kunda Intemet dunyo bozorini o’rganishda va savdo-sotiq ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Intemet o’zaro aloqa bog’lash yoki malumotlar almashish tarmog’i bo’libgina qolmasdan, unda mavjud bo’lgan ma'lumotlar ombori majmuyi dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Intemetning kompyuterlar bilan bog’liq bo’lgan narsalardan muhim farqi shundaki, u o’zi haqidagi ma'lumotlarni ham o’zida saqlay oladi.

    1992—93-yillarda axborot texnologiyasining rivojlanishi sababli tasviriy va tovushli axborotlarni olis masofalardan qisqa vaqtda uzatishning shunday imkoniyati yaratilganki, u World Wide Web deb nomlangan.

    World Wide Webning yaratilishiga 1989-yil Shveysariyadagi Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kerigashining loyihasi asos bo’ldi. Bu loyihaning maqsadi Intemetda axborot tarqatishning samarali usullarini izlash va uning oqibatlarini kuzatishdan iborat edi. Hozirgi kunda World Wide Web Intemetning eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biri bo’lib qoldi.

    Intemet deganda ko’pchilik World Wide Web (qisqacha Web yoki WWW) ni tushunadi. Aslida World Wide Web Intemetning bir qismi bo’lib, xalqaro o’rgimchak to’ri ma'nosini anglatadi. World Wide Web multimedia (multimedia — rasm va matnli axborotni tovushli va harakatdagi shakllardan iborat axborot bilan birlashtirish texnologiyasi) imkoniyatlariga ega bo’lgani uchun foydalanuvchilar e'tiborini juda tez qozondi.



    Download 92 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston Respublikasi Хalq talim vazirligi Respublika bolalar kutubхonasi Fan: Informatika

    Download 92 Kb.