Savol va topshiriqlar
1. Internet deganda nimani tushunasiz?
2. Internetda axborot uzatish protokoli deganda nimani tushunasiz?
3. World Wide Web haqida nimalarni bilasiz?
4. Web-sahifa va gipermatn haqida so’zlab bering.
5. Internetdagi Web-sahifalar qayerda saqlanadi?
INTERNETDA ISHLASHNI TAMINLOVCHI DASTURLAR
Web-brauzerlar
Siz awalgi sinflarda bir necha amaliy dasturlar bilan tanishdingiz. Masalan, Word — matn, Paint — grafik ko’rinishdagi axborotlar bilan ishlashga, Kalkulyator esa hisob-kitob ishlarini bajarishga mo’ljallangan dasturlar edi. Xuddi shunday, Internetning WWW xizmatidan foydalanish uchun ham maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Ular web-brauzerlar (Browser) deb ataladi. Browser inglizcha so’z bo’lib, ko’rishni to’minlash, ko^rsatish ma'nosini anglatadi. Birinchi Web-brauzer 1990-yil CERN (Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashi) xodimi Tim Berners-Ii tomonidan ishlab chiqilgan.
Hozirgi kungacha juda ko’p Web-brauzerlar ishlab chiqarilgan. Mosaic, Opera, AdWiper, Netscape Navigator, Netscape Communicator, Microsoft Internet Explorer va Power Browser shular jumlasidandir. Shulardan eng ko’p foydalaniladigani Netscape Communicator va Microsoft Internet Explorerdir. Microsoft firmasining Internet Explorer dasturini Windows operatsion sistemasi tarkibiga kiritganligi bu brauzerning keng tarqalishiga sabab bo’ldi. Shuning uchun Microsoft Internet Explorer dasturi asosida brauzerlarning imkoniyatlari bilan tanishamiz.
|