Incremental ishlab chiqish




Download 242,92 Kb.
bet4/7
Sana21.05.2024
Hajmi242,92 Kb.
#248167
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MUS Akobir

2.1.2 Incremental ishlab chiqish


Incremental ishlab chiqish - boshlang‘ich versiyasini ishlab chiqish, foydalanuvchilar va boshqalarning fikr-mulohazalarini inobatga olish va kerakli tizim ishlab chiqilgungacha bo’lgan davrda dasturiy ta’minotni bir necha versiyalar orqali rivojlantirish g‘oyasiga asoslanadi (2.2-rasm). Spetsifikatsiya, ishlab chiqish va tasdiqlash faoliyati alohida emas, balki bir-biriga bog'langan va tezkor teskari aloqga ega bo’lgan faoliyatlardan iborat.

Amaliy tizimlar va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishda eng keng tarqalgan yondashuvlardan biri bu bosqichma-bosqich rivojlanish (Incremental ishlab chiqish) hisoblanadi. Ushbu yondashuv rejaga asoslangan, tezkor yoki ushbu yondashuvlarning aralashmasi bo'lishi mumkin. Rejaga asoslangan yondashuvda tizim rivojlanish darajalari oldindan aniqlanadi; agar tezkor yondashuv qo'llanilsa, dastlabki rivojlanishlar aniqlanadi, ammo keyingi bosqichlarning rivojlanishi biznes-tizimlari va mijozlar ustuvorligiga bog'liq.


Dasturiy ta'minotning Incremental ishlab chiqish usullari moslashuvchan usullarining asosiylaridan bo’lib, u sharshara usulidan ko’ra ishlab chiqish jarayonida talablari o'zgaruvchan bo’lgan tizimlarni yaratishda qulay hisoblanadi. Aksariyat biznes tizimlari bu usul yordamida ishlab chiqiladi. Masalani hal qilish usuliga qarab Incremental ishlab chiqish amalga oshiriladi. Kamdan-kam hollarda muammoning to'liq yechimini oldindan topiladi, xatoga yo'l qo'yilganini topilganida, orqaga qaytib, ketma-ket qadamlar bilan yechimga o'tiladi. Dasturiy
ta'minotni bosqichma-bosqich ishlab chiqish orqali unga o'zgartirishlar kiritish arzonroq va osonroq bo'ladi.
Tizimning har bir qo'shimchasi yoki versiyasi mijozga kerak bo'lgan ba'zi funksiyalarni o'z ichiga oladi. Umuman olganda, tizimning dastlabki bosqichlarida eng muhim yoki eng tez talab qilinadigan funksiyalarni o'z ichiga oladi. Bu shuni anglatadiki, mijoz yoki foydalanuvchi tizimni ishlab chiqishning nisbatan erta bosqichida uning talab qilinadigan narsalarni yetkazib bera olishini baholashi mumkin. Agar yo'q bo'lsa, unda faqat rivojlanish strategiyasini o'zgartirishi kerak va keyingi modifikasiyalar uchun yangi funksiyalar aniqlanadi.
Incremental rivojlanish sharshara modeliga nisbatan uchta asosiy afzalliklarga ega:
Talablardagi o'zgarishlarni amalga oshirishga ketadigan xarajatlari kamayadi. Qayta ko'rib chiqilishi kerak bo'lgan tahlil va hujjatlar miqdori sharshara modelida talab qilinadiganidan ko’ra kamroq bo’ladi.
Ishlab chiqilgan ishlari bo'yicha mijozlarning fikr-mulohazalarini olish osonroq bo’ladi. Mijozlar dasturiy ta'minot haqida fikr bildirishlari va oldingidan ko’ra amalga oshirilgan ishlarni ko'rishlari mumkin. Mijozlarga dasturiy ta'minotni loyihalash hujjatlaridan uning rivojlanish bocqichlarini baholashi qiyinroq bo’ladi.
Foydali dasturiy ta'minotni mijozga erta yetkazib berish va joylashtirish, hatto barcha funksiyalar kiritilmagan bo'lsa ham mumkin. Mijozlar ertaroq dasturiy ta'minotdan foydalanishlari hamda foyda olishlari mumkin.
Boshqaruv nuqtai nazaridan, incremental yondashuv ikkita muammoga ega:
Jarayon ko'rinmaydi. Menejerlar rivojlanish darajasini o'lchash uchun muntazam natijalarni bilib turishlari lozim. Agar tizimlar tezda ishlab chiqilsa, tizimning har bir versiyasini aks ettiruvchi hujjatlarni ishlab chiqarish iqtisodiy jihatdan samarali emas.
Yangi qo'shimchalar qo'shilishi bilan tizim strukturasi yomonlashadi. Muntazam o'zgartirish tartibsiz kodga olib keladi, chunki har qanday usulda yangi funksiyalar qo'shiladi. Tizimga yangi xususiyatlarni qo'shish tobora qiyin va qimmatga tushadi. Tuzilmaning buzilishini va kodning umumiy chalkashligini kamaytirish uchun moslashuvchan usullar dasturiy ta'minotni muntazam ravishda qayta ishlash (yaxshilash va qayta qurish) kerakligini taklif qiladi.
Incremental rivojlanish muammolari, ayniqsa, turli jamoalar tizimning turli qismlarini ishlab chiqadigan katta, murakkab, uzoq davom etadigan tizimlar uchun og’irlik qiladi. Katta tizimlar qat’iy tuzilma yoki arxitekturaga muhtoj va tizimning mustaqil qismlari bilan ishlaydigan turli guruhlarning mas'uliyati ushbu arxitekturaga nisbatan aniq belgilanishi kerak. Bu bosqichma-bosqich emas, balki oldindan rejalashtirilishi kerak.
Incremental ishlab chiqish tizim mijoziga har bir rivojlanish bosqichi yetkazib berish kerak degani emas. Tizimni bosqichma-bosqich ishlab chiqish va uni mijozlarga hamda boshqa manfaatdor tomonlarga o’z fikrlarini bildirishga taqdim etish mumkin, uni etkazib berish va mijozning muhitida joylashtirish shart emas. Qo'shimcha yetkazib berish dasturiy ta'minot real operatsion jarayonlarda qo'llanilishini anglatadi, shuning uchun foydalanuvchining fikr-mulohazalari haqiqatga yaqin bo'lishi kerak. Biroq, fikr-mulohazalarni taqdim etish har doim ham mumkin emas, chunki yangi dasturiy ta'minot bilan tajriba o'tkazish oddiy biznes jarayonlarini buzishi mumkin.

Download 242,92 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 242,92 Kb.