• Visual Studio 2013ning SP2, SP3
  • Visual Studio DB
  • Entity Framework DB
  • Dasturiy injiniring (EntityFramework 6)




    Download 1,39 Mb.
    bet14/53
    Sana30.11.2023
    Hajmi1,39 Mb.
    #108476
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53
    Bog'liq
    Dasturiy injiniring

    Visual Studio dagi Solution Explorer oynasidan loyiha nomini tanlab, sichqonchani o’ng tugmasini bosamiz. Hosil qilingan menyudan Add --> New Item qismni tanlaymiz. So’ngra hosil qilingan muloqot oynasidan ADO.NET Entity Data Model ni tanlaymiz. Yangi komponentga User nomini beramiz:

    So’ngra bizga model hosil qilish uchun oyna taqdim etiladi. Agar siz Visual Studio 2013ning SP2, SP3 o’rnatilgan varianti bilan ishlayotgan bo’lsangiz, quyidagi muloqot oynasi taqdim etiladi:

    Ushbu muloqot oynasidan EF Designer from database qismini tanlaymiz.


    Agar sizda Visual Studio 2013 zaruriy paketlari o’rnatilmagan bo’lsa, u quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:

    Ushbu holda Generate from database (Создание модели по имеющейся базе данных)qismni tanlash lozim. Natijada modelni hosil qilishning keyingi qadami uchun oyna taqdim etiladi. Ushbu muloqot oynasida DBga ulanishni ko’rsatish lozim.



    Ro'yxatdan zarur bo’lgan ulanishni tanlaymiz. Agar ro'yxatda bizga kerakli ulanish mavjud bo’lmasa, New Connection tugmasini bosib, yangi ulanishni shakllantiramiz.


    Shuningdek, loyihamiz uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar kontekstini tanlash lozim. Bizning misolda ma’lumotlar konteksti sifatida userstoredbEntities kelgan. Bu qiymatni qoldirish yoki o’zgartirish mumkin.
    Ulanish tanlanganidan so’ng, keyingi qadamda o'tish mumkin. Bizda Visual Studio 2013 da zarur paketlar o’rnatilmagan bo’lsa, Entity Framework versiyani tanlash taklif qilinadi. Oltinchi versiyasini tanlaymiz:





    Visual Studio 2013 SP2, SP3 versiyalarida EF 6 ishlatiladi. Shuning uchun ushbu qadam tashlab o'tiladi. So’ngra Visual Studio DB haqidagi barcha ma’lumotlarni oladi:

    So’ngra Tables qismini tanlaymiz. Natijada DBda mavjud jadvallar ro'yxati keltiriladi. Bizning misolda u faqat bitta Users jadvalidan iborat. Tables tugunidagi barcha qismlarni tanlaymiz.
    Model Namespace maydonida modelga mos nomni yozamiz va Finish tugmasini bosamiz. Shundan so’ng Entity Framework DB asosida modelni generatsiya qiladi va uni loyihaga qo’shib qo’yadi.
    Visiual Studio bizga model sxemasini ko’rsatadi. Bizning misolda DBda faqat bitta Users jadvali mavjudligi sababli, sxemada faqat bitta User ob’ekti namoyish qilinadi.

    Ob’ekt tanlanganidan so’ng, Visual Studio ning yuqori o’ng qismida ushbu ob’ektga mos xususiyatlarni ko’rishimiz mumkin:

    Xususiyatlar oynasidagi Name xususiyati ob’ekt namoyish qilinadigan klassni ko’rsatadi. Entity Set Name xususiyati orqali ob’ektlar ro'yxati nomi (ma’lumotlar kontekstidagi DbSet xususiyati) keltirilgan. Bizning misolda ushbu qiymat Users ga teng.
    Endi oddiy dastur yaratib, ma’lumotlar ustida ba’zi amallarni bajaramiz:
    using (userstoredbEntities db = new userstoredbEntities())
    {
    var users = db.Users;
    foreach (User u in users)
    Console.WriteLine("{0}.{1} - {2}", u.Id, u.Name, u.Age);
    }
    Yuqoridagi texnologiya asosida yana bir misolni ko’rib chiqamiz:


    1. Download 1,39 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53




    Download 1,39 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dasturiy injiniring (EntityFramework 6)

    Download 1,39 Mb.