66
qilinib, kerakli joyga joylashtiriladi. Ya‟ni kalit qiymati ildiz kalit qiymatidan
kichik bo‟lgan elementlar chap shoxga, katta elementlar o‟ng tomonga
joylashtiriladi. Bunda agar yangi element birorta elementning u yoki bu tomoniga
joylashishi kerak bo‟lsa, mos ravishda left yoki right maydonlarga yangi element
adresi yozib qo‟yiladi.
Binar daraxtni hosil qilishda har bir element yuqorida ko‟rsatilgan toifada
bo‟lishi kerak. Lekin hozir biz o‟zlashtirish osonroq va tushunarli bo‟lishi uchun
key va rec maydonlarni bitta qilib info maydon deb ishlatamiz.
4.3-rasm. Binar daraxt elementining tuzilishi
Ushbu toifada element hosil qilish uchun oldin bu toifani yaratib olishimiz
kerak. Uni turli usullar bilan amalga oshirish mumkin. Masalan,