• 6.1. Tuzilma elementlarini saralash
  • -laboratoriya ishi. MA‟LUMOTLARNI SARALASH USULLARI




    Download 1.33 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet42/49
    Sana20.08.2022
    Hajmi1.33 Mb.
    #25297
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   49
    6-laboratoriya ishi. MA‟LUMOTLARNI SARALASH USULLARI 
    Ishdan maqsad: Ushbu laboratoriya ishining maqsadi talabalar qanday 
    saralash usullari va algoritmlari mavjudligini va ularning samaradorliklarini 
    baholashni o„rganishlari kerak. Shu asosda saralash usullarini qiyosiy tahlil 
    qilishlari va ularga oid dasturlar tuzishni o„zlashtirishlari kerak. 
    Qo„yilgan masala: Talabalar topshiriq variantiga mos saralash usuli 
    yordamida masalani yechish dasturini yaratish ko„nikmasiga ega bo„lishlari kerak. 
    Ish tartibi: 
     Tajriba ishi nazariy ma‟lumotlarini o„rganish; 
     Berilgan topshiriqniтп algoritmini ishlab chiqish; 
     C++ dasturlash muhitida dasturni yaratish; 
     Natijalarni tekshirish; 
     Hisobotni tayyorlash va topshirish. 
    6.1. Tuzilma elementlarini saralash 
    Ma‟lumotlarni kompyuterda qayta ishlashda elementning informatsion 
    maydoni va uning mashina xotirasida joylashishini bilish zarur. Shu maqsadda 
    ma‟lumotlarni saralash amalga oshiriladi. Demak, saralash – bu ma‟lumotlarni 
    kalitlari bo„yicha doimiy ko„rinishda mashina xotirasida joylashtirishdan iborat. 
    Bu yerda doimiylik ma‟lumotlarni massivda kalitlari bo„yicha o„sishi tartibida 
    berilishi tushuniladi. 
    Ma‟lumotlarga qayta ishlov berilayotganda ma‟lumotning informatsion 
    maydonini hamda uning mashinada joylashishini (adresini) bilish zarur. 
    Saralashning ikkita turi mavjud: ichki va tashqi

    ichki saralash bu operativ xotiradagi saralash; 

    tashqi saralash – tashqi xotirada saralash. 
    Agar saralanayotgan yozuvlar xotirada katta hajmni egallasa, u holda ularni 
    almashtirishlar katta sarf (vaqt va xotira ma‟nosida) talab qiladi. Ushbu sarfni 


    111 
    kamaytirish maqsadida, saralash kalitlar adresi jadvalida amalga oshiriladi. Bunda 
    faqatgina ma‟lumot ko„rsatkichlari almashtirilib, massiv o„z joyida qoladi. Bu usul 
    adreslar jadvalini saralash usuli deyiladi. 
    Saralanayotganda bir xil kalitlar uchrashi mumkin, bu holda saralangandan 
    keyin bir xil kalitlilar boshlang„ich tartibda qanday joylashgan bo„lsa, shu tartibda 
    qoldirilishi maqsadga muvofiq bo„ladi (Bir xil kalitlilar o„zlariga nisbatan). 
    Bunday usulga turg„un saralash deyiladi. 
    Saralash samaradorligini bir necha mezonlar bo„yicha baholash mumkin: 

    saralashga ketgan vaqt; 

    saralash uchun talab qilingan operativ xotira; 

    dasturni ishlab chiqishga ketgan vaqt. 
    Birinchi mezonni qarab chiqaylik. Saralash bajarilganda taqqoslashlar yoki 
    almashtirishlar sonini hisoblash mumkin. 
    Faraz qilaylik, N = 0,01n

    Download 1.33 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   49




    Download 1.33 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -laboratoriya ishi. MA‟LUMOTLARNI SARALASH USULLARI

    Download 1.33 Mb.
    Pdf ko'rish