• Requirements analysis
  • Implementation and unit testing
  • Operation and maintenance
  • Ortib borish modeli
  • Dasturiy injiniring kafedrasi




    Download 0,95 Mb.
    bet23/38
    Sana19.05.2024
    Hajmi0,95 Mb.
    #243559
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38
    Bog'liq
    Amaliyot SQL da dasturlashuslubiy ko\'rsatma

    Sharshara modeli
    Sharshara modeli birinchi bo’lib e’lon qilingan dasturiy ta’minotni ishlab chiqish jarayoni modelidir (Royce, 1970). Sharshara modeli asosiy bosqichlari bevosita dasturiy ta’minotni rivojlantirish bosqichini aks ettiradi:



    1. Requirements analysis and definition Tizim foydalanuvchilari bilan maslahatlashib tizimning servislari, chegaraklari va maqsadlari belgilab olinadi.

    2. System and software design Tizim dizayni jarayonida tizim arxitekturasini tashkil qilish orqali apparat yoki dasturiy tizimlarga talablar belgilanadi. Dasturiy ta’minot dizayni fundamental dasturiy ta’minot tizimlari mavhumliklari va ularning munosabatlarini identifikatsiyalash va tasvirlashni o’z ichiga oladi.

    3. Implementation and unit testing Bu bosqichda dasturiy ta’minot dizayni dasturlar to’plami yoki dastur bo’limlar ko’rinishda amalga oshiriladi. Bo’lim testlash jarayonida har bir bo’lim alohida testlanadi.

    4. Integration and system testing Individual dastur bo’limlari yoki dasturlar birlashtiriladi va to’liq tizim ko’rinishida testlanadi. Testlashdan keyin dasturiy ta’minot tizimi foydalanuvchiga yetkaziladi.

    5. Operation and maintenance Bu eng uzun hayot sikli fazasi hisoblanadi. Tizim o’rnatiladi va amaliy foydalanishga qo’yiladi. Maintance o’z ichiga hayot siklining oldingi bosqichlarida tuzaqtilmagan xatoliklarni tuzatish, tizim bo’limlarining amaliy ko’rinishlarini yaxshilash va tizim servislarini yangi talablarga mos ravishda yaxshilashni o’z ichiga oladi.



    Ortib borish modeli
    Incremental(ortib borish) ishlab chiqish dastlabki amaliy ko’rinishni ishlab chiqish g’oyasiga asoslangan. Foydalanuvchi izohlariga qarab tizimning keyingi versiyalari ishlab chiqiladi.

    Qayta foydalanishga mo’ljallangan dasturiy injiniring Ko’pgina dasturiy ta’minot loyihalarida bir nechta qayta foydalaniladigan dasturiy ta’minotlar mavjuv. Qayta foydalanishga mo’ljallangan jarayonlarda foydalanish mumkin bo’lgan uch xil turdagi dasturiy ta’minot komponentalari bor:


    1. Veb servislar servis standartlariga ko’ra ishlab chiqilgan
    2. .NET yoki J2EE kabi componenta freymvorklarga integratsiya qilinadigan paketlangan obyektlar kolleksiyasi
    3. Maxsus muhitlarda foydalanish uchun sozlangan autonom dasturiy ta’minot tizimlari.
    Modellar talablar injiniringi jarayonida tizim uchun talablarni hosil qilishda foydalaniladi. Siz mavjud tizimlarning modelini va ishlab chiqarilayotgan tizimning modelini tuishingiz mumkin.
    1. Mavjud tizim modellari talablar injiringi mobaynida foydalaniladi. Ular mavjud tizimning nima ish bajarishini aniqlashtiradi va tizimning kuchli va kuchsiz tomonlarini muhokama qilishga asos bo’ladi. Bu yangi tizim uchun talablar ishlab chiqishga olib keladi.
    2. Yangi tizim modellari talablar injiniringi davomida yordam berish uchun ishlatiladi. Injinerlar dizayn bo’yicha takliflarni muhokama qilishda modellardan foydalanadi. Tizim modelining eng muhim tomoni shundaki unda tizim haqidagi batafsil ma’lumotlar tashlab ketiladi. Model o’rganilayotgan tizimning mavhum ko’rinishidir.
    Siz tizimni turli xil ko’rinishlarini ko’rsatish uchun turli xil modellarni ishlab chiqishingiz mumkin. Masalan:
    1. Tashqi ko’rinish, tizimning konteksti yoki muhitini modellashtirish.
    2. O’zaro munosabatlar ko’rinishi, tizim bilan muhit yoki tizim komponentalari o’rtasidagi o’zaro munosabatni modellashtirish.
    3. Strukturaviy ko’rinish, tizim tomonidan ishlov berilayotgan ma’lumotlar strukturasi yoki tizim tashkilotini modellashtirish.
    4. Xatti harakatlar ko’rinishi, tizimning dinamik xatti harakatlari va hodisalarga qanday javob berishini modellashtirish
    Tizimning turli xil modellarini yaratish uchun UML bir nechta diagrammalarga ega.
    1. Faoliyat diagrammalari, jarayondagi faoliyatlarni ko’rsatadi 2. Foydalanish holati diagrammari, tizim va uning muhiti o’rtasidagi munosabatni ko’rsatadi.
    3. Ketma-ketlik diagrammalari, shaxs va tizim va tizim komponentalari orasidagi munosabatlarni ko’rsatadi.
    4. Sinf diagrammalari, tizimdagi obyektlar sinflari va ularning o’zaro munosabatini ko’rsatadi
    5. Holat diagrammari, tizimning ichki va tashqi hodisalarga ta’sirini ko’rsatadi
    UML(Unified Modeling Language) - birlashgan modellashtirish tili dasturiy ta’minot tizimlarini modellashda 13 ta turli xil diagramma turlaridan foydalanadi. UML dasturiy ta’minot tizimlarini modelini yaratishda standart yondashuv deb qabul qilingan.
    Konteks modellar Konteks modellar tizimning tezkor kontekstini ko’rsatishda foydalaniladi. Arxitekturaviy modellar tizim va uning boshqa tizimlar bilan munosabatini ko’rsatadi. Tizim chegaralari Tizim chegaralari nima tizim ichida va nima tizim tashqarisidaligini ko’rsatadi. Ular ishlab chiqarilayotgan tizimda foydalanilayotgan yoki bog’liq bo’lgan boshqa tizimlarni ko’rsatadi. Konteks modellar muhitdagi ishlab chiqarilayotgan tizimni emas balki muhitdagi boshqa tizimlarni ko’rsatadi. Jarayon modellar ishlab chiqarilayotgan modellarni ko’rsatadi. UML diagrammalar jarayon modellarda foydalaniladi.

    Download 0,95 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38




    Download 0,95 Mb.