|
Foydalanishga chiqarishni boshqarish
|
bet | 21/38 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 0,95 Mb. | | #243559 |
Bog'liq Amaliyot SQL da dasturlashuslubiy ko\'rsatmaFoydalanishga chiqarishni boshqarish
Tizimli reliz – mijozlarga tarqatilgan dasturiy ta‘minot tizimining versiyasi. Omma uchun – dasturiy ta‘minot bozori, odatda relizning ikkita turi bor: asosiy relizlar ular yanfi funksionalaga ega bo‘ladi va kam miqdordagi relizlar ular hatolarni to‘g‘rilaydi va e’lon qilingan foydalanuvchilar muammosini bartaraf etadi. Masalan bu kitob Apple Mac kompyuterida yozilyapti unda OS 10.5.8 operatsion tizimi o‘rnatilgan. Bu OS 10 tizimining asosiy 5 relizining qo‘shimcha 8 relizi. Asosiy relizlar sotuvchi uchun juda muhim chunki mijoz ularni pulga sotib oladi. Qo‘shimcha relizlar odatda bepul tarqatiladi. Odatiy dasturiy ta‘minot yoki bir-xil yo‘nalishdagi dasturiy maxsulotlarning relizini boshqarish tizimi murakkab jarayondur. Tizimning maxsus relizlari har bir mijoz uchun alohida ishlab chiqilishi mumkin va alohida mijozlar bir vaqtni o‘zida tizimning bir nechta har-xil relizini boshqarishi mumkin. Bu degani dasturiy ta‘minot ishlab chiqaruvchi tashkilot maxsuslashtirilgan dasturiy maxsulotni sotib bu maxsulotning o‘nlab yoki yuzlab hat-xil relizlarini boshqarishiga to‘g‘ri keladi. Tashkilotda mijozdagi tizimning relizlari, reliz va tizim versiyalari o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi ahborotni saqlovchi tizim bo‘lishi lozim. Muammo paydo bo‘lganda mijozga berilgan dasturiy ta‘minotni tiklash kerak bo‘lishi mumkin. Shuning uchun tizimli reliz bajarilganda u ro‘yhatga olinishi kerak kelajakda uni yangilash imkonini kafolatlash uchun. Bu ayniqsa mashinalar kompleksini boshqaruvchi uzoq muddatga o‘rnatiladigan tizimlar uchun muhim. Mijozlar bu tizimning yagona relizini ko‘p yil davomida ishlatishi va yaratilgandan ancha keyin dasturiy ta‘minotga ma‘lum o‘zgartirishlarni kiritishni talab qilishi mumkin. Relizni ro‘yhatga olish uchun siz bajariluvchi kodni yaratishda ishlatgan komponentning dastlabki kodining ma‘lum versiyalarini yozishingiz kerak. Siz dastlabki kod fayllarini hamma ma‘lumotlarini va komfiguratsiya fayllari nushasini saqlab qolishingiz kerak. Shuningdek siz dasturiy ta‘minot yaratishda ishlatilgan operatsion tizimlar versiyalari bilan kutubxona kompleator va boshqa instrumentlarni saqlab qolishingiz kerak. Ular huddi shu tizimni biroz kechroq sana bilan yaratishda ishlatish mumkin. Bu degani maqsadli tizimning dastlabki kodi bilan birga platform va instrumentlarni dasturiy ta‘minotning nushasini ham olishingiz kerak. Tizimli relizni tayyorlash va tarqatish qimmatbaxo jarayondur ayniqsa dasturiy ta‘minot ommaviy bozorining uchun. Reklamani materiallarini shunday tayyorlash kerakki mijozni tizimning yangi ko‘rinishini olishga undashi kerak. Relizga ko‘nikish uchun vaqt berish kerak. Agar relizlar ortiqcha tez chiqarilsa yoki apparat vositalarini talab qilsa mijozlar yangi relizga qiziqmasligi mumkin ayniqsa uni sotib olmoqchi bo‘lsa. Agar tizimli relizlar juda kam chiqarilsa bozordagi o‘rnini yo‘qotishi mumkin chinki mijoz alternative tizimlarga o‘tib ketishi mumkin. Omil Tasnif Tizimning texnik sifati Ko‘p mijozlar ishlatadigan tizimga muhim hatolik haqida habar berishganda hatoliklar bartaraf etilgan relizni chiqarish mukin. Unchalik muhum bo‘lmagan hatolarni bartaraf etish uchun tizimning qisimlari chiqarilishi mumkin.
Platformani o‘zgarishi Opertasion tizimning yangi verisiyasi chiqarilganda
siz ilovaning yangi relizini chiqarishingizga to‘g‘ri
kelsa kerak.
Lehmanning 5 qonuni (9
bobni ko‘ring)
Bu ‘qonun’ shuni nazarda tutadiki siz tizimga kata
hajmdagi yangi funksionallikni qo‘shayotgan
bo‘lsangiz siz keyingi relizda qo‘shishingiz mumkin
bo‘lgan funksionalning miqdorini cheklovchi
hatoliklarni ham nazarda tutishingiz kerak. Shuning
uchun yangi funksionali ko‘p bo‘lgan tizimli reliz
odatd muammolarni bartaraf etuvchi va ishni
yaxshilovchi reliz bilan kuzatiladi.
Musobaqa Raqibingiz o‘z maxsulotlariga yangi ko‘rinishlar
qo‘shgan, siz ham maxsulotingizga yangicha
ko‘rinishlar qo‘shmasangiz o‘z mijozlaringizni
yo‘qotishingiz mumkin.
Bozor talablari Tashkilotning marketing bo‘limi relizlar alohida
sanagacha ishlashini ta‘minlashni o‘ziga oladi.
Mijoz talablarining
o‘zgartirishi
Pullik tizimlar uchun mijozlar o‘zgartirish takliflarini
bildiradilar va bu o‘zgartirishlar amalga oshirilgan
tizimni kutadilar.
4.13- rasm. Tizim ko‘rinishlarini rejalashtirishga ta‘sir etuvchi omollar
Tizimning yangi versiyasini qachon chiqarishni rejalashtirishda siz etiborga
olishingiz kerak bo‘lgan har-xil texnik va tashkiliy omillar 4.13 rasmdda
ko‘rsatilgan.
Tizimli reliz faqat tizimning bajariluvchi kodi degani emas. Relizning ichiga
shuningdek quyidagilar kirishi mumkin:
• Relizni o‘rnatilishini belgilovchi konfigratsion fayllar;
• Ma‘lumotlar fayllari, tizimi muovaffaqqiyatli ishlashi uchun hatolar
haqidagi habarlarni saqlovchi fayllar;
• Instialatsiya, u tizimni apparat vositalarga o‘rnatishga yordam beradi;
• Tizimga tasnif beruvchi electron va qog‘oz hujjatlar;
• Bu reliz uchun ishlab chiqilgan qadoq va reklama;
Relizni yaratish – tizimli relizning hamma kopanentlarini ichiga olgan fayl
va hujjatlar to‘plamini yaratish. Dasturning bajariluvchi kodi va unga biriktirilgan
ma‘lumotlar fayillari variantlarni boshqarish tizimida ro‘yhatga olinishi va relizni
raqami bilan belgilanishi kerak.
Konfiguratsiya tasniflari har-xil appatar vositalari va operatsion tizimlari
uchun yozilishi kerak va mijozlar ularni o‘z tizimlarida o‘rnatishi uchun
yo‘riqnimalar tayyorlashi kerak. Agar mashina o‘qiydigan yo‘riqnamalar bo‘lsa
ularning electron nusxalari dasturiy ta‘minot bilan berilishi kerak. Dasturni
o‘rnatish skriptlari ham yozilishi kerak. Vanihoyat hamma axborot tayyor
bo‘lganda dasturiy ta‘minotning savdo belgisi tayyorlanishi va mijoz yoki savdo
nuqtalarida tarqatilishi kerak.
Yangi tizimli relizlarni o‘rnatilishini rejalashtirayotganda siz mijozlar yangi
tizimli relizlarni doim ham o‘rnatmasligini nazarta tutishingiz kerak. Bazi
foydalanuvchilar mavjut tizimda mamnun bo‘lishi mumkin. Ular yangi rrelizdagi
o‘zgarishlar ortiqcha ssarf harajatga loyiq emas deb hisoblashlari mumkin.
Shuning uchun tizimni yengi relizini yaratayotganda oldingi relizlarrga
asoslanmasligi mumkin. Bu muammoni namoyish etish uchun quyidagi stenariyni
ko‘rib chiqamiz:
1. Tizimning birinchi relizi tarqandi va foydalanishga qo‘yildi.
2. 2-reliz yangi fayillarni o‘rnatishni talab qiladi lekin mijozlar 2 relizdagi
vositalarga extiyoj sezmaydi va birinchi relizni qoldiradi.
3. 3-reliz 2-relizda o‘rnatilgan fayllarni talab qiladi va o‘zida xech qanday
yangi fayl olib kelmaydi.
Dasturiy ta‘minot distribyutri 3-relizga kerak bo‘lgan fayillarni hamma
joyda o‘rnatilgan deb xisoblash kerak emas. Bazi joylarda birinchi relizdan
bevosita 3-relizga o‘tishlari mumkin. Bazi joylarda o‘zidagi sharoitdan kelib chiqib
2-relizdagi fayllarni o‘zgartirgan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ma‘lumotlar
saqlangan fayllar tizimning 3-relizi bilan tarqatilishi va o‘rnatilishi kerak.
Dasturiy ta‘minotning yangi relizlari bilan bog‘liq marketing va qadoqlashga
ketadigan sarflar shunaqa kattaki maxsulot yaratuvchilar odatda yangi platformalar
uchun yangi relizlar yaratadi yoki muhumyangi funksionallikni qo‘shishadi. Bu
yangi dasturiy ta‘minot uchun ular foydalanuvchilarni ayiblaydilar. Mavjud relizda
muammolar aniqlanganda yaratuvchilar ularni bartaraf qiluvchi qismni yaratadilar
va mijozlar uni web saytdan yuklab oladi.
Yuklab olinadigan qismlarni ishlatishni muammosi shundaki, ko‘p mijozlar
muammoni bartaraf etuvchi bunday tuzatishlar mavjudligini va ular nima uchun
o‘rnatishligini tushunmaydilar. Buning o‘rniga ular o‘zlaridagi hato ishlaydigan
tizimdan foydalanishni davom etadilar va o‘z bizneslari uchun havf yaratadilar.
Bazi holatlarda tuzatishlar havfsizlikni ta‘minlash uchun ishlab chiqilganda ularni
o‘rnatishda muavfaqqiyatsizlikka uchraganda, biznes tashqaridan bo‘lagn
hujumlarga himoyasizligini bildiradi. Bu muammoni bartaraf etish uchun Adobe,
Apple va Microsoft kabi ommaviy bozorga dasturiy ta‘minot maxsulotlarini
taqdim etuvchi tashkilotlar odatda avtomatik yangilanishni yo‘la qo‘ydilar, bunda
relizning yangi kichkina o‘zgarish bo‘lsa ham tizimlar o‘zi yangilanib oladi. Lekin
pullik tizimlar uchun bunday qilinmaydi, chunki bu tizimlar hamma mijozlar
uchun standart versiyada mavjud bo‘lmaydi.
Asosiy tushunchalar
▪ Konfiguratsiyani boshqarish bu dasturiy ta‘minot tizimini rivojlanishini
boshqarishdur. Tizimni quvvatlashda konfiguratsiyani boshqarish jamoasi tizimga
kiritilayotgan o‘zgarishlarni nazoratini ta‘minlaydi va xisobga olib boradi.
▪ Komfiguratsiyani boshqarishni asosiy jarayonlari o‘zgarishlarni
boshqarish, versiyalarni boshqarish, tizimni qurish va relizlarni boshqarish bilan
bog‘liq. Hamma jarayonlarni quvvatlash uchun dasturiy vositalar mavjud.
▪ O‘zgarishlarni boshqarish deganda tizimni o‘zgartirish bo‘yicha mijozlar
va boshqa tegishli tomonlarni takliflarini baxolash va ular maqul kelsa tizimning
yangi versiyasida qo‘llash tushuniladi.
▪ Versiyalarni boshqarish deganda o‘zgarish sifatida dasturiy
komponentlarni har-xil versiyalarini kuzatish tushuniladi. Tiizmni qurish deganda komponentlarni maqsadli kompyuter tizimida ishlaydigan bajariluvchi dasturga yig‘ish jarayoni tushuniladi.
▪ Dasturiy ta‘minot tez-tez qayta qurilishi va yangi versiya paydo bo‘lishi
bilan tajribada sinalishi kerak. Bunda oxirgi qurishdan keyin paydo bo‘lgan hat ova
muammolarni aniqlash osonroq bo‘ladi.
▪ Tizimli relizlar o‘z ichiga bajariluvchi kod, ma‘lumotlar fayllari
konfiguratsiya fayllari va hujjatlarni oladi. Relizlarni boshqarush deganda relizni
muddati haqida qaror qabul qilish, tiizmning har bir relizi uchun tarqatiladigan
axborot va hujjatlarni tayyorlash tushuniladi.
|
| |