Mavzu: Nutq tempining buzilishi




Download 9,68 Kb.
Sana11.07.2024
Hajmi9,68 Kb.
#267329
Bog'liq
Ozoda logopediya 9


Mavzu: Nutq tempining buzilishi


Nutq sur’ati, ya’ni gapirish, so’zlash tezligining buzilishi ikki xil holatda bo’ladi: nihoyatda sekinlashgan nutq va tezlashgan nutq. Nihoyatda sekinlashgan nutq nuqsoni bradilaliya deb ataladi. Bradilaliyaning nutqiy xarakteristikasi (simptomatika) turlichadir: tashki (ekspressiv) va ichki nutq tempining sekinlashuvi, o’qish va yozuv jarayonlarining sekinlashuvi, ovoz monotonligi, inter va intraverbal sekinlashuv (so’zlar orasidagi pauzalarning cho’zilib ketishi yoki nutq tovushlarini sekin, cho’zib talaffuz etish va so’z tovushlari orasidagi pauzalarning cho’zilishi). Bradilaliyada ovoz monoton bo’lib, modulatsiyasi yo’qoladi, doimo bir xil balandlikda, gohida burunlashgan ko’rinishda bo’ladi. Bradilaliya nuqsoni nasliy va ekzogen omillar hamda ijtimoiy-psixologik sabablar natijasida kelib chiqadi. Nutq muskullari ishining buzulishi natijasida tormozlanish jarayoni qo’zg’alish jarayonidan ustun turadi. Nutq sur’atining patologik tezlashishi, haddan tashqari bidirlab, tez gapirish — taxilaliya deb yuritiladi. Taxilaliya nutq tezligi buzilishining mustaqil shakli ekanligini birinchi marta Y.A.Florenskaya 1934 yilda isbotlab bergan. Taxilaliyaning nutqiy simptomatikasi quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi: keskin fonetik va simptomatik buzilishlarsiz, nutqning nonormal tezlashgan tempi (bir sekundda 10-20 tovush o’rniga 20-30 tovush talaffuz qilinadi). Nutq xaddan tashqari tezligi bilan ajralib turadi. Shoshilinchda nutqiy diqqat buzilishi, tutilishlar, takrorlashlar, ichida qolib ketishlar, so’z, bo’g’inlar o’rnini almashtirishlar, gaplarni buzish, jumlalarni noaniq talaffuz qilish va shu kabilar yuzaga kelishi mumkin. Taxilaliyaga, odatda, tashqi va ichki nutqning tezlashuvidan tashqari umumiy motorika va boshqa ruhiy fikrlashlarning tezlashishi, odatdan tashqari aktivlik, jonsaraklik ham xos bo’ladi. Taxilaliya bilan kasallangan kishilar nutqi bahslashish yoki tez gapirish zarur bo’lib qolgan vaqtlarda ayniqsa tezlashadi va shoshqoloqlik avjiga chiqib, so’zlayotgan kishining diqqati ham sochila boshlaydi. Gapda tutilib qolish, iboralarni qaytarish, qo’shimchalar o’rnini almashtirib yuborish, gapni buzib gapirish va fikrlarni noaniq ifodalash kabi kamchiliklar ko’p uchraydi. Lekin gapirayotgan kishi nutqiga e’tibor beriladigan bo’lsa, u tezda to’g’ri gapira boshlashga qaytadi, tutilib gapirish yo’qoladi, ammo so’zlash tezligi boshqalarnikiga nisbatan yuqoriligicha qolaveradi.Shunday qilib, nutq sur’ati, ravonligidagi nuqsonlar — bradilaliya va taxilaliya murakkab, bolaning umumiy rivojlanishiga salbiy ta’sir etuvchi nutq nuqsonidir.Badilaliyani bartaraf etishda logopedik usullar quyidagicha:
-nutq jarayonida birmuncha tez va aniq nutqiy harakatlarni tarbiyalash;
- tezlashgan nutqiy reaksiyalarni tarbiyalash;
- ichki nutq tempini tarbiyalash;
- o'qish va yozuv tempini tarbiyalash;
- sahnabop o'qish va dramalashtirilgan nutqning ifodali shakllarini tarbiyalash;
- nutqning to'g'ri prosodik tomonini tarbiyalash: temp, ritm, ohang, pauza, urg'un.
Yaqqol ifodalangan bradikineziyada birinchi navbatda umumiy motorikani normallashtirish muhim bo’lib, birmuncha tezlashgan tempda umumiy harakatlar ritmi, maqsad sari yo'nalganligi, koordinatsiyasi, so'ng qo'l praksisini shakllantirish; eshituv, ko'ruv diqqatini, bir obyektdan ikkinchisiga diqqatni ko'chirish tempining birmuncha tezlashuvini, ritmni idrok qilish va amalga oshirish va hokazolarni rivojlantirish muhimdir. Korreksion ishning barcha ko`rinishlari turli xil nutqiy mashqlarga asoslanadi. Asosiy mashqlar: turlicha murakkablikdagi nutqiy materialni talaffuz qilish (bo'g'inlarni, so'zlarni, qisqa jumlalarni, tez aytishlarni va h.k.); Barcha nutq terapiyasi mashg'ulotlari biroz tezlashtirilgan nutqda o'tkaziladi. Ammo ular bu ishni juda asta-sekin va ehtiyotkorlik bilan logoped talaffuz qilish oson bo'lgan iborani talaffuz qilish orqali oddiy sur'at namunasini beradi. Bunday holda, bolalarning ortiqcha ishlamasligiga ishonch hosil qilish kerak, chunki ularning imkoniyatlari juda cheklangan. Keyingi bosqichda bolalar yodlangan she’rni satr bo'yicha tez (navbat) aytishga mashq qilinadi . Nutq terapevti bolaga ishora qiladi va u tezda keyingi qatorni talaffuz qiladi. Darsning hissiy muhiti mahoratni yaxshiroq o'zlashtirishga yordam beradi, diqqatni rivojlantiradi. Keyin ular turli xil dramatizatsiya , rollar bo'yicha hikoya qilishni amalga oshiradilar.
Download 9,68 Kb.




Download 9,68 Kb.