|
Dasturiy injiniring kafedrasi
|
bet | 27/38 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 0,95 Mb. | | #243559 |
Bog'liq Amaliyot SQL da dasturlashuslubiy ko\'rsatmaSavol
|
Javob
|
Dasturiy ta’minot nima?
|
Kompyuter dasturlari va unga bog’liq hujjatlar. Dasturiy mahsulotlar olohida mijozlar uchun yoki umumiy bozor uchun ishlab chiqarilishi mumkin.
|
Yaxshi dasturiy ta’minotning attributlari nima?
|
Yaxshi dasturiy ta’minot talab qilingan funksionallikka ega, foydalanuvchiga qulay, ishonchli va davomiy bo’lishi lozim.
|
Dasturiy injiniring nima?
|
Dasturiy injiniring bu dasturiy mahsulotni ishlab chiqishning barcha qirralari bilan bog’liq muhandislik.
|
Dasturiy injiniringni asosiy faoliyatlari nima?
|
Dastur xususiyatlari, dasturiy ta’minot ishlab chiqish, dasturiy ta’minotni tekshirish, va dasturiy ta'minot evolyutsiyasi.
|
Dasturiy injiniring va kompyuter ilmi o’rtasida qanday farq bor?
|
Kompyuter ilmi nazariya va tushunchalarga e’tiborni qaratadi; dasturiy injiniring amaliy ishlab chiqish va foydali dasturiy ta’minotni yetkazib berishga e’tibor qaratadi.
|
Dasturiy injiniring va tizim injiniring o’rtasida qanday farq bor?
|
Tizim injiniring bu apparat ta’minot, dasturiy ta’minot va jarayon injiniringni o’z ichiga oluvchi kompyuter asosli
|
|
tizimlarni ishlab chiqish. Dasturiy injiniring ushbu umumiy jarayonning bir qismidir.
|
Dasturiy injiniringni narxi qancha?
|
Taxminan 60% xarajatlar ishlab chiqarish uchun va 40% xarajatlar testlash uchun sarf bo’ladi.
|
Eng yaxshi dasturiy injiniring usuli va metodi qaysi?
|
Barcha dasturiy ta’minot loyihalari professional tarzda boshqarilishi va ishlab chiqilishi kerak, turli xil tizimlar uchun mos bo’lgan turli xil usulllar qo’llaniladi.
|
Dasturiy injiniringa veb qanday xilma- xillik olib keldi?
|
Veb dasturiy servislarni va yuqori taqsimlangan servisga asoslangan tizimlarni ishlab chiqishni olib kirdi.
|
Jadval 1.1.
|
Dasturiy injinerlar dasturiy mahsulotni ishlab chiqish bilan shug’ullanadilar.
Ikki xil turdagi dasturiy mahsulotlar mavjud:
Umumiy mahsulotlar Bular autonom tizimlardir ya’ni ishlab chiqarish tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi va ochiq bozorda sotib ola biladigan mijozlarga sotiladi. Bu turdagi dasturiy mahsulotlarga shaxsiy kompyuterlar uchun dasturiy ta’minotlar masalan ma’lumot bazalari, matn tahrirlovchi, rasmlar chizish, loyihalarni boshqarish uskunalari kabi dasturlarni misol qilib olishimiz mumkin.
Buyurtma mahsulotlar Bular alohida mijozlar tomonidan buyurtma qilingan tizimlardir. Bu turdagi dasturiy mahsulotlarga elektronik qurilmalar uchun nazorat tizimlari, maxsus ish jarayonlariga yordam berish uchun yozilgan tizimlarni misol qilib olishimiz mumkin.
Bu ikki turdagi mahsulotlarning asosiy farqi shundaki, umumiy mahsulotlarda dasturiy ta’minot xususiyatlarini dasturiy ta’minotni ishlab chiqaruvchi tashkilot nazorat qiladi. Buyurtma mahsulotlarda mahsulotni sotib oluvchi tashkilot dasturiy ta’minot xususiyatlarini ishlab chiqadi va nazorat qiladi.
Biroq hozirgi kunga kelib bu ikki turdagi mahsulotlar orasidagi farq tobora kamayib boryapti, chunki ko’pgina tizimlar umumiy mahsulot sifatida qurilyapti va
mijozlar qaladiga qarab moslashtirilyapti. Enterprise Resource Planning (ERP) tizimlar, masalan SAP tizimi bunga yaqqol misol bo’lishi mumkin.
Dasturiy injiniring ba’zida dasturiy ta’minot jarayoni ham deyiladi. Dasturiy ta’minot jarayoni dasturiy mahsulotni ishlab chiqish faoliyatlari ketma-ketligidir. Barcha dasturiy ta’minotlar uchun umumiy bo’lgan to’rtta asosiy faoliyat bor. Bular:
Dasturiy ta’minot xususiyati
Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish
Dasturiy ta’minotni tekshirish
Dasturiy ta’minot evolutsiyasi
Dasturiy ta’minot jarayoni
Dasturiy ta’minot bu dasturiy mahsulotni tayyor holatga olib kelish faoliyatilari to’plamidir. Bu faoliyatlar Java yoki C kabi standart dasturlash tillarida dasturlarni ishlab chiqishni o’z ichiga olishi mumkin.
Dasturiy ta’minot jarayoni modeli bu dasturiy ta’minot jarayonining soddalashtirilgan ko’rinishidir.
Jarayon modellari:
Sharshara modeli
Ortib borish modeli
Qaytib foydalanishga mo’ljallangan dasturiy injiniringi
Sharshara modeli
Sharshara modeli birinchi bo’lib e’lon qilingan dasturiy ta’minotni ishlab chiqish jarayoni modelidir (Royce, 1970).
Sharshara modeli asosiy bosqichlari bevosita dasturiy ta’minotni rivojlantirish bosqichini aks ettiradi:
|
| |