• 1946 y. – ENIAC (Electronic Numerical Integrator and Computer)
  • Dasturiy ta’minotdir. Operatsion tizim




    Download 3.29 Mb.
    bet1/39
    Sana20.04.2023
    Hajmi3.29 Mb.
    #52853
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
    Bog'liq
    Dasturiy ta’minotdir. Operatsion tizim
    University Education, 7-sinf-tarix-fanidan-testlar-3, 6-labaratoriya., 9, KTE, Mo\'minov Sodiqjon, pedagokika4, KT 2-amaliy ish, Kompyuter tarmoqlari va tizimlarini sozlash, boshqarish, 9, The independence of Uzbekistan, Elektr yoritishi. Saidxodjaev A.S (1), Roshid xalifalar hukumronligi davridagi islohotlarning mohiyati.-fayllar.org

    • Operatsion tizim bu: kompyuterning apparat ta’minoti, ilovalari va dasturiy obyektlarni (mantiqiy resurslar) boshqaruvchi dasturiy ta’minotdir.

    • Operatsion tizim – bu foydalanuvchi va kompyuter (hisoblash tizimi) o’rtasidagi interfeysni ta’minlab beruvchi dasturiy ta’minotlar jamlanmasidir.

    • Operatsion tizim asosan tizimli dasturiy ta’minotlar jamlamasidan iborat bo’ladi, ba’zi hollarda foydalanuvchi GUI orqali tizimni boshqarishda amaliy yoki instrumental dasturiy ta’minotdan foydalaniladi

    Hisoblash tizimining tarkibi konfiguratsiya deb ataladi. Hisoblash texnikasining dasturiy va apparat ta’minotini alohida ko’rib chiqish maqsadga muvofiq
    Hisoblash tizimlarining apparat ta’minoti tarkibiga, apparat konfiguratsiyani tashkil etuvchi qurilma va asboblar kiradi
    Dasturiy ta`minot kompyuter tizimining ajralmas qismidir. Bu texnik vositalarning mantiqiy davomi. Muayyan kompyuterni qo’llanish doirasi u uchun yaratilgan dasturiy ta’minot bilan belgilanadi. Kompyuterning o’zi biron bir dastur xaqida ma’lumotga ega emas. Ushbu bilimlarning barchasi kompyuterlarda ishlaydigan dasturlarda to’plangan. Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti millionlab dasturlarni o’z ichiga oladi-o’yinlardan tortib to ilmiy dasturlargacha.

    • 1946 y. – ENIAC (Electronic Numerical Integrator and Computer)-
      biron bir dasturiy ta'minotning to'liq yo'qligi, qurilmalarni almashtirish orqali dasturlash.

    • 50-yillarning boshlari-algoritmik tillaning va tizimli dasturiy ta’minotlarning paydo bo’lishi. Dasturlarni bajarish jarayonining murakkabligi:

    1. Kerakli translyatorni (tarjimonni) yuklash;

    2. Translyatorni ishga tushirish va dasturni mashina kodlarida qabul qilish;

    3. Dasturni kutubxona podpragrammalari bilan bog’lash;

    4. Dasturni bajarish uchun ishga tushirish;

    5. Ish natijalarini bosmaga yoki boshqa qurilmaga chiqarish.

    EHMlardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida operatorlar joriy etiladi, keyin boshqaruv dasturlari-monitorlar- operatsion tizim prototiplari ishlab chiqiladi.
    1952 yilda birinchi operatsion tizim IBM -701 uchun General Motors tadqiqot laboratoriyasida yaratiladi.
    1955 yilda IBM- 704 uchun operatsion tizim yaratiladi.
    50 yillarning oxiri: vazifalarni boshqarish tili va vazifalarni paketli qayta ishlash
    1963 yil-Burrough B5000 kompyuterlari uchun OT MCP (Bosh boshqaruv dasturi): multidasturlash, multiprotsessorli ishlov berish, virtual xotira, dastur xatoliklarini quyi darajadagi tilda bartaraf etish imkoniyati, operatsion tizimning o’zi yuqori darajadagi tilda yozilgan.
    1963 yil- OS CTSS (Compatible Time Sharin System)- IBM 7094 kompyuter uchun mos vaqtni taqsimlash tizimi- Massachusets Texnologiya instituti.
    1963 yil- OS MULTICS (Multiplexed Information and Computing Service) Massachusets Texnologiya institute.
    1974 yil PDP-7 kompyuteri uchun (UNICS) UNIX (Uniplexed Information and Computing Service), Ritchi (C) va Tompsonlarning maqolalarini nashr etilishi.
    1981 yil PC (IBM), DOS (Seattle Computer Products)- MS DOS (B.Geyts).
    1983 yil Apple, Apple bilan Lisa, Lisa bilan GUI (Dag Engelbart Stenford).
    1985 yil- Windows, X Windows va Motif (UNIX uchun).
    1991 yil-Linux (Linus Torvalds)
    Operatsion tizim bu amaliy dasturlar va tizim dasturlarining ishlashini boshqaradigan va foydalanuvchilar, dasturchilar, dasturlar va kompyuter texnikasi o'rtasida interfeys vazifasini bajaradigan dasturlar to'plamidir.
    Operatsion muhit operatsion tizim tomonidan yaratilgan, amaliy dasturlash interfeysini (API) bir qancha tizim funksiyalari va xizmatlari(tizim chaqiruvlari) to’plami sifatida belgilaydigan amaliy dasturlarga taqdim etilgan dasturiy muhit
    Operatsion qopiq foydalanuvchi interfeysini belgilovchi, (matnli, grafik va h.k) ni amalga oshirilishini belgilovchi, amaliy dasturlarni va kompyuterni boshqarish imkoniyatlarini belgilovchi operatsion muhitning bir qismi
    Operatsion tizimning asosiy tashkil etuvchilari

    • Yadro

    • Kiritish-chiqarish tzizmi

    • Komanda protsessori

    • Fayl tizimi


    Download 3.29 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




    Download 3.29 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dasturiy ta’minotdir. Operatsion tizim

    Download 3.29 Mb.