• Dasturlash tillari Joylanmagan tillar Gentee Basic GBasic Fortran Obyetkga qaratilgan tillar
  • Pastki qavat tillari Assembler C Skript tillar Python Java Script VB Script Lua Veb uchun tillar va texnologiyalar
  • Dasturla sh Dasturlash




    Download 18.49 Kb.
    Sana10.11.2023
    Hajmi18.49 Kb.
    #96704
    Bog'liq
    DASTURLASH
    Mavzu; rdb dastgohlarida dastgoh qismlarini ishlab chiqarish uch, Allabergenov Zafarbek Zokir o’g’li, 1.19.Texnik-ijodkorlik-va-konstruksiyalash-2-kurs-, 10-sinf algebra yillik 2023-2024 @e baza ishreja, 1-qism, Instruction uz, 2-mavzu. Viruslar, 1C buhgalteriya 8 qollanma, Kimyo Matbava barcha yo\'nalishga (o`zbek) Test, Homework. PiP, Kalandarova Fazialtxon shaxsiy ish rejasi, 2- amaliy ish, Panerovka uzb , 15 ballik javob

    (10-sinflar uchun) D a s t u r l a sh
    Dasturlash — kompyuterlar va boshqa mikroprotsessorli elektron mashinalar uchun dasturlar tuzish, sinash va oʻzgartirish jarayonidan iborat. Odatda dasturlash yuqori saviyali dasturlash tillari (PHP, Java, C++, Python ) vositasida amalga oshiriladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi odam tiliga yaqinligi tufayli dastur tuzish jarayoni ancha oson kechadi.
    Dasturlash 1) elektron mashinalarda masalalarni yechish hamda ularda har xil akdiy mehnat turlarini bajarish na-zariyasi va usullarini ishlab chi-qish bilan shugʻullanadigan fan; algo-ritmlar nazariyasining amaliy boʻlimi; insonning mashina bilan aloqa qilish vositasi. Asosiy vazifalaridan biri elektron mashinalar uchun programma (dastur) tuzish usullari, ularni tekshirish va takomillashtirishdan iborat. Yechilishi lozim boʻlgan masala algoritmi Dasturlashda „mashina tili“ga oʻtkaziladi.
    Dasturlash — bevosita dasturlash va avtomatik dasturlashga boʻlinadi. Bevosita Dasturlashda programmaning umumiy sxemasini ishlab chiqishdan kodlash va mashi-naga kiritishgacha boʻlgan barcha ishni programmachi bajaradi. Avtomatik dasturlashda esa programmachi faqat programma sxemasini tuzib, uni qisqartirilgan simvolik kurinishda yozadi, profamma tuzish va uni kodlash kabi texnikaviy ishlarni esa mashinaning oʻzi maxsus dasturlash programmasi yordamida bajaradi.
    Dasturlash jarayoni, odatda, quyidagi bos-qichlarga boʻlinadi: masalaning qoʻyilishi; masalaning algoritmik tavsi-fini tuzish; masalani yuqori darajadagi programma tilida Dasturlash; masalani taxminiymashina tilida Dasturlash; masalani mashina tilida Dasturlash tili programmalar tuzishning asosiy vositasidir. Bu tillar konkret mashina komandalari sistemasiga boglits boʻlmasligi va iboralar struktu-rasi jihatidan umumiy xususiyatga ega boʻlishi bilan boshqa tabiiy tillarga oʻxshab ketadi. Iboralar ikki turga — operatorlar hamda tavsiflarga boʻlinadi, ularning bir-biri bilan bogʻliqligi qavslar bilan, alohidaligi nukali vergul bilan ajratiladi. Operator tilning amal birligi boʻlib, oʻz navbatida, oʻzgaruvchan kattalikka qiymat beruvchi operatorlar, shartga muvofiq tegishli hisoblash tarmogʻini tanlovchi (shartli) operator va takroriy hisobni amalga oshiruvchi sikl ope-ratorlariga boʻlinadi. Tavsifda oʻzga-ruvchan kattalik va boshqa belgilar xususiyatlari yoziladi. Biror xususiy masalani yechish uchun tuzilgan programmani simvolik ravishda funksional belgilash mumkin. Bunday belgilash va tavsif birgalikda kichik programma deb yuritiladi. Yangi programmalar tuzishda kichik programmalardan tayyor holda foydalanish mumkin.
    Juda koʻp dasturlash tillari (algol-60, q. Algol), muhandislik va ilmiy masalalarni yechish uchun fortran, iqtisodiy hisoblashlar uchun kobol, matematik modellar uchun si mula, tako-millashgan algol-68, PL/I yaratildi. Ularning har biri uchun shu tillarda ifodalangan masalalarga qarab mashina programmasini avtomatik tarzda qaytatuzuvchi translyatorlar mavjud. Taxminiy mashina tili ikkilik sistemadan koʻra yanada qulayroq simvollarda ifodalangan mashina komandalari terminlaridagi programmalar boʻlib, bunda koʻpincha, yuqori darajadagi til sifatida blok sxemalardan foydalaniladi.
    Dasturlashning programma tuzilgandan keyingi yana bir asosiy bosqichi „tekshirish“ (otladka) boʻlib, bunda yoʻl qoʻyilgan xatolar topiladi va tuzatiladi. Programmalar kodlanadi va mashinaga maxsus qurilma yordamida kiritiladi. Amaliyotda Dasturlashning yangi va tezkor usullari bor (2004); 2) matematik dasturlash — amaliy matematikaning bir boʻlimi; umumiy maʼnoda — biron-bir funksiya fo(x) ning ekstremumini (qarang Ekstremum) topish masalasi tushuniladi.[1]

    Dasturlash tillari
    Joylanmagan tillar
    Gentee
    Basic
    GBasic
    Fortran
    Obyetkga qaratilgan tillar
    Pascal
    Delphi
    C# dastrulash tili
    Java
    C++
    Visual Basic
    ActionScript
    Python
    Ruby
    Pastki qavat tillari
    Assembler
    C
    Skript tillar
    Python
    Java Script
    VB Script
    Lua
    Veb uchun tillar va texnologiyalar
    PHP
    ASP
    Perl
    MySQL
    Download 18.49 Kb.




    Download 18.49 Kb.