1. Diagramma ustasi panelidan diagramma tipi va ko’rinishi tanlang. Masalan,
точечная.
25
21-rasm
2. Далее ► tugmasini bosing va diagramma parametrlarini tanlang. Bu panelda
diagrammani qurish uchun aniq qator yoki ustun adreslari ko’rsatiladi.
Diagramma qator yoki ustun bo’yicha qurilishi mumkin.
22-rasm
26
3. Keyingi etapga o’tish uchun Далее ► tugmasini bosing. Bu panel olti qismdan -
Заголовки, Оси, Линии сетки, Легенда, Таблица данных va Подписи
данных iborat bo’lib, tanlangan grafikni mavzusi, sonlarni mazmuni, ularni
ifodalanish formatlarini tanlash orqali uni bezash va boshqa amallarni bajarish
mumkin. Shundan so’ng Далее ► tugmasini bosib keyingi etapga o’tiladi
23-rasm
4. Oxirgi etapda qurilgan jadvalni ishchi listga yoki yangi listga joylashtirish
varianti tanlanilib Готово tugmasi bosiladi.
24-rasm
Natijada qo’yidagi diagramma hosil bo’ladi (25-rasm).
27
25-rasm
28
XULOSA
Hozirgi kunda har bir yetuk mutaxasis bo’lishni istovchilar albatta zamonaviy
axborot texnologiyalardan habardor bo’lishi, yangi texnologiyalardan samarali
foydalana olishini bilishi muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun ham ish
yuritishda kompyuter savodhoni bo’lish zarur hisoblanadi.
Yuqoridagi ma’lumotlarda biz MS Excel amaliy dastur paketining keng
imkoniyatlaridan foydalangan holda misol va masalalarni yechish qulay va tez
bajarilishini, shuningdek, hisob kitob ishlarining qanday bajarilishi katta ahamiyatga
molik ekanligini qisqa misollarda bo’lsada, aks ettirishga harakat qildik. Asosiy
mavzu Excel elektron jadval dasturi yordamida amaliy masalalarni yechish haqida
bo’lsa ham, boshqa toifadagi qo’shimcha misollar, hisoblashlar, grafiklar va
diagrammalar qurish va ularning bajarilishish ketma ketligi tartibi bilan ko’rsatib
o’tilgan.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yuqorida biz Excel dasturining bir qismini
o’rgangan bo’lsakda, uning imkoniyatlari qanchalik kengligiga guvoh bo’ldik va
Excel dasturi hisob kitoblarni aniq, tushunarli bajaribgina qolmay, undagi
imkoniyatlar foydalanuvchilar uchun ko’plab qulayliklar va ish samaradorligining
yanada oshishiga xizmat qiladi.
|