• Davronbek Qodirov Rajabboy o’g’li TATU Nukus filiali o’qituvchisi. Razzoqova Zarina Sayritdin qizi
  • Kalit so‘zlar
  • Dasturlardan foydalanish metodikasi




    Download 1,39 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/6
    Sana20.05.2024
    Hajmi1,39 Mb.
    #245063
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    817-826



    WWW.HUMOSCIENCE.COM
    817 
    ELEKTRON TA’LIM RESURLASRINI YARATISH VA AMALIY 
    DASTURLARDAN FOYDALANISH METODIKASI 
    Madaminov Uktamjon Ataxanovich
    TATU Urganch filali o‘qituvchisi. 
     
    uktam9527@gmail.com 
    Davronbek Qodirov Rajabboy o’g’li 
    TATU Nukus filiali o’qituvchisi. 
    Razzoqova Zarina Sayritdin qizi
    TATU Nukus filiali talabasi. 
    Sheripbaev Shaxriyor Anvarovich 
    TATU Nukus filiali talabasi.
    Embergenov Sabir Bakirovich 
    TATU Nukus filiali talabasi. 
     
    Annotatsiya:
    Maqolada elektron ta'lim resurslarining zamonaviy ta'lim 
    tizimidagi o'rni, elektron o'quv resurslarining tabiati va tasnifi va Articulate Storyline 
    elektron resurslarini yaratish metodologiyasi tavsiflanadi. 
    Kalit so‘zlar: 
    Elektron ta'lim, resurs, ta'lim resursi, dasturiy ta'minot, HTML5, 
    animatsiyalar. 
    Zamonaviy 
    axborot-kommunikatsiya 
    texnologiyalarini 
    milliy 
    iqtisodiyotimizning barcha tarmoq va sohalariga keng va jadal kirib borishi 
    axborotlashgan jamiyatni shakl lantirishga zamin yaratmoqda. «Axborotlashgan 
    iqtisodiyot», «Elektron hukumat», «Elektron boshqaruv», «Masofaviy ta’lim», «Ochiq 
    ta’lim», «Elektron ta’lim» kabi tushunchalar hayotimizga keng kirib keldi. 
    O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2012 yil 16 apreldagi 
    O‘zbekiston Respublikasida «Elektron ta’lim» milliy tizimini yaratish» investitsiya 
    loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-1740-sonli qaroriga asosan 


    WWW.HUMOSCIENCE.COM
    818 
    «Elektron ta’lim» tarmog‘i shakllantirildi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2012 
    yil 25 iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 
    huzurida ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazini tashkil etish 
    to‘g‘risida»gi 228-sonli qarori asosida «Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy 
    etish markazi» tashkil etildi[1]. 
    Ma’lumki, nafaqat «Elektron ta’lim», «Ochiq ta’lim», «Masofaviy ta’lim»da, 
    balki an’anaviy ta’limni zamon talablari asosida tashkil etishda ham elektron ta’lim 
    resurslari muhim rol o‘ynaydi. 
    «Resurs» iborasi hozirgi vaqtda juda keng ma’noda ishlatiladi. «Ta’lim resursi» 
    deganda esa o‘quv jarayoni davomida bilim olishda foydalaniladigan turli xil ko‘rinish 
    va shakllardagi o‘quv materiallari manbasi tushuniladi[2]. Boshqacha aytganda, ta’lim 
    resursi – o‘quv jarayonida foydalaniladigan axborotlar manbasi hisoblanadi. 
    Elektrоn ta`lim resursi – bu dasturiy, axbоrоt, texnik va tashkiliy vоsitalar 
    yordamida yaratilgan elektrоn nashrlarning, raqamli hisоblash texnikalari yordamida 
    o`qish mumkin bo`lgan va yoki tarmоq texnоlоgiyalari оrqali tarqatiladigan 
    jamlanmasidir[3]. 
    Elektron ta’lim resurslarini yaratuvchi bir qancha dasturlar bo’lib, Articulate 
    Storyline dasturi ham shular jumlasidandir. 
    Articulate Storyline elektron resusrs yaratish uchun mo‘ljallangan eng ommabop
    dasturlardan biri bo‘lib, u moslashuvchan, foydalanishda qulay va turli maqsadli 
    kurslar yaratish uchun ishlab chiqilgan. Articulate Storyline - o‘rgatuvchi kurslarni, 
    taqdimotlar, testlar va kontentning boshqa shakllarini iPadda ko‘rish va masofali ta’lim 
    tizimlariga integrallanishi mumkin bo‘lgan Flash va HTML5 formatlarda yaratish 
    imkoniyatini beradi[4].
    Articulate 
    Storylinening 
    boshqa 
    mahsulotlaridan 
    afzalliklaridan 
    biri– 
    foydalanuvchiga maksimal tushunarli bo’lgan grafik interfeys va nafaqat kontentning 
    balki kurs ishlab chiquvchining interfeysining dizaynini kengroq ishlab chiqishganligi 


    WWW.HUMOSCIENCE.COM
    819 
    hisoblanadi. Articulate mahsulotlari nafaqat ishlab chiquvchilar, balki u yordamida 
    ishlab chiqilgan kurslarda o’qiyotganlar uchun ham qulay hisoblanadi[5].
    Articulate Storylinening boshqalardan farq qiluvchi tomoni uning tez 
    o‘rganilishida va yaratiluvchi kurslarning yorqin visual stilliligida. Dasturning 
    interfeysi Microsoft PowerPoint interfeysiga o‘xshash. Microsoft PowerPoint dasturi 
    bilan tanish odamga dasturda ishlash oson amalga oshadi.
    Barcha turdagi multimediyali kontentlar: video, flash, ovoz, veb-obyektlarni 
    qo‘yishni qo‘llab-quvvatlaydi. Barcha ko‘p tarqalgan video (flv, avi, wmv, mov, mpeg, 
    dv, 3g) va ovoz (mp3, wma, wav, m4a, aac, aiff, ogg) formatlari import qilinadi, 
    bundan tashqari, Internetdagi rolikning HTML-kodini yoki veb-kameradan video-
    yozish, ovozni esa mikrofondan yozib qo‘yish mumkin[6].
    Articulate Storyline dasturi yordamida “Elektron jadvalning vazifalari 
    va imkoniyatlari” mavzu bo’yicha elektron resurs yaratishni ko’rib chiqamiz. 
    Articulate Storyline dasturi o’rnatilgandan so’ng, uni ishga tushiramiz. Ekranda 
    hosil bo’lgan dastur oynasidan 

    Download 1,39 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 1,39 Mb.
    Pdf ko'rish