• O’quv fani bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar.
  • Dasturlash asoslari




    Download 114,76 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/3
    Sana18.11.2023
    Hajmi114,76 Kb.
    #100918
    1   2   3
    Bog'liq
    C^N va boshqa tillarda ( Pascal^J C^M^M) modulli dasturlash

    2.Asosiy qism 
    2.1. Asosiy nazariy qism 
    C++ tili sintaksisi va uning leksik asosi. C++ tili dasturining tuzilishi va 
    shakli. Berilganlar turlari. C++ tilining tayanch turlari. O’zgaruvchilar va ifodalar. 


    Amallar: inkrement, dekrement, sizeof, mantiqiy, razryadli, taqqoslash. O’qish-
    yozish oqimlari (cin, cout). Operatorlar. Shart operatorlari. Takrorlash operatorlari. 
    Boshqaruvni uzatish operatorlari. Statik massivlar. Funksiyalar e’lon qilish va 
    aniqlash. Lokal va global o’zgaruvchilar. Rekursiv funksiyalar. Standart kutubxona 
    funksiyalari. Ko’rsatkichlar va adres oluvchi o’zgaruvchilar. Dinamik massivlar. 
    Funksiya va massivlar. Satr va ular ustida amallar. Tuzilmalar va birlashmalar. 
    Dinamik tuzilmalar. Fayl tushunchasi. Matn va binar fayllar. Fayl va satr oqimlari. 
    Fayldan o’qish-yozish funksiyalari. Fayl ko’rsatkichini boshqarish funksiyalari. 
    C++ tilida sinflar. Sinfni va ob’ektlarni tavsiflash. Sinf maydonlari va metodlari. 
    Konstruktor va Destruktorlar. Operatorlarni qayta yuklash. Vorislik. 
    2.2.O’quv fani bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar. 
    Fan nazariy va amaliy qismlardan iborat. Nazariy qism informatika va 
    hisoblash texnikasi, algoritmlar, C/C++ dasturlash tili, C++Builder ob’ektga 
    yo’naltirilgan dasturlash muhitlarida ishlash bo’yicha ko’rsatmalar bo’limlaridan 
    tashkil topgan. Dasturda kompyuterda dasturlashga kirishning nazariy asosi 
    bo’lgan algoritmlarga alohida e’tibor qaratilgan. Bu erda algoritmlarni tavsiflash 
    va keyinchalik kompyuterda amalga oshirish uchun zarur bo’lgan bir qator 
    matematik tushunchalar - takrorlash, yordamchi algoritm, rekursiya, xotira, 
    massiv, indeks, funksiya, parametr va h.k. kiritilib, turli xil sinf masalalarining 
    algoritmlari tuziladi. Dasturlash tili - tuzilgan algoritmni kompyuter amalga 
    oshirishi uchun vositadir. Bu o’rinda turli murakkablikdagi sintaksis va 
    semantikaga ega bo’lgan tillardan foydalanish mumkin. “Dasturlash asoslari” fani 
    yo’nalishning o’quv rejasidagi “Ehtimollar nazariyasi”, “Sonli usullar”, “Diskret 
    matematika va matematik mantiq” fanlari bilan uzviy bog’liq. Fan mazmuni 
    yo’nalishning o’quv rejasidagi “Matematik statistika”, “Ilmiy hisoblashlar”, 
    “Mexanika”, “Oddiy differenstial tenglamalar”, “Xususiy hosilali differenstial 
    tenglamalar” fanlarini o’zlashtirishda tayanch hisoblanadi. “Dasturlash asoslari” 
    fani umumkasbiy fan hisoblanadi va o’quv yilining 1-2 semestrlarida o’qitiladi. 
    Fanni o’qitish ma’ruza, amaliy mashg’ulot va mustaqil ta’lim shaklida olib 
    boriladi. 



    Download 114,76 Kb.
    1   2   3




    Download 114,76 Kb.
    Pdf ko'rish