C# va boshqa tillarda ( Pascal, C++) modulli dasturlash.
1.Kirish
1.1.“Dasturlash asoslari” fanining bosh maqsadi talabalarga qo’yilgan
masalani echadigan kompyuter dasturini tuzish asoslarini o’rgatishdir. Shu
maqsadda dasturlash tillari va muhitlari haqida tayanch tushunchalar beriladi va bu
tillardan foydalanishga o’rgatiladi. Fan nazariy va amaliy qismlardan iborat.
Nazariy qism informatika
va hisoblash texnikasi, algoritmlar, C/C++ dasturlash
tili, C++Builder ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash muhitlarida ishlash bo’yicha
ko’rsatmalar bo’limlaridan tashkil topgan. Dasturda kompyuterda dasturlashga
kirishning nazariy asosi bo’lgan algoritmlarga alohida e’tibor qaratilgan. Bu erda
algoritmlarni tavsiflash va keyinchalik kompyuterda amalga oshirish uchun zarur
bo’lgan bir qator matematik tushunchalar - takrorlash,
yordamchi algoritm,
rekursiya, xotira, massiv, indeks, funksiya, parametr va h.k. kiritilib, turli xil sinf
masalalarining algoritmlari tuziladi. Dasturlash tili - tuzilgan algoritmni kompyuter
amalga oshirishi uchun vositadir. Bu o’rinda turli murakkablikdagi sintaksis va
semantikaga ega bo’lgan tillardan foydalanish mumkin. “Dasturlash asoslari” fani
yo’nalishning o’quv rejasidagi “Ehtimollar nazariyasi”, “Sonli usullar”, “Diskret
matematika va matematik mantiq” fanlari bilan uzviy bog’liq. Fan mazmuni
yo’nalishning o’quv rejasidagi “Matematik statistika”, “Ilmiy hisoblashlar”,
“Mexanika”, “Oddiy differenstial tenglamalar”, “Xususiy hosilali differenstial
tenglamalar” fanlarini o’zlashtirishda tayanch hisoblanadi. “Dasturlash asoslari”
fani umumkasbiy fan hisoblanadi va o’quv yilining 1-2 semestrlarida o’qitiladi.
Fanni o’qitish ma’ruza, amaliy mashg’ulot va mustaqil ta’lim shaklida olib
boriladi. Mazkur dasturga ko’ra ushbu fan doirasida ko’plab model masalalar
o’rganiladiki, bu mazkur fanni chuqur o’rgangan har bir bakalavr olgan bilim va
ko’nikmalarini
ishlabchiqarishda, ilmiy-tadqiqot ishlarida, shuningdek, talim
tizimida samarali foydalanishi imkonini beradi.
1.2. Fanni o’qitishdan maqsad – “Matematika” yo’nalishining bakalavr
bosqichi talabalariga dasturlash asoslarini etarli darajada o’qitish, shu bilimlarga
tayangan holda kompyuter yordamida modellashtirishga
keladigan tadbiqiy
masalalarning dastur ta’minotini amalga oshirishga o’rgatish va ixtisoslik fanlarini
o’zlashtirishda tayanch bilimlarga ega bo’lish. Fanning vazifalari – masala
yechishning algoritmik asoslarini o’rganish, kompyuter ishlashining tamoili,
dasturlash tillarini sinflash, kompyuterda berilganlar va buyruqlarni tasvirlanishi,
C++ tilida dasturlash, ob’ektga yo’naltirilgan
dasturlash texnologiyalari, vizual
dasturlash muhitida ishlash bu fanning asosiy vazifalari hisoblanadi. “Dasturlash
asoslari” fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida
bakalavr axborot, uni saqlash usullari, qayta ishlash va uzatish, hisoblash
tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti,
ularni fan sohalarida, ishlab
chiqarish va ta’limda qo’llash xususiyatlari, kompyuterni dasturiy ta’minoti, dastur
turlari va xususiyatlari, strukturali, ob’ektga yo’naltirilgan va umumlashgan
dasturlash, dasturni 4 optimallashtirish va umumlashtirish,
dasturlashda modulli
tamoyillarini qo’llash, kompyuter texnologiyalari yutuqlarini zamonaviy hisoblash
tizimlarining matematik va dasturiy ta’minotida qo’llash, dasturlashning
taraqqiyotining an’analari haqida tasavvurga ega bo’lishi, yuqori darajadagi
dasturlash tillarini, dasturiy ta’minotni, dasturlash texnologiyalarini, tatbiqiy va
hisoblash matematikasi masalalarini
yechish algoritmlarini, modulli tahlil va
modulli dasturlash asoslarini, ob’ektga yo’naltirilgan va umumlashgan dasturlash
usullarini, samarali dastur va dasturlar kompleksini yaratish usullarini bilishi va
ulardan foydalana olishi, tadbiqiy masalalarni
yechish algoritmini tuzish,
matematik (kompyuter) modelini qurish va uning dasturiy ta’minotini yaratish,
strukturali, ob’ektga yo’naltirilgan va umumlashgan dasturlash paradigmalarini
qo’llash asosida ilovalarni yarata olish, dasturlashda, hisoblash texnikasi va
dasturiy ta’minot imkoniyatlaridan samarali foydalanish, muammoga va ob’ektga
yo’naltirilgan
tillardan foydalanish, yaratilgan ilovalarni baholash ko’nikmalariga
ega bo’lishi kerak.