|
1-amaliy mashg’ulot mavzu: Amaliy masalalarni yyechish algoritmlarini o’rganish Amaliy mashg’ulotning maqsadi
|
bet | 1/5 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 148,61 Kb. | | #250345 |
Bog'liq 1-Mavzu (1)
1-AMALIY MASHG’ULOT
MAVZU: Amaliy masalalarni yyechish algoritmlarini o’rganish
Amaliy mashg’ulotning maqsadi: Amaliy masalalarni yechish algoritmlarini o’rganish.
Amaliy mashg’ulot natijasi: Amaliy masalalarni algoritmalsh malakasiga ega bo’lish.
Amaliy ish rejasi rejasi:
Amaliy mashg’ulot nazariy materiali bilan tanishib chiqish
Mos topshiriq variantidagi masalani yechish shartini aniqlash.
Nazariy qism:“Algoritmlash” deganda masalani biri ketidan boshqasini bajariladigan xamda oldingisining natijalari keyingilarining bajarilishida ishlatiladigan bosqichlar ketma-ketligiga keltirish tushuniladi. Ayni paytda bu bosqichlardagi amallarni kompyuter bajara olishi ko’zda tutilishi kerak. Kengroq ma`noda qaraydigan bo’lsak algoritmlash, o`zidan oldingi bosqich - masalani yechish usulini tanlash bosqichi xam, o`zidan keyingi bosqich - kompyuterning xususiyatlarini xisobga olgan xolda boshlang’ich, oraliq va natijaviy axborotlarni tuzilishining ifoda shakllarini tanlashni xam o’z ichiga oladi. Algoritmlash bosqichining natijasi masalani yechish algoritmi bo’ladi, yani bu bosqichda masalani yechish algoritmi ishlab chiqiladi. Bunda masalani matematik qo’yilishi va tanlangan usul qidirilayotgan natijani olishga olib keladigan xarakatlar ketma-ketligini aniqlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Algoritm deb, masalani yechish uchun bajarilishi lozim bo’lgan amallar ketma-ketligini aniq tavsiflaydigan qoidalar tizimiga aytiladi. Boshqacha aytganda, algoritm –boshlang’ich va oraliq ma`lumotlarni masalani yechish natijasiga aylantiradigan jarayonni bir qiymatli qilib, aniqlab beradigan qoidalarning biror bir chekli ketma-ketligidir. Buning moxiyati shundan iboratki, agar algoritm ishlab chiqilgan bo’lsa, uni echilayotgan masala bilan tanish bo’lmagan biron bir ijrochiga, shu jumladan kompyuterga xam bajarish uchun topshirsa bo’ladi va u algoritmning qoidalariga aniq rioya qilib masalani echadi.
|
| |