|
1-amaliy mashg’ulot mavzu: Amaliy masalalarni yyechish algoritmlarini o’rganish Amaliy mashg’ulotning maqsadi
|
bet | 2/5 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 148,61 Kb. | | #250345 |
Bog'liq 1-Mavzu (1)Algoritmlarning grafik shaklida tasvirlanishida algoritmlar maxsus geometrik figuralar yordamida tasvirlanadi va bu grafik ko‘rinishi blok-sxema deyiladi. Blok-sxemalar bilan ishlashni yaxshilab o‘zlashtirib olish zarur, chunki bu usul algoritmlarni ifodalashning qulay vositalaridan biri bo‘lib programma tuzishni osonlashtiradi, programmalash qobiliyatini mustahkamlaydi. Algoritmik tillarda blok - sxemaning asosiy strukturalariga maxsus operatorlar mos keladi. Shuni aytish kerakni, blok-sxemalardagi yozuvlar odatdagi yozuvlardan katta farq qilmaydi.
Topshiriqni bajarish namunasi
1.Masalaning qo’yilishi: Berilgan algoritm blok-sxemasini tahlil qilib, u ifoda etuvchi masalaning sharti aniqlansin. Algoritm chiziqli tuzilmaga ega bo’lib, kiritish,chiqarish(parallelogram), amallar (to’g’ri to’rtburchak) va ovallardan iborat.
Boshlang’ich ma’lumot: x- haqiqiy son(chunki mod va div amallari uchun operand bo’lib qatnashgan);
Amallar soni 3 ta:
1. a=x mod 10 (x ni 10 ga bo’lgandagi qoldiq a ga tenglashtirilgan, ya’ni x sonning birinchi hadi a ga teng);
b=x div 10 (x ni 10 ga bo’lgandagi butun qism b ga tenglashtirilgan, ya’ni x sonning ikkinchi hadi a ga teng);
s=a+b (x ikki xonali sonning raqamlari yig’indisi s ga tenglashtirilgan);
Natija: s.
Masalaning javobi: Berilgan ikki xonali butun sonning raqamlari yig’indisi topilsin.
2.Masalaning qo’yilishi: Berilgan biror N soni uchun faktorialni hisoblash algoritmi tuzilsin.
Faktorial ta’rifi: 1 dan berilgan natural n sonigacha bo‘lgan barcha sonlarning ko‘paytmasi
faktorial deyiladi.
Masalaning matematik modelini qurish:.
N–natural son (algoritm uchun boshlang’ich berilgan);
K – takrorlashlar hisobchilari;
P – Natija.
Masalani yechish algoritmini tuzish:
N natural soni kiritilsin.
N sonining faktoriali hisoblanadigan P o‘zgaruvchiga 1 ga teng qiymat berilsin.
Takrorlash parametri K ga 1 ga teng qiymat berilsin.
K parametrning qiymati tekshirilsin. Agar k ning qiymati N dan katta bo‘lsa, 8 punktga o‘tilsin.
P = P*k hisoblansin.
K parametrning qiymati bir birlikga oshirilsin (K = K + 1)
4 punktga o‘tilsin.
Nayijani olish (P).
|
| |