|
Dasturlash asoslari
|
bet | 19/19 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 88,92 Kb. | | #158115 |
Bog'liq C da massivlar bilan ishlash-fayllar.orgBelgilar turlari
charMa'lumotlar turi saqlash uchun foydalaniladigan yagona belgi. Belgilar 'A' yoki 'c' kabi bir tirnoq bilan o'ralgan bo'lishi kerak:
char myGrade = 'F';
cout << myGrade;
Shu bilan bir qatorda, siz ma'lum bir belgilarni ko'rsatish uchun ASCII qiymatlaridan foydalanishingiz mumkin:
#include
using namespace std;
int main() {
char a = 65, b = 66, c = 67;
cout << a;
cout << b;
cout << c;
}
ABS
String (Satr) turlari
stringTuri belgi (matn) bir ketma-ketlikni saqlash uchun ishlatiladi. satrda yozilganidek qo'sh tirnoqda yozilishni unutmang. Misol uchun string ism = "MasterSherkulov";
Satrlardan foydalanish uchun siz qo'shimcha kutubxonadan foydalanishingizga to'g'ri keladi kutubxonaga kiritishingiz kerak:
#include
#include
using namespace std;
int main() {
// string o'zgaruvchi e'lon qilinishi
string satr = "Hello";
// string(satr) o'zgaruvchi qiymatini ekranga chiqarish.
cout << satr;
}
String (Satr) turlari
stringTuri belgi (matn) bir ketma-ketlikni saqlash uchun ishlatiladi. satrda yozilganidek qo'sh tirnoqda yozilishni unutmang. Misol uchun string ism = "Elmurodov Shamshod";
Satrlardan foydalanish uchun siz qo’shimcha kutubxonalardan foydalanishingizga to’g’ri keladi kutubxonaga kiritishingiz kerak;
#include #include Using namespace std; Int main () { // string o’zgaruvchi e’lon qilinishi String satr = “Hello”; //string(satr) o’zgaruvchi qiymatini ekranga chiqarish. Coutfundamental turlar hisoblanadi:
void. Bu tur tugallanmaydigan (ya’ni, bu tur bilan obyekt, massiv va adreslar e’lon qilinmaydi va aniqlanmaydi) ma’lumot turi hisoblanib hech qanday qiymat qabul qilmaydi. Lekin bu tur bilan ko’rsatgichlar e’lon qilinishi va aniqlanishi mumkin. Bundan tashqari bu tur qiymat hosil qilmaydigan funksiyalarni e’lon qilish va aniqlashda foydalanilishi mumkin. Masalan, quyidagilar to’g’ri hisoblanadi:
void *Ptr; // istalgan turdagi obyekt uchun ko’rsatgich
void DoSomething() { } // funksiya
std::nullptr_t (C++ 11 dan boshlab). Bu tur nol ko’rsatgich nullptr ning turi hisoblanadi, ya’ni nullptr std::nullptr_t ma’lumot turiga ega. 0 yoki nullptr qiymatlarini qabul qiladi. Hajmi sizeof(void*) ga teng. Misol:
int *IntPrt = nullprt; //IntPrt ning qiymati 0 bool. Mantiqiy ma’lumotlar, o’zgaruvchilar turi. Faqat true va false qiymatlarini qabul qiladi. Hajmi kompillyatorga bo’g’liq, lekin kamida 1 bayt. Misol:
char, signed char, unsigned char. Bular belgilar turlari bo’lib, uchchalasi alohida turlar hisoblanadi. Uchchalasi bir xil hajmga ega va 1 baytga teng. char asosan belgilar to’plami, satrlar hosil qilishda foydalaniladi. U kompillyatorga bog’liq ravishda signed char yoki unsigned char bilan aynan bir xil bo’ladi. Shuning uchun -128 dan 127 gacha yoki 0 dan 255 gacha bo’lgan qiymatlarni qabul qiladi. signed char kichik hajmli, ishorali butun sonlar talab qilinganda foydalanilishi mumkin va -128 dan 127 gacha bo’lgan qiymatlarni qabul qiladi. unsigned char kichik hajmli, ishorasiz butun sonlar talab qilinganda foydalanilishi mumkin va 0 dan 255 gacha bo’lgan qiymatlarni qabul qiladi.
Butun sonlarning asosiy (базовый) turi hisoblanadi. Uning hajmi kamida 2 baytga teng. Lekin 32/64 bit arxitekturali tizimlarda uning hajmi kamida 4 bayt. Bu tur o’zgartirgich (модификатор) lar bilan birga ishlatilishi mumkin. Quyidagi o’zgartirgichlar mavjud: signed, unsigned (ishorasini belgilaydi) va short, long, long long (hajmini belgilaydi). Demak,
short, short int, signed short, signed short int lar aynan bir xil bo’lib, ishorali butun sonlar turi hisoblanadi. Hajmi kamida 2 bayt va -32768 dan 32767 gacha bo’lgan sonlarni qabul qiladi.
unsigned short, unsigned short int lar aynan bir xil bo’lib, ishorasiz butun sonlar turi hisoblanadi. Hajmi kamida 2 bayt va 0 dan 65535 gacha bo’lgan sonlarni qabul qiladi.
unsigned, unsigned int lar aynan bir xil bo’lib, ishorasiz butun sonlar turi hisoblanadi. Hajmi kamida 4 bayt va 0 dan 4294967295 gacha bo’lgan sonlarni qabul qiladi. Ba’zi 16 bitli tizimlarda uning hajmi 2 bayt (short variantidek).
long, long int, signed long , signed long int lar aynan bir xil bo’lib, ishorali butun sonlar turi hisoblanadi. Hajmi kamida 4 bayt va -2147483648 dan 2147483647 gacha bo’lgan sonlarni qabul qiladi. Ba’zi 64 bitli tizimlarda uning hajmi kamida 8 bayt va -9223372036854775808 dan 9223372036854775807 gacha bo’lgan sonlarni qabul qiladi.
unsigned long, unsigned long int lar aynan bir xil bo’lib, ishorasiz butun sonlar turi hisoblanadi. Hajmi kamida 4 bayt va 0 dan 4294967295 gacha bo’lgan sonlarni qabul qiladi. Ba’zi 64 bitli tizimlarda buning hajmi kamida 8 bayt va 0 dan 18446744073709551615 gacha bo’lgan sonlarni qabul qiladi.
long long, long long int, signed long long, signed long long int lar aynan bir xil bo’lib, ishorali butun sonlar turi hisoblanadi. Hajmi kamida 8 bayt va -9223372036854775808 dan 9223372036854775807 gacha bo’lgan sonlarni qabul qiladi.
Xulosa:
Ma’lumotlar toifasi – bu o’zgaruvchilarning turi va xotiradan qancha joy egallashini belgilab beruvchi kerakli omil. Foydalanilgan o’zgaruvchiga to’g’ri tipni belgilash muhim vazifalardan biridir. Sababi bu orqali biz, yaratayotgan dasturimizda yuzaga keladigan ba’zi bir muammolarni oldini olishimiz, eng asosiysi vaqt tejalishi va dasturning xotiradan kamroq joy egallanishiga erishishimiz mumkin
Foydalanilgan adabiyotlar.
1FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. O.T.Haitmatov va b. Informatika va axborot texnologiyalari. O’quv qo’llanma. T. TKTI. 2005 y.
2. O.T.Haitmatov va b. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan laboratoriya ishlarini bajarish ushun uslubiy qo’llanma. T. TKTI. 2005 y.
3. Faronov V.V. Turbo Paskal 7.0. Uchеbnoе posobiе. M.: Nolidj., 2002g.
4. Aripov M., Xaydarov A. Informatika asoslari T. “O`qituvchi” 2002y.
5. Holmatov T.X.,Toyloqov N.I. Amaliy matematika,dasturlash va kompyuterning dasturiy ta’minoti. T.Mexnat, 2000 y.
Конец формы
http://fayllar.org
|
| |