Dasturlash asoslari




Download 88,92 Kb.
bet15/19
Sana17.02.2024
Hajmi88,92 Kb.
#158115
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
C da massivlar bilan ishlash-fayllar.org

Identifikator. tomonidan dastur elementlari (funksiya, o'zgaruvchilar, o'zgarmaslar …) uchun ixtiyoriy tanlangan nom. Identifikator tanlaganda quyidagilarga ahamiyat berish kerak:
Identifikator lotin harflaridan boshlanishi shart;
Ikkinchi simvoldan boshlab raqamlardan foydalanish mumkin;
C++ da katta kichik harflar farq qiladi. Ya'ni quyidagilarning har biri alohida
identifikator hisoblanadi: KATTA, katta, KaTTa, kAttA, Katta, KattA, ...
Probel C++ da so'zlarni ajratish uchun ishlatilad i. Shuning uchun identifikatorda probeldan foydalanib bo'lmaydi;
Xizmatchi (int, float, for, while kabi) so'zlardan identifikator sifatida
foydalanib bo'lmaydi; Dasturchi
C++ tilining kalit so'zlariga quyidagilar kiradi:
asm, auto, break, case, catch, char, class, const, continue, default, delete, do, double,else, enum, explicit, extern, float, for, friend, goto, if, inline, int, long, mutable, new, operator, private, protected, public, register, return, short, signed, sizeof, static, struct, swith, template, this, throw, try, typedef, typename, union, unsigned, virtual, void, volatile, while.
Protsessor registrlarini belgilash uchun quyidagi so'zlar ishlariladi:
_AH, _AL, _AX, _EAX, _BH, _BL, _BX, _EBX, _CL, _CH, _CX, _ECX, _DH,
_DL, _DX, _EDX, _CS, _ESP, _EBP, _FS, _GS, _DI, _EDI, _SI, _ESI, _BP, _SP,_DS, _ES, _SS, _FLAGS.
Eslatma. Identifikator tanlashda birinchi belgi sifatida "_" belgisidan foydalanmaslik tavsiya etiladi.
C++ da dastur funksiya yoki funksiyalardan tashkil topadi. Agar dastur bir nechta funksiyadan iborat bo'lsa, bir funksiyaning nomi main bo'lishi shart. Dastur aynan main funksiyasining birinchi operatoridan boshlabbajariladi. Funksiyaning aniqlashishi quyidagicha bo'ladi:
qaytariluvchi_qiymat_toifas i funksiya_nomi ( [parametrlar] )
{funksiya tanasini tashkil qiluvchi operatorlar}
Qoida bo'yicha funksiya qandaydir bir qiymatni hisoblash uchun ishlatiladi. Shuning uchun funksiya nomi oldidan, funksiya qaytaradigan qiymat toifasi yoziladi. Agar funksiya hech qanday qiymat qaytarmaydigan bo'lsa, void toifasi yoziladi. Agar funksiya qaytaradigan qiymat toifasi yozilmagan bo'lsa, int ( utun ) toifali qiymat qaytariladi deb qabul qilinadi.


Xulosa:
Identifikator - o'zgaruvchiga, doimiyga, funktsiyaga, mahalliy tipga yoki foydalanuvchi tomonidan belgilangan boshqa elementga berilgan nom. Identifikatorlar bir yoki bir nechta belgilardan iborat bo'lishi mumkin. O'zgaruvchilar nomlari harf yoki pastki chiziq bilan boshlanishi kerak.
C++ da kalit so'zlarni identifikator sifatida ishlatib bo'lmaydi .
C++ kompilyatori literalning turini uning qiymatidan mustaqil ravishda aniqlashga harakat qiladi .

Download 88,92 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Download 88,92 Kb.