• REJA
  • Mustaqil ish guruh: 780-22 Bajardi: G’ayratov. A. A tekshirdi: Soliyev. B. N farg’ona 2024 Mavzu: Funksiyalarni tashkil etish reja




    Download 137,1 Kb.
    Sana06.06.2024
    Hajmi137,1 Kb.
    #261043
    Bog'liq
    Dasturlash funksiyalarni tashkil etish

      Bu sahifa navigatsiya:
    • REJA


    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    FARG’ONA FILIALI


    MUSTAQIL ISH




    Guruh: 780-22

    Bajardi: G’ayratov.A.A

    Tekshirdi: Soliyev.B.N

    FARG’ONA 2024
    Mavzu: Funksiyalarni tashkil etish


    REJA:

    Kirish.

    Asosiy qism

    Funksiya haqida tushuncha

    Funksiyani qayta yuklash

    Rekursiv funksiyalar

    Yakuniy qism



    Xulosa

    Foydalanilgan adabiyotlar.



    KIRISH
    Bir marta kod yozib uni dasturning istalgan joyida istalgancha ishlatish imkonini beruvchi peratorlar guruhi funksiya deyiladi. Funksiya dasturchining kodini sezilarni darajada qisqartiradi va bu orqali dastur kodini o’qish osonlashadi va qotira hajmidan ham yutiladi. Funksiyalarning foydali tomonlaridan biri shundaki, katta masala bir necha kichik bo`laklarga bo`linib, har biriga alohida funksiya yozilganda, masala yechish algoritmi ancha soddalashadi. Bunda dasturchi yozgan funksiyalar C++ ning standart kutubxonasi va boshqa firmalar yozgan kutubxonalar ichidagi funksiyalar bilan birlashtiriladi. Bu esa ishni osonlashtiradi. Ko`p holda dasturda takroran bajariladigan amalni funksiya sifatida yozish va kerakli joyda ushbu funksiyani haqirish mumkin. Funksiyani programma tanasida ishlatish uchun u chaqiriladi, yani uning ismi yoziladi va unga kerakli argumentlar beriladi. () qavslar ushbu funksiya chaqirig`ini ifodalaydi. Agar funksiya argumentlar olsa, ular () qavs ichida yoziladi. Argumentsiz funksiyadan keyin esa () qavslarning o`zi qo`yiladi. Funksiyalar dasturchi ishini juda yengillashtiradi. Funksiyalar yordamida programma modullashadi, qismlarga bo`linadi. Bu esa keyinchalik dasturni rivojlantirishni osonlashtiradi. Dastur yozilish davrida xatolarni topishni yengillashtiradi. C++ funksiyalar tili deyiladi. Chunki dasturda kamida bitta main funksiyasi bo'ladi. Asosiy dastur, asosiy funksiya deganda aynan manashu main funksiyasini tushunamiz. Asosiy dasturdan (yoki chaqiruvchi funksiyadan) xech qanday parameter qabul qilib olmaydigan funksiyalarga, parametrsiz funksiyalar deyiladi. Parametrsiz funksiyaning o'zi ham 2 xil bo'lishi mumkin: 1) Asosiy dasturga (yoki chaqiruvchi funksiyaga) natijani qaytaruvchi. 2) void turidagi funksiya bo'lib, asosiy dasturdan (yoki chaqiruvchi funksiyadan) xech qanday parametr qabul qilib olmaydi xam, asosiy dasturga xech qanday natija qaytarmaydi ham. Parametrsiz funksiyaga murojaat qilishda dastur tanasida funksiya nomi yoziladi. Dasturda funksiya nomi operatorlar kabi ishlatiladi. Parametrsiz funksiyada asosiy dasturning barcha global o`zgaruvchilaridan foydalanish mumkin.
    Funksiya haqida tushuncha.
    Dasturlash mobaynida bir xil ifodalarni, hisoblash jarayonlarini qayta – qayta hisoblashga to’g’ri keladi. Dasturlash tillarida, kompyuter hotirasini va dasturchining vaqtini tejash maqsadida, bunday takkorlanuvchi jarayonlarni dasturda ajratib yozib, unga asosiy daturdan, boshqa funksiyalardan murojaat qilish imkoniyatlari keltirilgan. Dasturning istalgan qismidan murojaat qilib, bir necha bor ishlatish mumkin bo`lgan operatorlar guruhiga funksiya deyiladi. C++ funksiyalar tili deyiladi. Chunki dasturda kamida bitta main funksiyasi bo'ladi. Asosiy dastur, asosiy funksiya deganda aynan manashu main funksiyasini tushunamiz. Asosiy dasturdan (yoki chaqiruvchi funksiyadan) xech qanday parameter qabul qilib olmaydigan funksiyalarga, parametrsiz funksiyalar deyiladi. Ko'p holda dasturda takroran bajariladigan amalni funksiya sifatida yozish va kerakli joyda ushbu funksiyani chaqirish mumkin. Dastur yozilish davrida hatolarni topishni yengillashtiradi. Bir misolda funksiyaning asosiy qismlarini ko'rib chiqaylik:
    int foo(int k, int t)
    {
    int result;
    result = k * t;
    return (result);
    }
    Yuqoridagi foo funksiyamizning ismi, () qavslar ichidagi parametrlar – int tipidagi k va t lar kirish argumentlaridir, ular faqat ushbu funksiya ichida ko'rinadi va qo'llaniladi. Bunday o'zgaruvchilar lokal (local - mahalliy) deyiladi. result foo() ning ichida e’lon qilinganligi uchun u ham lokaldir. Demak biz funksiya ichida o'zgaruvchilarni va sinflarni (class) e’lon qilishimiz mumkin ekan. Lekin funksiya ichida boshqa funksiyani e’lon qilib bo'lmaydi. foo() funksiyamiz qiymat ham qaytaradi. Qaytish qiymatining tipi foo() ning e’lonida eng boshida kelgan - int tipiga ega. Biz funksiyadan qaytarmoqchi bo'lgan qiymatning tipi ham funksiya e’lon qilgan qaytish qiymati tipiga mos kelishi kerak - ayni o'sha tipda bo'lishi yoki o'sha tipga keltirilishi mumkin bo'lgan tipga ega bo'lishi shart. Funksiyadan qiymatni return ifodasi bilan qaytaramiz. Agar funksiya hech narsa qaytarmasa e’londa void tipini yozamiz. Ya’ni:
    void funk()
    {
    int g = 10;
    cout << g;
    return;
    }
    Bu funksiya void (bo’sh, hech narsasiz) tipidagi qiymatni qaytaradi. Boshqacha qilib aytganda qaytargan qiymati bo’sh to’plamdir. Lekin funksiya hech narsa qaytarmaydi deya olmaymiz. Chunki hech narsa qaytarmaydigan mahsus funksiyalar ham bor. Ularning qaytish qiymati belgilanadigan joyga hech narsa yozilmaydi. Biz unday funksiyalarni keyinroq ko’rib chiqamiz.
    Bu yerda bir nuqta shuki, agar funksiya mahsus bo’lmasa, lekin oldida qaytish qiymati tipi ko’rsatilmagan bo'lsa, qaytish qiymati int tipiga ega deb qabul qilinadi. Void qaytish tipli funksiyalardan chiqish uchun return; deb yozsak yetarlidir. Yoki return ni qoldirib ketsak ham bo’ladi. Funksiyaning qismlari bajaradan vazifasiga ko’ra turlicha nomlanadi. Yuqorida korib chiqqanimiz funksiya aniqlanishi (function definition) deyiladi, chunki biz bunda funksiyaning bajaradigan amallarini funksiya nomidan keyin, {} qavslar ichida aniqlab yozib chiqyapmiz. Funksiya aniqlanishida {} qavslardan oldin nuqta-vergul (;) qo'yish hatodir. Bundan tashqari funksiya e’loni, prototipi yoki deklaratsiyasi (function prototype) tushunchasi qo'llaniladi. Bunda funksiyaning nomidan keyin hamon nuqta-vergul qo'yiladi, funksiya tanasi esa berilmaydi. C++ da funksiya qo’llanilishidan oldin uning aniqlanishi yoki hech bo'lmaganda e’loni kompilyatorga uchragan bo'lishi kerak. Agar funksiya e’loni boshqa funksiyalar aniqlanishidan tashqarida berilgan bo'lsa, uning kuchi ushbu fayl ohirigacha boradi. Biror bir funksiya ichida berilgan bo'lsa kuchi faqat o'cha funksiya ichida tarqaladi. E’lon fayllarda aynan shu funksiya e’lonlari berilgan bo’ladi. Funksiya e’loni va funksiya aniqlanishi bir-biriga mos tushishi kerak. Funksiya e’loniga misol:
    double square(char, bool);
    float average(int a, int b, int c);
    Funksiya e’lonlarda kirish parametrlarining faqat tipi yozish kifoya, huddi square() funksiyasidek. Yoki kiruvchi parametrlarning nomi ham berilishi mumkin, bu nomlar kompilyator tarafidan etiborga olinmaydi, biroq dasturning o'qilishini ancha osonlashtiradi. Bulardan tashqari C++ da funksiya imzosi (function signature) tushunchasi bor. Funksiya imzosiga funksiya nomi, kiruvchi parametrlar tipi, soni, ketma-ketligi kiradi. Funksiyadan qaytuvchi qiymat tipi imzoga kirmaydi.
    int foo(); //No1 int foo(char, int); //No2 double foo(); //No3 - No1 funksiya bilan imzolari ayni. void foo(int, char); //No4 - No2 bilan imzolari farqli. char foo(char, int); //No5 - No2 bilan imzolari ayni. int foo(void); //No6 - No1 va No3 bilan imzolari ayni,
    Yuqoridagi misolda kirish parametrlari bo'lmasa biz () qavsning ichiga void deb yozishimiz mumkin (No6 ga qarang). Yoki () qavslarning quruq o’zini yozaversak ham bo’ladi (No1 ga qarang). 64 Yana bir tushuncha - funksiya chaqirig'idir. Dasturda funksiyani chaqirib, qo'llashimiz uchun uning chaqiriq ko'rinishini ishlatamiz. () qavslari funksiya chaqirig'ida qo'llaniladi. Agar funksiyaning kirish argumentlari bo’lmasa, () qavslar bo’sh holda qo’llaniladi. Ma’lumki, funksiyalarni aniqlashda ulaming qaytarishi lozim bo‘lgan qiymatlar tipi va funksiya uchun zarur bo‘lgan parametrlar tipini ko'rsatish lozim edi. Faraz qilaylik, ikkita butun sonni qo‘shish uchun funksiya qurilgan bo‘lsin. Agar uchta butun sonni qo‘shish talab qilingan bo‘lsa, ular uchun boshqa nomdagi funksiyani qurish talab qilinadi. Ikkita haqiqiy sonni qo‘shish uchun esa boshqa funksiya qurish lozim bo'ladi. Bunday hollarda bir xil funksiyani takror va takror yozishning o'rniga, C++ tili bir xil nomdagi funksiyalarni qurish imkonini beradi. Dastumi kompilatsiya qilish jarayonida C++ funksiyalaming har biridagi argumentlar miqdori e’tiborga olinadi va aynan kerak bo'lgan funksiyani chaqiradi. Kompilyatorga bir nechta funksiyalar orasidan kcragini tanlash imkoniyati funksiyalarni qayta yuklash deb ataladi. Funksiyalami qayta yuklash amali bir xil nomdagi parametrlami har xil tipga mansub bo‘lgan turli funksiyalar uchun qo‘llashga ruxsat beradi. Masalan, quyidagi dastur add_values nomli ikkita funksiyani qayta yuklash uchun xizmat qiladi:
    #include

    using namespace std;


    int add_values (int a, int b)
    {
    return(a + b);
    }
    int add_values (int a, int b, int c)
    {
    return(a + b + c);
    }
    int main()
    { cout « “200 + 801 = “ « add_values(200, 801) « endl;
    cout « “100 + 201 + 700 = “ « add_values(100, 201, 700) « endl;}

    Ko‘rinib turibdiki, dasturda ikkita bir xil nomdagi, ammo parametrlari soni har xil bo‘lgan add_values funksiyasi aniqlangan. Bu holda kompilyator parametrlar soniga ko‘ra qaysi funksiyani qo‘llash haqida mustaqil ravishda xulosa qiladi. Agar funksiya o‘zidan yordamchi funksiya sifatida foydalanadigan bo‘lsa, bunday funksiyalar rekursiv deyiladi. Rekursiv funksiyalar ikki turga bo‘linadi:


    a) to‘g‘ri rekursiya. Bunda dastur o‘ziga-o‘zi murojaat qiladi.
    b) yondosh rekursiya.
    Bunda A funksiya B ga, B funksiya A ga murojaat qiladi. Rekursiv funksiya yozish uchun avvalo : 1) rekkurent munosabat; 2) shu munosabat uchun boshlang‘ich holatlar aniqlangan bo‘lishi shart. Rekkurent munosabat deganda qaralayotgan jarayonga doir muayyan bosqichlami avvalgi bosqichlar bilan bog‘lovchi munosabatlar tushuniladi. Masalan, N! =N*(N—1) formulani N! uchun rekurent munosabat deb qarash mumkin. Boshlang‘ich holat sifatida esa 1!=1 olinadi. Keltirilgan ma’lumotlami hisobga olsak, faktorialni hisoblash masalasi uchun rekkurent va boshlang‘ich munosabatlar quyidagicha bo'ladi:

    Ko‘rinib turibdiki, N! ni hisoblash uchun (N-1)! ma’lum bo‘lishi kerak. Lekin, (N-1)!=(N-1)*(N-2)! bo‘lgani uchun o‘z navbatida (N-2)! ni inpish talab qilinadi. (N-2)! esa (N-3)!*(N-2) ga teng va hokazo. Bu yerda N! ni hisoblash algoritmi o ‘zining ichiga o ‘zi “cho‘kib” borishi hodisasi ro‘y bermoqda. Cho‘kish jarayoni boshlang‘ich holat sodir bo‘lgunga qadar, ya’ni 1! gacha davom etadi. Shundan keyin, “cho‘- kish” jarayoni to‘xtaydi, 1!=1 ekanligi haqida ko‘rsatma olgan kompyuter yuqoriga qarab “suzib” chiqish bosqichini boshlaydi. Ya’ni, 2!=1, 2!=l-2=2, 3 !=2!-3=6 va hokazo. Bu holat to N! hisoblanmaguncha davom etaveradi.


    Yuqorida keltirilgan masala dasturi quyidagicha bo’ladi:

    #include
    using namespace std;


    long fak(int m)
    { long f;
    if (m==1) f=1; else f=fak(m-1)*m;
    return f;
    }
    int main()
    {
    int n;
    cout<<"Butun sonni kiriting: ";
    cin>>n;
    cout<
    }

    Faktorialni hisoblash funksiyasini takrorlash operatori yordamida ham hisoblash mumkin ammo ba’zi narsalarni rekursivlikdan boshqacha yo’ldan foydalanib hisoblab bo’lmaydi.


    Masalan: f(n ) funksiyaning qiymatlari f(0 )= 1 , f(2n)= f(n) va f (2n+1)=f (n)+1 ifodalar yordamida topiladi. Berilgan k natural soni uchun f(k) ni toping. Buni rekursiyadan foydalanmasdan bajarish imkonsiz.
    Uning dasturi quyidagicha bo’ladi:

    #include
    using namespace std;


    int fun(int m)
    {
    int f;
    if (m==0) f=1; else
    {
    int h=m/2;
    if (m % 2==0) f=fun(h); else f=fun(h)+1 ;
    }
    return f;
    }
    int main()
    {
    int n;
    cout<<"Butun sonni kiriting: ";
    cin>>n;
    cout<<"f(n)="<
    }

    Xulosa o’rnida shuni aytish joizki C++ dasturlash tili funksiyalar tili hisoblanadi. Unda hech bo’lmaganda bitta main() funksiyasi qo’llaniladi. Funksiyalar dasturchining ishini sezilarli darajada osonlashtiradi .


    XULOSA
    Biz biroz yirikroq dastur yozish mobaynida juda ko’p bir xil bo’lgan vazifani qayta va qayta yozayotgandek bo’lamiz. Bu xuddi kuni bilan paxta terayotgan kishining ishiga o’xshaydi qaniydi bitta robot bo’lsayu unga bir marta paxta terishni o’rgatib qo’ysak keyin har safar aytganingda paxtani terib qo’ysa deb orzu qiladi paxta teruvchi , albatta terimchining bu orzusini amalga oshirish qiyin . Lekin sizning ishingizni (ya’ni kodlashda bir vazifani qayta yozishni) yengillashtirishning yo’li bor , bu yerda bizga Funksiyalar yordamga keladi.Dasturlash mobaynida bir xil ifodalarni, hisoblash jarayonlarini qayta – qayta hisoblashga to`g`ri keladi. Dasturlash tillarida, kompyuter hotirasini va dasturchining vaqtini tejash maqsadida, bunday takkorlanuvchi jarayonlarni dasturda ajratib yozib, unga asosiy daturdan, boshqa funksiyalardan murojaat qilish imkoniyatlari keltirilgan.Dasturning istalgan qismidan murojaat qilib, bir necha bor ishlatish mumkin bo`lgan operatorlar guruhiga funksiya deyiladi. Funksiyalarning foydali tomonlaridan biri shundaki, katta masala bir necha kichik bo`laklarga bo`linib, har biriga alohida funksiya yozilganda, masala yechish algoritmi ancha soddalashadi. Bunda dasturchi yozgan funksiyalar C++ ning standart kutubxonasi va boshqa firmalar yozgan kutubxonalar ichidagi funksiyalar bilan birlashtiriladi. Bu esa ishni osonlashtiradi. Ko`p holda dasturda takroran bajariladigan amalni funksiya sifatida yozish va kerakli joyda ushbu funksiyani haqirish mumkin. Funksiyani programma tanasida ishlatish uchun u chaqiriladi, yani uning ismi yoziladi va unga kerakli argumentlar beriladi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak funksilar bizning og’irimizni yengil uzog’imizni yaqin qiluvchi yordamchi zamonaviy dasturlash tillarini funksiyalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi
    Funksiya tushunchasi, C++ da funksiya qanday yaratilishini, qanday qismlardan iborat bo’lishini va unga qanday murojaat qilinishini o’rganish.

    Nazariy qism.


    Dasturlashda ko’pincha bir xil amalni bir necha marta bajarishga to’g’ri keladi.

    Masala 1: Radiyuslari r1 va r2 ga teng bo’lgan sharlar berilgan. Ularning har birining hajmini toping toping.


    Shar hajmi formulasi: V=
    Bu masalani avvaldan ma’lum usulda yechadigan bo’lsak:

    #include
    #include


    using namespace std;
    int main() {
    double r1, r2;
    cin>>r1>>r2;
    double v1 = 4 / 3.0 * M_PI * r1 * r1 * r1;
    double v2 = 4 / 3.0 * M_PI * r2 * r2 * r2;
    cout<<"v1="<
    }

    Bunda bir xil amallar ikki marta yozilgan. Ularda faqat o’zgaruvchi farq qiladi.


    Bir xil amallarni birnecha marta yozmaslik uchun funksiyadan foydalanamiz.

    Funksiya – dastur kodining biror nomlangan qismi bo’lib, unga boshqa funksiyalardan va asosiy (main) funksiyasidan murojaat qilish mumkin. Aniq bir vazifani bajaradi, birnecha marta murojaat qilinishi mumkin.


    Funksiyaning umumiy ko’rinishi:

    (
    ) {


    }
    Yuqoridagi masalani har qanday shar radiyusi berilganda uning hajmini hisoblan qaytarib beradigan funksiya yaratish orqali yechamiz:

    #include
    #include


    using namespace std;
    double volume_cube(double r) {
    return 4 / 3.0 * M_PI * r * r * r;
    }
    int main() {

    double r1, r2;


    cin>>r1>>r2;
    double v1 = volume_cube(r1);
    double v2 = volume_cube(r2);
    cout<<"v1="<}

    volume_cube – funksiya nomi. Funksiya nomi istalgan identifikator bo’lishi mumkin. Identifikator kata va kichik lotin alfaviti harflaridan, raqamlardan va _ belgisidan iborat bo’ladi va raqam bilan boshlanmaydi.

    double – funksiya qaytaradigan tip. Qaytaradigan tip har xil bo’lishi mumkin.
    Funksiya tanasi return so’zi bilan tugaydi. double r funksiyaning parametrik o’zgaruvchisi.
    Funksiyaga parametrlari soni 1 ta, ko’p yoki umuman bo’lmasligi mumkin. Agar funksiya parametrlari yo’q bo’lsa u holda qavs ichida hech narsa yozilmaydi. Masalan int main() funksiyasi parametrga ega emas.
    Agar funksiya parametrlari soni 1 dan ko’p bo’lsa u holda ular bir-biridan vergul bilan ajratiladi. Har bir parametrning tipi har xil bo’lishi mumkin.

    Misol3.
    Eng oddiy misol sifatida ikkita butun sonning yig’indisini hisoblab qaytarib beradigan funksiyani yaratamiz. Funksiya nomini summa deb nomlaymiz. Unga parameter sifatida ikkita butun son keladi. Natija ham butun son bo’ladi:

    #include
    using namespace std;
    int summa(int a, int b) {
    int c = a+b;
    return c;
    }
    int main() {

    int x, y;


    cin>>x>>y;
    int z = summa(x, y);
    cout<
    }
    Huddi shu masalani qyidagicha ham yozishimiz mumkin:
    #include
    using namespace std;
    int summa(int a, int b) {
    return a+b;
    }
    int main() {

    int x, y;


    cin>>x>>y;
    cout<<="" p="">
    }

    Misol4.
    Ikkita sonning eng katta bo’luvchisini topadigan funksiyani tuzamiz. Eng katta umumiy bo’luvchi(EKUB) bu ikkala sonni qoldiqsiz bo’ladigan sonlar ichida eng kattasi. Demak funksiya parametrlari 2 ta butun son. Funksiya qaytardigan natija bitta butun son – ikki sonning EKUBi.


    long long gcd(long long a, long long b) {
    while (b != 0) {
    long long c = a % b;
    a = b;
    b = c;

    }
    return a;


    }
    int main() {

    long long a,b;


    cin>>a>>b;
    long long g = gcd(a, b);
    cout<

    }
    Funksiya qiymat qaytaradigan va qaytarmaydigan turlarga bo’linadi. Qiymat qaytarmaydigan funksiya tipi sifatida void so’zi yoziladi. Bunday funksiya faqat hisob kitoblarni amalga oshiradi yoki natijalarni chiqaradi.


    Bir o’lchamli massivning [L..R] elementlarini chiqarishni funksiya yordamida amalga oshiruvchi dastur tuzing.
    Bu masalada funksiyaga parametr sifatida massiv va uning boshlang’ich va ohirgi insekslari uzatiladi.
    void print_array(int a[], int L, int R) {
    for (int i = L; i <= R; i++) {
    cout<
    }
    cout<

    }


    int main(){
    int a[] = {1, 4, 6, 14, 32, 7, 9};
    print_array(a, 0, 3);
    int b[] = {4, 67, 13, 56, 61, 4};
    print_array(b, 2, 3);
    }
    Agar o’zgaruvchi funksiyadan oldin tavsiflangan bo’lsa u holda bu o’zgaruvchini funksiya tanasida foydalanishimiz mumkin. Yuqoridagi masalada chiqarish faqat a massiv ustida amalga oshiriladigan bo’lsa u holda quyidagicha yozishimiz mumkin.

    #include
    using namespace std;


    int a[1001];
    void print_array(int L, int R) {
    for (int i = L; i <= R; i++) {
    cout<
    }
    cout<

    }


    int main(){
    int n;
    cin>>n;

    for (int i = 0; i < n; i++) {


    cin>>a[i];
    }
    print_array(0, 3);

    print_array(2, 3);


    }

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


    Straustrup B. Yazik programmirovaniya C++. Trete izdanie, M.: Binom, 2014.

    Shmidskiy Ya.K. Programmirovaniye na yazike C++: Samouchitel. Uchebnoe posobie. Dialektika. 361 str, 2004 g.

    Asharina N.A. Osnovi programmirovaniya na yazikax C, C++. Uchebniy kurs.M.: 2012 g.

    Podbelskiy V.V. Yazik C++  M.: Finansi i statistika, 2006.

    Kondzyuba S.P., Gromov V.N. Delphi 6/7. Baza dannыx i prilojeniya. M.- Sankt-Peterburg - Kiev, 2002 g

    Bjarne Straustrup. Programming: Principles and Practice Using C++ (2nd Edition). Person Education, Inc. 2014. second printing, January 2015.

    Harry Hariom Choudhary, Bjarne M Straustrup. C++ Programming Professional.: Sixth Best Selling Edition for Beginner‘s & Expert‘s 2014.



    Bjarne Straustrup. The C++ Programming Language, 4th Edition. Person Education, Inc. 2013. Third printing, April 2014.
    Download 137,1 Kb.




    Download 137,1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ish guruh: 780-22 Bajardi: G’ayratov. A. A tekshirdi: Soliyev. B. N farg’ona 2024 Mavzu: Funksiyalarni tashkil etish reja

    Download 137,1 Kb.