• Mavzu: Pythonda math va datetime modullari bilan ishlash. Bajardi: Karimova Yulduzxon Raxbar: Yuldashev Ollabergan
  • 1.Modulga qisqa ta’rif.
  • Davlat universiteti




    Download 189,61 Kb.
    bet1/5
    Sana16.05.2024
    Hajmi189,61 Kb.
    #236952
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    python math va datetime modul


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI




    Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari yo‘nalishi
    2023-2024 o‘quv yili 6-semestrdagi Python dasturlash tili va uning kutubxonalari fanidan mustaqil ishi
    Mavzu: Pythonda math va datetime modullari bilan ishlash.
    Bajardi: Karimova Yulduzxon


    Raxbar: Yuldashev Ollabergan


    Urganch 2024
    Reja:

    1. Modulga qisqa ta’rif.

    2. math moduli.

    2.1 math modulining asosiy funktsiyalari.
    2.2 Trigonometrik funksiyalari.
    2.3 Konstanta va o'zgaruvchilar.
    2.4 Foydalanish Sohalari.
    3. datetime moduli.
    3.1 Datetime moduli bo’yicha bir nechta sinflar.
    3.2 Maxsus formatlari.
    3.3 `datetime` moduli komponentlari.
    3.4 Oddiy misollar.
    3.5 datetime` moduli qayerlarda ishlatilishi.


    1.Modulga qisqa ta’rif.
    Modul bu loyihamiz ichidagi alohida fayl bo'lib, dasturimiz davomida ishlatiladigan funskyalarni (va o'zgaruvchilarni) mana shu faylga joylab, ko'zdan yashirib qo'yishimiz mumkin. Bu bizga asosiy dasturimizdan chalg'imasdan kod yozish imkoniyatini beradi. Modul va uning ichidagi funksiyalarni istalgan payt asosiy dasturimizga yuklab olishimiz, modullarni boshqa dasturchilar bilan ulashishimiz yoki kelajakda o'zimizning boshqa loyihalarimizda foydalanishimiz mumkin. Modul yaratish uchun asosiy dasturimizdagi funksiyalarni yangi faylga ko'chiramiz xolos. Modulga oson murojat qilishimiz uchun, faylimiz asosiy dasturimiz bilan bitta papkada bo'lgani afzal. Bunda adashib ketmaslik uchun, loyihangizning (dasturning) asosiy faylini main.py deb nomlash o'rinli. Modul ichidagi istalgan funksiyaga murojat qilish uchun import modul_nomi komandasidan foydalanamiz. Bunda modul ichidagi istalgan funksiyaga modul_nomi.funksiya_nomi() ko'rinishida murojat qilishimiz mumkin. Ya'ni avval modul nomi undan keyin esa nuqta qo'yilib, modul ichidagi funksiya nomi yoziladi. Modulni chaqirib olishda fayl nomi uzun bo'lsa bu o'ziga yarasha noqulayliklar tug'dirishi mumkin. Buning oldini olish uchun esa, modulni chaqirganda unga as operatori yordamida qisqa nom berishimiz, va modulga qisqa nom orqali murojat qilish mumkin. Agar katta modullardan faqatgina ba'zi funksiyalarga murojat qilish talab qilinisa, kerakli funksiyalarni from modul_nomi import funksiya1, funksiya2 komandasi yordamida o'zimizning dasturimizga ko'chirib olishimiz mumkin. Bu usulning qulayligi, endi funksiyalarga to'g'ridan-to'g'ri murojat qilish mumkin (modul ismini yozmagan holda).



    Download 189,61 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 189,61 Kb.