u holda p = false va q = true qiymatlarni qabul qiladi.
Mashinaga bog‘liq bo‘lmagan formada dastur yozish to‘g‘risida gap ketganda, u holda ayniqsa char va cardinal tiplarni o‘zgartiruvchi standart ikkita funktsiyalari mavjudligini ko‘rsatib o‘tish ayniqsa muhimdir. Ularni biz ORD (ch) (simvollar to‘plamida ch ning tartib raqamini beradi) va CHR (i) (i tartib raqamli C simvolni beradi). Shunday qilib CHR funktsiyasi ORD funktsiyasiga nisbatan teskari munosabatda bo‘ladi, ya’ni
ORD (Chr (i)) = i (agar Chr(i) aniqlangan bo‘lsa),
CHR (ord(c)) = c.
Bundan tashqari CAP(ch) standart funktsiyasini kiritamiz. Uning qiymati ch ga mos katta harf bo‘ladi (agar ch umuman harf bo‘lsa).
ch – kichik harf bo‘lsa → CAP(ch) = mos ravishda katta harf.
ch – katta harf → CAP(ch) = ch bo‘ladi.
Intervalli (chegaralangan) tiplar.
Agar o‘zgaruvchi biror-bir aniq interval ichidagi qiymatni qabul qilsa, unda bu tip ishlatiladi.
Bu tip quyidagicha aniqlanadi:
type T = [min…max],
bu yerda min va max ifodalar bo‘lib intervalni (diapazonni) quyi va yuqori chegarasini aniqlaydi. Shuni ta’kidlaymizki bu ifodalar faqat konstantalar bo‘lishi kerak.
Misollar:
type year = [1900…1999];
type letter = [“A”… “Z”];
type digit = [‘0’… ‘9’];
type index = [0…2*N-1];
Endi bu tiplarga mos o‘zgaruvchilarni aniqlash mumkin.
Var y: year;
L: letter
Bunda y:= 1990 va L:= ‘L’ o‘zlashtirishlar o‘rinlidir. Lekin y:=1290 va L:= ‘9’ o‘zlashtirish o‘rinli emas.