Dizayn fazasida modellashtirish




Download 5,61 Mb.
bet15/143
Sana15.03.2021
Hajmi5,61 Mb.
#13226
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   143

1.3.1.4 Dizayn fazasida modellashtirish

Dasturni bevosita rejalashtirish va bundan keyingi dasturlash uchun asos bo‘ladigan dasturiy-texnik aniq rejani tuzish modullashtirishni amalga oshirilgandan so‘ng (2.2-rasmga qarang) yaratiladigan dasturning ierarxik tuzilishi loyihasi orqali sodir bo‘ladi. Modullashtirish masalasining keng miqyosli qo‘yilishini yaxshi ochiq ko‘rinishda ko‘rsatilishini va keyingi dasturiy kodlarning (Quellcode) kichkina yaxshi ko‘zga ko‘rinadigan birliklarga bo‘linishni bildiradi. Ushbu bo‘lingan masalalar modullar va ularning dasturlaridir.

Modullarning loyihalanishida ular mantiqiy tugallanganligi va bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda amalga oshishi mumkinligiga diqqatni qaratish kerak. Shu sababli modullar o‘rtasida tushunarli tashqi aloqalarni belgilash zarur-ki, ular orqali keyinroq alohida komponentalar (qismlar) yagona mahsulotga birlashadi.

Bu usullarning afzalligi shundan iborat-ki, butun dasturni tayyorlashni bir necha dasturchiga taqsimlab berish mumkin, shu bilan birga ular ish usullari yoki ularning modellarini amalga oshirish bilimlari bilan cheklanishlari mumkin. Qolgan hollarda modullar o‘rtasidagi aloqa belgilanuvchi interfeyslar orqali amalga oshiriladi. Bu eslatib o‘tilgan butun tizimni testdan o‘tkazishning ko‘zga ko‘rinadigan va soddalashgan imkoniyati uchun zamin yaratadi-ki, unda tarkibiy unsurlarining ish tamoyillari tegishlicha bittadan testlash uchun jalb qilinadi. Zarurat tug‘ilganda dasturiy ta’minot butun tizimining yangi taxminiy xom qolipini tuzishga ehtiyoj sezmasdan, bunday modullarni shuningdek osongina almashtirish, o‘zgartirish yoki to‘ldirish mumkin.



Dasturning taqdim qilingan ierarxik tuzulmasini amalga oshirish uchun asosan ikkita har xil yondashuv mavjud:

  • Top down ishlab chiqish yo‘nalishi

  • Bottom up tayyorlash yo‘nalishi

  • Bu yondoshuvlar u quyida batafsilroq tushuntirilib beriladi.




1.2-rasm: Oraliq va foydalanuvchi interfeysi va tayanch mashinasi o‘rtasidagi ishlab chiqish yo‘nalishi.



Download 5,61 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   143




Download 5,61 Mb.