Dasturlash asoslari




Download 5,61 Mb.
bet22/143
Sana15.03.2021
Hajmi5,61 Mb.
#13226
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   143
1.3.4. Modellarni qiyoslash
Klassik kaskad modelining asosiy kamchiligi fazalarning “yuqoridan pastga” qat’iy ketma-ketlikdan iboratdir. Bu quyidagilarga sabab bo‘ladi:

  • Keyingi soddalashtirishlarning imkoni bo‘lmaydi;

  • Ishlab chiqishning uzoq davri;

  • Turli “tillar” mavjud bo‘lganda ixtisoslashtirilgan reja va dizayn o‘rtasidagi tez-tez uzilish.

Faqat spiral model (Prototyping) va V-model fazalarining keskin izchilligiga (ketma-ketligida) barham beradi. Bundan tashqari, teskari aloqa mexanizmi va nazorat mexanzmlari, shuningdek, foydalanuvchini ishlab chiqish jarayoniga muntazam jalb qilinishi sababli ancha balandroq moslanuvchanlik, sifat va aniqlik taqdim qilinadi.

Shunga qaramay, klassik kaskad model bemalol o‘zini oqlagan, chunki uning fazalari boshqa modellarda yana paydo bo‘lishi va Forward Engineeringda ayniqsa yaxshi “ishlab berishi” mumkin.

Bundan dasturiy ta’minot ishlab chiqishda foydalaniladigan model bo‘yicha quyidagi tavsiya kelib chiqadi.

Klassik “kaskad” model qisman dasturiy ta’minot ishlab chiqishda va kichkina va sodda loyihalarda boshlovchilar uchun to‘g‘ri keladi. Spiral model (Prototyping) kaskad modelning keyingi rivojlanishi bo‘lib u ko‘proq ochiq loyihalarda qo‘llanishi kerak. V-model sanoatdan va jamoat huquqiy boshqaruvidan loyihada qatnashuvchilarning katta miqdori bilan yirik loyihalarda qo‘llanadi.





Download 5,61 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   143




Download 5,61 Mb.