O‘quvchi tavsifning eng muhim elementlarini biladi, tarkibiy diagrammasini o‘qiy oladi (Struktogramm) va tarkibiy diagrammasida qo‘yilgan vazifani tasavvur qila oladi.
Mazmuni
Ma’lumotlar oqimi o‘tish chizmasi (blok-chizma);
Echimlar jadvali;
Dasturning mantiqiy chizmasi;
Tarkibiy diagrammasi (Struktogramm).
2-faza bobida dasturiy ta’minotni turli xil yondashuvlar bilan muvofiq ko‘rib chiqib, 3-bobga esa texnik, dasturchi qanday qilib qo‘yilgan ishlab chiqarish iqtisodiy yoki texnik vazifalarni mantiqiy dastlabki tuzulmasiga kirisha olishi mumkinligi izohlanadi.
Shu bilan birga, bu erda gap dasturlashtirilgan jarayonlarini va ularning natijalarini qog‘ozda ifodalash uchun qabul qilingan va ularga xizmat qiluvchi loyiha usuli haqida ketayotganini eslatib o‘tamiz.
Shu bilan bir qatorda tasvirlash (yoritish) elementlari kabi, masalan tarkibiy diagramma tarkiblashgan dasturlar loyihasini qo‘llab-quvvatlaydi, misol uchun, echimlar jadvallari qabul qilingan echimlarni tugallanganligini ta’minlashga yordam beradi.
Bayon etishning standart texnikalari shuningdek, dasturchi bo‘lmaganlarga ham ma’lumotlar oqimi va dasturlashtirilgan jarayonlarni tushunishga yordam beradi hamda va natijada foydalanuvchi va ishlab chiqaruvchi o‘rtasidagi munosabatni ochiq oydin bo‘lishiga ko‘maklashadi.
Quyida hujjatlashtirishni olib borishning ba’zi muhim va keng tarqalgan texnikalari bayon qilib berilgan.
|