O‘quv maqsadi
O‘quvchi dasturlashning turli tillarini, ularning tavsiflari va qo‘llanish sohalarini biladi, shuningdek bular bilan bog‘liq tushunchalarni yaxshi o‘zlashtirdi.
Tarkibi
Assembler tillari;
Sharhlovchi dasturlar (Interpreter) ;
Kompilyatorlar (Compiler);
Sozlash dasturi (Debugger) ;
Mashinaga mo‘ljallangan tillar / muammoga qaratilgan tillar (misollar).
Fortran, Cobol, Assembler, Basic, Visual C – dasturlashning xilma xil turlari mavjud. Dasturiy ta’minot ishlab chiqarish uchun dasturchi dasturlashning ko‘pchilik tillaridan birining foydasiga masalani hal qilishi kerak. Ko‘pincha bu masala ikkita mezondan kelib chiqqan holda hal qilinadi: birinchidan qanday til vazifaning qo‘yilishi uchun ko‘proq to‘g‘ri keladi, ikkinchidan, dasturchi qaysi tilni yaxshiroq biladi va qaerda uning tajribasi ko‘proq. Ko‘pincha ikkinchi mezon til tanlash uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi, huddi ingliz tilini yaxshi bilgan odam shu tilda bajonidil gaplashgani singari oson kechadi.
Bu bobda dasturlashning eng muhim tillari tarixi va qo‘llanish sohalari ko‘rsatilgan , shuningdek ular bilan bevosita bog‘liq tushunchalar (atamalar) aniq belgilab berilgan.
|