|
DASTURIY TA’MINOT BO‘YICHA HUJJATLAR (DASTUR TAVSIFI)
|
bet | 83/143 | Sana | 15.03.2021 | Hajmi | 5,61 Mb. | | #13226 |
7. DASTURIY TA’MINOT BO‘YICHA HUJJATLAR (DASTUR TAVSIFI)
O‘quv maqsadi
O‘quvchi dasturiy ta’minot bo‘yicha turli xildagi hujjatlarni yaxshi o‘zlashtirdi va misollar asosida alohida turlar o‘rtasidagi tafovutlarni tushintirib berishi mumkin.
Tarkibi
Foydalanuvchi hujjatlari (installatsiya / ekspluatatsiya)
Dasturiy ta’minot bo‘yicha hujjatlar
Loyiha hujjatlari
Ko‘pincha dasturchilar butun diqqatlarini tobora ko‘p miqdordagi va tobora murakkab vazifalar ishlab chiqarishga qaratadi va hujjatlar bilan ishlashga keragicha e’tibor bermaydi. Biroq aynan yaxshi hujjatlashtirish tizimli dasturning sifat belgisidir va shuning uchun hujjatlashtirishga avvaldan etarlicha vaqt va resurslar rejalashtirilgan bo‘lishi kerak, uni ishlab chiqish esa sinchiklab amalga oshirilishi kerak.
Dasturni ishlab chiqarishda hujjatlarning quyidagi turlari farqlanadi:
Hujjat turlari
|
Mo‘ljallangan guruh
|
Shakl
|
Foydalanuvchi hujjatlar
|
Foydalanuvchi
|
Ma’lumotnomadan onlayn-yordam, CD
|
Dasturiy ta’minot bo‘yicha hujjatlar (tizim hujjatlari)
|
Dasturchi tizim ma’muri
|
Boshlang‘ich kod hujjatlari, listinglar, tasniflar, diagrammalar
|
Loyiha hujjatlari
|
Buyurtmachi, menejer
|
Axborotlar, loyiha hisobotlari
|
7.1-rasm. Hujjat turlari, shakllar va mo‘ljallangan guruhlar
Hujjatlashtirishdan maqsad shuki dasturni o‘zi ishlab chiqmagan, aloqasi yo‘q shaxslar ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot xizmatlari va qo‘llanishi qanday bo‘lsa, uning qurilish va ichki tuzilishi ham shunday ekanligini tushunib tasavvur qila olsinlar.
|
| |