1. Hujjat haqida ma’lumot Hujjat turlari Hujjatlarga qo’yilga me’yoriy talablar




Download 38.33 Kb.
Sana22.06.2023
Hajmi38.33 Kb.
#75079
Bog'liq
1. Hujjat haqida ma’lumot Hujjat turlari Hujjatlarga qo’yilga me
Efiopiya va Somali o’lkasi, Baland turnikda osilgan holatda qo\'llarni bukish va yozish” mavz, 5-mavzu. Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish reja, Buxgalteriya Hisobi KURS ISHI, xojalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy hisobot shakllari va ularni


Mavzu : Hujjatlarni tasniflashning me’yor talablari haqida ma’lumot 

Reja :

1.Hujjat haqida ma’lumot
2.Hujjat turlari
3.Hujjatlarga qo’yilga me’yoriy talablar

Ma’lumki, hujjatlar xilma-xil va miqdoran juda ko‘p. Hujjatlarning 


maqsadi, yo‘nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham 
turlichadir. Shunday ekan, hujjatlar tiliga qo‘yiladigan umumiy talablar 
bilan bir qatorda har bir turkum hujjatlar oldiga qo‘yiladigan ko‘pgina 
lisoniy talablar ham mavjud. Muayyan turdagi hujjat, albatta, o‘ziga xos 
lisoniy xususiyat va sifatlar bilan belgilanadi. Bu xususiyat va sifatlarni har 
taraflama va chuqur tasavvur qilmasdan turib, mukammal hujjatchilikni 
yaratish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Shuning uchun bu o‘rinda 
hujjatlar tasnifi masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. 
Hujjatshunoslikda hujjatlar bir necha jihatlarga ko‘ra tasnif qilinadi. 
Tasniflashda garchi mutlaqo bir xil guruhlashtirish mavjud bo‘lmasa -da, har 
qalay, bir qadar yagonalashgan guruhlashtirish bor. Hujjatshunoslikdagi ana shu an’anaga ko‘ra ish yuritishdagi hujjatlar, eng avvalo, yaratilish o‘rniga ko‘ra tasnif qilinadi, bu jihatdan ichki va tashqi hujjatlar farqlanadi.
Ichki hujjatlar ayni muassasaning o‘zida tuziladigan va shu muassasa 
ichida foydalaniladigan hujjatlardir, muayyan muassas aga boshqa tashkilot 
yoki ayrim shaxslardan keladiganlari esa tashqi hujjatlardir.
Hujjatlar mazmuniga ko‘ra ikki turli bo‘ladi: 1)sodda hujjatlar — 
muayyan bir masalani o‘z ichiga oladi; 2)murakkab hujjatlar — ikki yoki 
undan ortiq masalani o‘z ichiga oladi. 
Mazmun bayonining shakli jihatidan xususiy (individual), namunali 
(tipovoy) va qolipli (trafaretli) hujjatlar farqlanadi. Matnning o‘ziga 
xosligi, betakrorligi, hamisha ham bir andazada bo‘lmasligi xususiy 
hujjatlarning asosiy belgilaridir (masalan, xizmat yozishmalari va shu 
kabilar). Bunday hujjatlarda ham muayyan doimiy tarkib mavjud bo‘lsa -da, 
bevosita mazmun bayoni bir qadar erkin bo‘ladi. Namunali hujjatlar 
boshqaruvning muayyan bir xil vaziyatlari bilan bog‘liq, bir-biriga 
o‘xshash va ko‘p takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni 
o‘z ichiga oladi. Qolipli hujjatlar, odatda, oldindan tayyorlangan bosma ish 
qog‘ozlariga yoziladi, bunday hujjatlarda ikki turli axborot aks etadi, ya’ni 
o‘zgarmas (oldindan tayyor bosma matnda ifodalangan) va o‘zgaruvchi 
(hujjatni tuzish paytida kompyuterda yoki qo‘lda yoziladigan) axborotlar; 
shuning uchun bu tur hujjatlarga nisbatan ko‘pincha «yozmoq» emas, balki 
«to‘ldirmoq» so‘zi ishlatiladi. Shu o‘rinda aytish kerakki, hujjatlarning 
qolipli turlarini kengaytirish — ish yuritishni takomillashtirishdagi 
istiqbolli yo‘llardan biridir. Chunki bunday qilish hujjat matnlarini bir 
xillikka olib kelish va hujjat tayyorlash uchun ketadigan vaqt hamda 
mehnatni anchagina tejash imkoniyatini beradi. Qolipli hujjatlar sirasiga
masalan, ish haqi yoki yashash joyi haqidagi ma’lumotnomalar, ayrim 
dalolatnomalar, xizmat safarlari guvohnomalari va boshqa ko‘plab hujjatlarni kiritish mumkin.
Hujjatlar tegishlilik jihatiga ko‘ra, xizmat yoki rasmiy hujjatlar va 
shaxsiy hujjatlarga ajratiladi. Xizmat hujjatlari tayyorlanishiga ko‘ra 
muassasa yoki mansabdor shaxslarga tegishli bo‘lsa, shaxsiy hujjatlar 
yakka shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan 
tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga 
tegishli bo‘ladi (masalan, shaxsiy ariza, shikoyat va h.k.). 
Hujjatlarning tayyorlanish xususiyati va darajasi ham benihoya muhim.
Bu jihatiga ko‘ra hujjatlar quyidagicha tasniflanadi: qoralama; asl nusxa; 
nusxa; ikkinchi nusxa (dublikat); ko‘chirma. Aksar hujjatlar dastlab 
qoralama nusxada tayyorlanadi, bu hujjat muallifi, ya’ni tayyorlovchining 
qo‘l yozma yoki dastlabki kompyuterda yozilgan nusxasidir. Bu nusxa 
tuzatilib, qayta ko‘chirilishi mumkin. Aytish joizki, qoralama hujjat 
huquqiy kuchga ega emas. Asl nusxa har qanday hujjatning asli, birinchi 
rasmiy nusxasidir. Asl nusxaning aynan qayta ko‘chirilgan shakli nusxa 
deb yuritiladi, odatda nusxaning o‘ng tomonidagi yuqoridagi burchagiga 
«Nusxa» degan belgi qo‘yiladi. 
Hujjatchilikda, shuningdek, aynan (faksimil) va erkin nusxalar ham 
farqlanadi. Aynan nusxa asl nusxaning barcha xususiyatlarini — hujjat 
zaruriy qismlarining joylashishi, mavjud shakliy belgilar (gerb, yumaloq 
muhr, to‘rtburchak muhr, nishon kabi), matndagi bosma, yozma harf 
shakllari va shu kabilarni aniq va to‘liq aks ettiradi, masalan, fotonusxani 
shu tur hujjatlar qatoriga kiritish mumkin. Erkin nusxada esa hujjatdagi 
axborot to‘laligicha ifodalansa-da, bu nusxa tashqi xususiyatlar jihatidan 
bevosita muvofiq kelmaydi, ya’ni erkin nusxada asl nusxadagi muhr 
o‘rniga «muhr» deb, imzo o‘rniga «imzo» deb, gerb o‘rniga «gerb» deb 
yozib qo‘yiladi va h.k. Ba’zan muayyan hujjatga to‘laliligicha emas, balki 
uning bir qismiga ehtiyoj tug‘iladi. Bunday hollarda hujjatdan nusxa emas, 
balki ko‘chirma olinadi (masalan, majlis bayonidan ko‘chirma, buyruqdan 
ko‘chirma va h.k.). Nusxa va ko‘chirmalar, albatta, notarius, kadrlar 
bo‘limi va shu kabilar tomonidan tegishli tartibda tasdiqlangan 
taqdirdagina huquqiy kuchga ega bo‘ladi. Asl nusxa yo‘qolgan hollarda 
hujjatning ikkinchi nusxasi (dublikati) beriladi, ikkinchi nusxa asl nusxa 
bilan bir xil huquqiy kuchga egadir.
Ma’muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqeiga ko‘ra hujjatlar 
hozirgi kunda, asosan, quyidagicha tasniflanadi: tashkiliy hujjatlar ; 
farmoyish hujjatlari; 
ma’lumotsimon-axborot hujjatlari; 
xizmat yozishmalari. 
Tashkiliy hujjatlar mazmunan tashkilot, muassasa va korxonalarning 
huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqaruv 
jatumanining borishida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa 
tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks 
ettiradi. Nizomlar, yo‘riqnomalar, majlis bayonlari, shartnomalar ana 
shunday tashkiliy hujjatlar sirasiga kiradi.
Farmoyish hujjatlari guruhiga buyruq, ko‘rsatma, farmo yish kabilar 
kiradi. Ma’lumotsimon-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi, 
bunday hujjatlarning ish yuritish jatumanidagi ishtiroki ham juda faol. Bu 
guruh dalolatnoma, ma’lumotnoma, ariza, tushuntirish xati, hisobot, 
ishonchnoma, tavsifnoma kabi hujjatlarni o‘z ichiga oladi.
Xizmat yozishmalari mazmunan xilma-xil bo‘ladi. Ularda muassasa 
faoliyatining turli masalalari bilan bog‘liq talab, iltimos, taklif, kafolat 
kabilar aks ettiriladi. Bu ma’noda xizmat yozishmalari hujjatlarning 
yuqorida ko‘rsatilgan har uch guruhi bilan ham aloqadordir, ularning 
muayyan bir guruhiga xizmat hujjatlarini kiritish shuning uchun ham 
maqsadga muvofiq emas. Shularni hisobga olib, xizmat yozishmalari 
hozirgi zamon hujjatshunosligida mazkur guruhlardan keyin to ‘rtinchi 
alohida guruh sifatida tasniflangan va bu mantiqan o‘rinli.
Hujjatning har bir turi mazkur zaruriy qismlarning barchasini o‘z ichiga 
olmaydi. Hujjatning muayyan turiga muvofiq ravishda bu zaruriy 
qismlarning ayrim bir turkumi huquqiy talablarni ta ’minlash darajasida 
qo‘llanadi. Shu narsa ham muhim-ki, ayni zaruriy qismlarning hujjatda 
joylashishida qat’iy tartib mavjud. Zaruriy qismlarning joylashishidagi 
qat’iy ketma-ketlik hujjatning huquqiy kuchini ta’minlash, hujjatni zudlik 
bilan ishlash, bajarish, undan osonlik bilan foydalanish uchun muhim.
Asosiy zaruriy qismlar: hujjat muallifi (muassasa nomi yoki shaxsiy 
hujjat-da imzo qo‘yuvchi shaxs), hujjat turining nomi, sarlavha, hujjatni 
oluvchi (adresat), kelishuv va rozilik belgilari, matn, tasdiqlash, imzo, 
muhr, ilova mavjudligi haqidagi qayd (qo‘llanmaning asosiy qismida 
mazkur zaruriy qismlarning qo‘llanishi va ularning har bir hujjat turida 
joylashish tartibi bilan bog‘liq xususiyatlar batafsil bayon qilingan).

Ish yuritish tili va uslubi, ish qog’ozlarining turlari


O‘zbek hujjatchiligini shakllantirish va takomillashtirishdagi eng 
muhim va dolzarb masalalaridan biri hujjatlarning tili va uslubi 
masalasidir. Hujjat tayyorlash va rasmiylashtirishda eng avvalo o‘zbek 
tilining barcha asosiy qonuniyatlari va qoidalarini ma’lum darajada 
tasavvur etish zarur. Har bir rahbar, boshqaruv muassasalarining xodimlari, 
umuman, faoliyati munshiylik bilan bog‘liq har bir kishi o‘zbek tilining 
imlosini, tinish belgilari va uslubiy qoidalarini egallagan b o‘lishi kerak. 
Busiz bugungi taraqqiyotimiz talablariga javob beradigan aniq, lo‘nda va 
teran mantiqli hujjatchilikni yaratib bo‘lmaydi. Hisob -kitoblarga 
qaraganda, boshqaruv sohasidagi xizmatchilar o‘z ish vaqtlarining 80 
foizcha qismini hujjatlashtirish ishiga sarflar ekanlar. Ish yuritish o‘zbek 
tilida olib borilar ekan, agar mazkur xodimlar o‘zbek tili qonuniyatlaridan 
yaxshi xabardor bo‘lmasalar, ular ish vaqtlarining hammasini — 100 
foizini bu ishga sarflaganlarida ham, ijobiy natijaga erishish qiyin.
O‘zbek hujjatchiligidagi chala, oqsoq o‘rinlardan biri ayrim 
hujjatlarning nomlanishi masalasidir. Bir necha tur hujjatlar rus tilida 
qanday nomlansa, o‘zbek tilida ham shundayligicha nomlab kelingan. Ish 
yurtitish asosan rus tilida olib borilganligi uchun ham bunga ehtiyoj 
bo‘lmagan chog‘i. Uzoqqa bormay mavzuimiz nomini olaylik. «Ish 
yuritish» degan atama ruscha «делопроизводство» so‘zidan tarjima qilinib 
tilimizga olib kirilgan. Vaholanki, ma’lum bo‘lishicha, tariximizda saroy 
va umuman yirik mahkamalarda yozuv ishlarini olib boruvchilar 
«munshiy» (arabcha) deyilgan. Atoqli yozuvchimiz Abdulla Qodiriyning 
«Mehrobdan chayon» romanidagi quyidagi satrlarni eslang: «Anvar 
devonxona sahniga yetganda ichkaridagi kattadan -kichik, mirzo, 
munshiylar yangi boshliq larini muborakbod qilgali o‘rinlaridan 
qo‘zg‘aldilar». Demak, ruschadan tarjima qilingan «ish yuritish» 
atamasining muqobili sifatida «munshiy» so‘ziga o‘zakdosh va ma’nodosh 
bo‘lgan hamda o‘tmishda bobolarimiz tilida ishlatilgan «munshaot» so‘zini 
tavsiya etishimiz mumkin. Lekin bu tarixiy so‘z hozirgi tilimizda yangiligi 
uchun uni ushbu qo‘llanmada asosiy atama sifatida qo’llashdan o‘zimizni 
tiyib, «ish yuritish» atamasi bilan yonma-yon raqam etdik. Zero, kelajakda 
bu so‘z o‘z qadrini topib, o‘z o‘rnida ishlatiladi degan umiddamiz. 
Bugina emas. Bunday hol hujjatlarning nomlari-da, matnida ham ko‘p 
kuzatiladi. Ulkan rus munaqqidi V. G. Belinskiy shunday degan edi: 
«...Ruscha muqobili mavjud bo‘lgani holda chet so‘zni qo’llash sog‘lom 
idrokni ham, sog‘lom didni ham haqorat qilish demakdir». O‘zbek tilida 
hozirgacha qo‘llanib kelinayotgan «spravka», «raport», «instruksiya», 
«akt», «xarakteristika» kabi ko‘plab hujjat nomlari uchun tegishli 
o‘zbekcha muqobil so‘zlar yo‘qmikin?! Izlansa, tariximizga, noyob 
kitoblarimizga murojaat qilinsa topsa bo‘ladi. Yusuf Xos Hojibning 
«Qutadg‘u bilig» (XI asr) asarida «yorliq, noma» ma’nosidagi 
«bildirguluk» so‘zi bor. Bu so‘z sof turkiy «bilmoq» fe’lidan yasalgan. 
Shularni hisobga olib, «raport» deyiladigan hujjatni o‘zbek t ilida «bildirgi» 
so‘zi bilan nomlash mumkin deb hisoblaymiz. «Spravka» ma’nosini 
«ma’lumotnoma» so‘zi ifoda etishi mumkin.
«Akt» shunday hujjatki, unda aniqlangan muayyan hodisa yoki biron -
bir faktning to‘g‘riligi tasdiqlanadi va bunga bir necha kishining guvohligi 
keltiriladi. Shunday ekan, bu hujjatni o‘zbek tilida «dalolatnoma» so‘zi 
bilan atash maqsadga muvofiq, bu so‘z mazkur hujjatning mohiyatini 
to‘g‘ri va to‘liq aks ettira oladi. Mazkur so‘zdagi «noma» qismi hujjatning 
yozma shaklda ekanligiga ishora qiladi. «Instruksiya» so‘zi o‘rnida 
o‘zbekcha «yo‘riqnoma» so‘zini bemalol ishlatish mumkin. Umuman, 
imkon bor bo‘lgan o‘rinlarda hujjat nomlarini o‘zbek tilida yasashda 
«noma» so‘zidan foydalanish yaxshi natija beradi. 
Qisqasi, hujjat nomlarini o‘zbek tilining o‘z imkoniyatlari asosida 
shakllantira borish, hujjatchilikdagi so‘z va iboralarning o‘zbekcha 
muqobilini izlab topish va amaliyotga kiritish bugungi kunning talabidir.
Hujjatlar matniga qo‘yiladigan eng muhim talablardan biri xolislikdir. 
Hujjatlar rasmiy munosabatlarni ifodalovchi va qayd etuvchi rasmiy yozma 
vositalar sifatida axborotni xolis aks ettirmog‘i lozim. Shuning uchun 
hujjatlar tilida so‘z va so‘z shakllarini qo‘llashda muayyan 
chegaralanishlar mavjud. Xususan, rasmiy ish uslubida kichr aytirish-
erkalash qo‘shimchalarini olgan so‘zlar, ko‘tarinki-tantanavor yoki 
bachkana so‘zlar, dag‘al so‘zlar, tor doiradagi kishilargina tushunadigan 
so‘zlar, o‘xshatish, jonlantirish, mubolag‘a, istiora, tashxis kabi obrazli 
tafakkur ifodasi uchun xizmat qiluvchi usullar ishlatilmaydi. Ularning 
ishlatilishi hujjatlar matnidagi ifodaning noxolisligiga olib keladi.
Hujjat matni aniqlik, ixchamlik, lo‘ndalik, mazmuniy to‘liqlik kabi 
talablarga ham javob berishi kerak. Bu talablarga javob bera olmaydigan 
hujjat chinakam hujjat bo‘la olmaydi, bunday hujjat ish yuritish ja tumaniga 
xalaqit beradi, uning samaradorligini keskin pasaytiradi.
Hujjatlar matnining xolislik, aniqlik, ixchamlik, lo‘ndalik, mazmuniy 
to‘liqlikdan iborat zaruriy sifatlari hujjatchilik tilining o‘ziga xos uslubi, 
undagi o‘ziga xos so‘z qo‘llash, morfologiya va sintaksis orqali ta’min 
etiladi. 
Hujjatlar tilida ot turkumiga oid so‘zlar ko‘p qo‘llanadi. Hatto fe’l 
bilan ifodalanuvchi harakat va holatlar ifodasi uchun ham otga yaqin so‘z 
shakllari tanlanadi, ya’ni «harakat nomi» deb ataluvchi so‘z shakllari faol 
ishlatiladi: «...tayyorgarlikning borishi haqida», «...qarorning bajarilishi 
to‘g‘risida», «...yordam berish maqsadida», «...qabul qilishingizni 
so‘rayman» kabi. 
Fe’l shakllarining qo‘llanilishida ham birmuncha o‘ziga xosliklar 
mavjud. Xususan, majhul nisbatdagi 3-shaxs buyruq -istak maylidagi yoki 
o‘tgan (yoki hozirgi-kelasi) zamondagi fe’l shakllarining qo‘llanish 
darajasi anchayin yuqori: topshirilsin, tasdiqlansin, bajarilsin, bo‘shatils in, 
tayinlansin; eshitildi, qaror qilindi, ko‘rib chiqildi, ko‘rsatib o‘tildi kabi.
Hujjatlardagi gap qurilishi, odatda, tasniflash, mayda qismlarga 
ajratishga, qayd etuvchi va qaror qiluvchi qismlarning birligiga, umuman,
sabab-oqibat va shart-oqibat muno sabatlariga asoslanadi. Shuning uchun 
ham hujjatlarda nisbatan uzun jumlalar, murakkablashgan, uyushiq bo‘lakli 
gaplar ko‘p qo‘llanadi. Lekin gap tarkibida odatdagi so‘z tartibiga qat’iy 
rioya qilinadi, badiiy va boshqa asarlarda mumkin bo‘lgan g‘ayriodatiy 
so‘z tartibi (inversiya)ga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatlarning mohiyati va maqsadiga muvofiq ravishda ularda so‘roq va 
undov gaplar deyarli qo‘llanmaydi, asosan, darak va buyruq gaplar 
ishlatiladi. Zero, hujjatlarda tilning ikki vazifasi — xabar berish 
(informativ) va buyurish (volyuntativ) vazifalari amalga oshadi. Masalan, 
ma’lumotnomada axborot ifodalanadi, buyruqda buyurish aks etadi, majlis
bayonida esa ham axborot («eshitildi...»), ham buyurish («Qaror qilindi...») 
o‘z ifodasini topadi. 
Hujjatlar matni birinchi shaxs yoki uchinchi shaxs tilidan yoziladi. 
Yakka rahbar nomidan yoziladigan farmoyish hujjatlari (buyruq, 
farmoyish, ko‘rsatma kabilar) birinchi shaxs tilidan bo‘ladi. Shuningdek,
ayrim shaxs tomonidan yozilgan hujjatlar (ariza, tushuntirish xati kabi) 
ham birinchi shaxs, birlik sonda shakllantiriladi. Boshqa hujjatlar esa yo 
birinchi shaxs ko‘plik sonda, yoki uchinchi shaxs birlik sonda 
rasmiylashtiriladi: «...ga ruxsat berishingizni so‘ray-miz», «...deb 
hisoblaymiz»; «ma’muriyat talab qiladi», « boshqarma so‘raydi» kabi. 
Hujjatlar matnini tuzishda turg‘unlashgan, qoliplashgan so‘z 
birikmalaridan ko‘proq foydalanish lozim. Chunki qoliplashgan, yagona 
doimiy shaklga ega bo‘lgan so‘z tizimlari, iboralar, muhandislik 
psixologiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, boshqa so‘z birikmalariga 
qaraganda 8—10 marta tez idrok qilinar ekan. Buning ustiga qoliplashgan 
so‘z birikmalari hujjatlarni tayyorlash va ulardan foydalanish jatumanlarini 
anchagina tezlashtirish imkonini beradi. Tayinki, har bir hujjat turining 
mohiyati va maqsadi bilan bog‘liq ravishda o‘ziga xos qoliplashgan 
sintaktik tuzilmalar shakllana boradi. Masalan, buyruqda quyidagicha 
qoliplashgan tuzilmalar qo‘llanishi mumkin: 
1)«so‘m maosh bilan ...lavozimiga tayinlansin»; 
2) «...o‘z xohishiga ko‘ra ...lavozimidan bo‘shatilsin»; 
3)«...boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan ...lavozimidan 
bo‘shatilsin»; 
4)«...ga ...dagi faol va samarali ishtiroki uchun tashakkur e’lon 
qilinsin»; 
5)«...ga o‘z bo‘limida intizomni bo‘shashtirib yuborganligi uchun 
hayfsan e’lon qilinsin» va h. k.
Yoki xizmat yozishmalarida mana bunday qoliplashgan so‘zlardan 
foydalanish mumkin: 
1)«Sizga ...ni ma’lum qilamiz»; «Sizga ...ni bildiramiz»; «Sizga ...ni 
eslatamiz»; 
2)«... yordam tariqasida...» «... munosabati bilan...» «...qaroriga 
muvofiq ravishda...» 
3)«...ga zavod ma’muriyati qarshi emas»;-«...ga zavod kafolat beradi» 
va h. k. 
O‘zbek tilidagi hujjatchilik takomillasha borgani sari bunday 
qoliplashgan birikmalar ham ko‘payib, mukammallashib boradi. Buning 
natijasida hujjatlarni tuzish va rasmiylashtirish ishi ham bir qadar 

yengillashadi. Ana shu qoliplashgan birikmalarning ishtirokiga ko‘ra 


hujjatchilar «hujjatlar yozilmaydi, balki tuziladi» deydilar.
Hamonki, har qanday hujjat eng avvalo axborot tashuvchi vosita ekan, 
hujjatning axborot sig‘imini kengaytirish, undagi fikrning teran mantiqini 
ta’minlash muhimdir. Shuning uchun hujjatda tilning ortiqchalik prinsipini 
chetlab o‘tish, tilning tejash prinsipidan oqilona foydalana bilish kerak. 
Buning uchun qisqartmalarni qo’llash yaxs hi natija beradi. Ammo, 
ta’kidlash lozimki, bunda meyorga qat’iy va izchil amal qilmoq lozim. 
Chunki qisqartmalar o‘zbek tilining tabiatiga u qadar mos emas, shuning 
uchun ham qisqartmalar o‘zbek tilida uncha ko‘p emas. Hozirda bizda bir 
qadar odatga kirgan qisqartmalar bor: ToshDU, «o‘rt.» (o‘rtoq), «prof.» 
(professor), «km» (kilometr), «sh.k.» (shu kabi) va boshqalar. Ayni paytda 
o‘zbek tilining so‘z va so‘z birikmalaridagi ichki ma’noviy imkoniyatlaridan kengroq va unumliroq foydalanmoq zarur.
Hujjatdagi fikrni aniq, lo‘nda bayon qilishda xatboshi (abzas)ning 
ahamiyati ham katta. Har bir yangi, alohida fikr xatboshi bilan ajratilishi, 
bir xatboshidan ikkinchi xatboshigacha bo‘lgan matn 4–5 jumladan 
oshmasligi maqsadga muvofiq.
Hujjatchilikda imlo va tinis h belgilari masalasiga alohida e’tibor qilish 
kerak. Savodli yozilgan hujjatgina o‘z vazifasini mukammal bajarishi 
mumkin. Hujjatning nomini yozishda bizda har xillik mavjud, xususan, 
ba’zan kichik harf bilan, ba’zan bosh harf bilan yoziladi. Hujjatning no mi 
bo‘lganligi uchun uni bosh harf bilan yozgan ma’qul, shuningdek, bosma 
matnda boshqa usul bilan, masalan, mazkur nomni to‘lig‘icha bosh harflar 
bilan yozish orqali ham ajratib ko‘rsatish mumkin. 

ISH QOG’OZLARINING TURLARI 



ARIZA 
Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, 
taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza ijtimoiy 
hayotda eng ko‘p qo‘llaniladigan va keng tarqalgan ish qog‘ozidir. Maktab 
o‘quvchisi va talaba, ishchi va dehqon, muhandis va olim, xizmatchi va 
yuqori mansabdor shaxs – jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan xoli 
emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va ijtimoiy vazifasi turlicha ekan, ariza 
yo‘llanayotgan muassasalar va idoralar ham xilma-xildir. Arizalar bog‘cha 
mudirasiga, maktab direktoriga, oliy o‘quv yurti rektoriga, magazin 
mudiriga, kolxoz boshqaruviga, qishlo q sovetiga, tuman rahbariyatiga – 
xullas, oddiy arizachining taklif, iltimos yoki shikoyatini ko‘rib chiqib hal 
qila oladigan har qanday idora, har qanday boshliq nomiga yozilishi 
mumkin. 
Hajmi, uslubi va turidan qat’i nazar, ariza o‘zining umumiy zaruriy 
qismlariga ega va u ana shu qismlarning izchilligi asosida tuziladi. 
Arizaning zaruriy qismlari: 
1. Ariza yo‘llangan muassasaning yoki mansabdor shaxsning nomi.
2. Ariza yozuvchining turar joyi, vazifasi, ismi, ota ismi va 
familiyasi. 
3. Hujjatning nomi (Ariza). 
4. Asosiy matn (taklif, iltimos, shikoyat).
5. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar nomi (agar zarur deb topilsa).
6. Ariza yozuvchining imzosi, ismi va ota ismining bosh harflari, 
familiyasi. 
7. Ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy).
Shuni eslatib o‘tmoq joizki, arizaning zaruriy qismlari barcha 
arizalarda ham birday takrorlanavermaydi. Masalan, xodim o‘zi 
ishlayotgan korxona yoki idora rahbariyatiga ariza yozganda uning yashash 
joyi haqida ma’lumot zarur bo‘lmaydi. Bunday hollarda xodim o‘zi 
ishlaydigan bo‘lim (qism, brigada va hokazo) va lavozimini ko‘rsatsa, 
kifoya. Shuningdek, ko‘pchilik arizalar uchun ilovalarning ham hojati 
bo‘lmaydi. 
Ariza ham boshqa har qanday rasmiy hujjat kabi aniq va qisqa jumlalar 
bilan tushunarli qilib yozilishi kerak. Hujjat tilining aniqligi, tushunarliligi 
uni tezroq amalga oshishiga xizmat qiladi. Mehnatkashlarning ariza va
shikoyatlarini o‘z vaqtida va diqqat-e’tibor bilan ko‘rib chiqish esa 
boshqaruv idoralarining muhim vazifalaridan biri, sotsialistik qonunchilikning 
mustahkam garovidir.
Ariza asosan qo‘lda yoziladi va uning mazmuni erkin bayon qilinadi. 
Mazmuni va uslubiga ko‘ra arizalar bir xil emas: u bir necha so‘zdan iborat 
bo‘lishi ham mumkin yoki keng jamoatchilikni o‘ylantirayotgan ijtimoiy 
masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilgan xat tarzida bo‘lishi ham 
mumkin. Shu nuqtai nazardan arizalar sodda va murakk ab turlarga 
ajratiladi. Murakkab ariza matni katta bo‘lishi bilan birga, unga ilovalar 
qilinishi mumkin. Arizalar aksar hollarda shaxsiy xususiyatga egadir. Shu 
bilan birga, xizmat arizalari ham bo‘ladi. Xizmat arizasi — fuqarolar yoki 
tashkilotlarning o‘z huquqlarini amalga oshirish yoki manfaatlarini himoya 
qilish yuzasidan yozma axborotlaridir. Da’vo arizalari ana shunday 
arizalardandir. Iltimos va shikoyat mazmunidagi arizalar taklif mazmunini 
aks ettirgan arizalarga hamda da’vo arizalariga nisbatan ko‘ p qo‘llanadi. 
BILDIRISHNOMA. 
Muayyan muassasa (tarkibiy qism) rahbariga xizmat faoliyati bilan 
aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori idora, mansabdor 
shaxsga b iron-bir voqea va hodisa haqida xabardor qilish zarurati 
tug‘ilganda taqdim etiladigan mufassal yozma axborot. Unda, odatda, 
bayon qilinayotgan masalalar bo‘yicha tuzuvchi (yozuvchi)ning takliflari 
aks etadi. 
Kimga yo‘nalganiga qarab bildirishnoma ichki va tashqi turlarga 
ajraladi. 
Ichki bildirishnoma o‘z muassasasi rahbariga yoki bo‘lim mudiriga 
yoziladi. U toza qog‘oz varag‘iga qo‘lda yoki kompyuterda yozilishi 
mumkin. Bunday bildirishnomalar muallif tomonidan imzolanadi. Tashqi 
bildirishnoma, ya’ni muassasa rahbari tomonidan yuqori idoraga yoki 
mansabdor shaxsga yoziladigan bildirishnoma, o datda, xos ish qog‘oziga 
ikki nusxada yoziladi. Hujjatning ikkinchi nusxasi muassasaning o‘zida 
qoldiriladi. Bunday bildirishnomalar muassasa rahbari tomonidan 
imzolanadi. 
Bildirishnoma tashabbus, axborot va hisobot xususiyatiga ega. Bu 
xususiyatlar hujjat matni sarlavhasidayo q o‘z aksini topadi. Tashabbus 
bildirishnomasi matnida tegishli masala yuzasidan umumiy yoki aniq 
takliflar ilgari surilib, rahbarni ularni hal qilishga undaydi (masalan, 
Navoiy nomidagi maktabda mukofotlash nizomining buzilganligi haq ida). 
Download 38.33 Kb.




Download 38.33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Hujjat haqida ma’lumot Hujjat turlari Hujjatlarga qo’yilga me’yoriy talablar

Download 38.33 Kb.