• Dasturlash tilining formal tarifi Dasturlash tili
  • Belgilar Denotat
  • Xato haqida xabarlarlarning tasnifi Dasturlash tilining texnologik ta’rifi Dasturlash tili
  • Dasturlash paradigmalarini qo’llab quvvatlash




    Download 112 Kb.
    Sana06.09.2024
    Hajmi112 Kb.
    #270402
    Bog'liq
    4-ma\'ruza


    Mavzu: Dasturlash paradigmalarini qo’llab quvvatlash

    Ushbu ma’ruzada dasturlash tili qanday qilib aniqlanadi va uning dasturlash tizimlarida qo’llanilishi va turli paradigmalarni qo’llab-quvvatlanishi bayon qilingan. Dasturlash tillarini aniqlash va uning kengaytmaylarini dasturlash tizimlarida amalga oshirshning usul va vositalari ko’rib chiqilgan. Misol tariqasida PureLisp va Pascal dasturlash tillari olingan.


    Odatda dasturlash tili leksika, sintaksis, semantika va pragmatika darajalarida tavsiflanadi. Dasturlash semantikasi uchun dasturiy tizimlarni qo’llanilishi interpretator yoki kompilyator sifatida amalga oshiriladi.
    Sintaktik jihatdan o’xhshash bo’lgan dasturlash tillarini ularni boshqa tizmga ko’chirish uchun tayyorlash va almashtirish qulay bo’lishi mumkin.
    Dasturlash tillari va dasturlash tizimlarini tavsiflash muammolari dasturlash tillarini tavsiflashning vengercha metodi bilan hal etilgan. Bu metodika 60-yillarning oxirida ishlab chiqilgan. Uning asosiy g’oyasi- abstrakt sintaksis va abstrakt mashinada dasturlash tilining semantikasini tavsiflashda foydalanish.
    Dasturlash tilining formal ta'rifi

    • Dasturlash tili - bu kompyuter holatini(bajaradigan ishini) rejalashtirish uchun mo’ljallangan belgilar tizimi.

    • Belgilar tizimi- belgili vaziyatlar to’plamini aniqlovchi belgilashlar to’plami.

    • Belgili vaziyatlar-semiotikaning birlamchi tushunchasi bo’lib, uning elementlari belgi va denotatlar hisoblanadi.



    • Belgi- bu nom yoki ifoda, denotat-qiymat, mazmun.

    Belgilar va denotatlarlarga misollar:

    Belgilar

    Denotat

    Xabar

    Mazmun

    Harf

    Tovush

    So’z

    Tushuncha

    Sqrt

    Kvadrat ildizni hisoblash

    If-then-else

    Hisoblashning tarmoqlanishi

    Dasturlash tilining sintaksisi va semantikasi:



    • Ruxsat etilgan belgilar tuzilmasini tavsiflovchi qoida tilning sinktaksisi deb ataladi.

    • Ruxsat etlgan belgilarga mos keluvchi denotatlarni tavsiflovchi qoida tilning semantikasi deb ataladi.

    Dasturlash tilining amaliy ta’rifi

    • Dasturlash tili –bu inson(foydalanuvchi) va kompyuter(bajaruvchi) o’rtasida muloqotni ta’minlovchi vosita.

    • Dasturlash tili yordamida kompyuter uchun xabarlar yaratiladi. Bu xabarlar kompyuterga tushunarli bo’lishi kerak.

    • Mumkin bo’lgan xatolar sintaktik, semantik va pragmatik turlarga bo’linadi.

    Xato haqida xabarlarlarning tasnifi

    Dasturlash tilining texnologik ta’rifi

    • Dasturlash tili-bu dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish vositasi.

    • Dastur quyidagi xusussiyatlarga ega bo’lishi kerak:

    -ishonchlilik(xatolar kam bo’lishi kerak);
    -bardoshlilik(foydalanuvchi xato qilganda, resurslar yetishmaganda, qurilmalar qisman buzilganda o’zining ishlash qobilaytini saqlab qolishi kerak);
    -javobgalik ( o’zining va foydalanuvchining xatolarini tushuntirib berishi kerak.)
    Download 112 Kb.




    Download 112 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dasturlash paradigmalarini qo’llab quvvatlash

    Download 112 Kb.