|
Dasturlash tili
|
bet | 28/59 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 4,95 Mb. | | #262797 |
Bog'liq Dasturlash tili4.17-masala. Uchta butun son berilgan. Shu sonlarni ikkitasi o‘zaro teng. qolgan bittasining tartib raqami aniqlansin.
4.18-masala. To‘rtta butun son berilgan. Shu sonlarni uchtasi o‘zaro teng. qolgan bittasining tartib raqami aniqlansin.
4.19-masala. Sonlar o‘qida uchta А, В, С nuqtalar berilgan. A nuqtaga eng yaqin nuqta va ular orasidagi masofa topilsin.
4.20-masala. Yil berilgan (musbat butun son). Berilgan yilda nechta kun borligini aniqlovchi dastur tuzing. Kabisa yilida 366 kun bor. kabisa bo‘lmagan yilda 365 kun bor. Kabisa yil deb 4 ga karrali yillarga aytiladi. Lekin 100 ga karrali yillar ichida faqat 400 ga karrali bo‘lganlari kabisa yil hisoblanadi. Masalan 300, 1300 va 1900 kabisa yili emas. 1200 va 2000 kabisa yili.
Topshiriq: 2) Quyidagi masalaning tanlash operatoridan foydalanib PYTHON tilidagi dasturini tuzing:
5.1-masala. 0-9 gacha bo‘lgan butun sonlar berilgan. Kiritilgan songa mos ravishda tegishli so‘z bilan ifodalovchi dastur tuzing. (0-nol 1-bir h.k)
5.2-masala. К butun soni berilgan. Ushbu raqamga mos, rang nomerini chiqaruvchi dastur tuzing.(0-qora, 1-ko‘k, 2- yashil 3- billur, 4- qizil, 5- siyohrang, 6- jigarrang, 7- havorang, 8- sariq, 9-oq). Agar К soni [0,9] oraliqqa tegishli bo'lmasa “xato” so‘zini chop eting.
5.3-masala. Meva nomi berilgan. Kiritilgan meva qaysi turga tegishli ekanligini aniqlovchi dastur tuzing. (Masalan: yong‘oq, “quruq”).
5.4-masala. Davlat nomi berilgan. Shu Davlat qaysi qit’aga tegishli ekanligini aniqlovchi dastur tuzing.
5.5-masala. A, В, C haqiqiy sonlar va amalning bajarilish tartibi raqami berilgan bo‘lsin. A, B va C sonlari ustida arifmetik amallar bajaruvchi dastur tuzing. K-amal quyidagi qiymatlarni qabul qiladi: 1- ko‘paytirish, 2- bo‘lish, 3- qo‘shish, 4- ayirish.
5.6-masala. Uzinlik birliklari quyidagi tartibda berilgan. 1- kilometr, 2-metr, 3- desimetr, 4- santimetr, 5- millimeter. Uzunlik birligini bildiruvchi son ( 1 - 5 oraliqda) va kesma uzunligi berilgan (haqiqiy son). Kesmaning uzunligini santimetrda ifodalofchi dastur tuzing.
|
| |