|
Dasturlash tili
|
bet | 50/59 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 4,95 Mb. | | #262797 |
Bog'liq Dasturlash tili9.10-masala. O‘ngga siklik siljishni amalga oshiruvchi O‘nga_siljish(A, В, C) funksiyasini hosil qiling. Ya‘ni A ning qiymati В ga, В ning qiymati С ga, С ning qiymati A ga o‘tib qolsin. Bu funksiya orqali (A1, B1, C1) va (A2. B2, C2) sonlarini siljiting.
9.11-masala. Haqiqiy sonning ishorasini aniqlovchi ishora nomli funksiya hosil qiling. Funksiya argumenti noldan kichik bo‘lsa -1; noldan katta bo‘lsa 1; nolga teng bo‘lsa 0 qiymat qaytarsin. Haqiqiy a va b sonlari uchun ishora(a) + ishora(b) ifodasi hisoblansin.
9.12-masala. Kvadrat tenglamaning ildizlari sonini aniqlovchi funksiya hosil qiling. a *x 2 + b * x + c =0 ko‘rinishidagi tenglama kvadrat tenglama deyiladi. (a noldan farqli son)
9.13-masala. Doiraning yuzini hisoblovchi funksiya hosil qiling. Bu funksiya yordamida 3 ta doira yuzini hisoblang. Doiraning yuzi 𝑆 = 𝜋 𝑅2 formula orqali hisoblanadi. 𝜋 = 3.1415 ni o‘zgarmas deb qabul qiling.
9.14-masala. Markazi bir nuqtada bo‘lgan, R1 va R2 radiusga ega 2 ta aylananing ustma - ust tushmaydigan (kesishmaydigan) qismining yuzasini topuvchi RingS nomli funksiya hosil qiling. Doiraning yuzini hisoblash formulasidan foydalaning.
𝑆 = 𝜋 𝑅2, 𝜋 = 3.1415 ni o‘zgarmas deb qabul qiling.
9.15-masala. To‘g‘ri burchakli uchburchakning katetlari a va b berilganda. uning perimetrini hisoblovchi TriangleP nomli funksiya hosil qiling.
9.16-masala. A va В sonlari orasidagi sonlar yig‘indisini hisoblovchi SumRange(A,B) nomli funksiya hosil qiling. Agar A>В bo‘lsa. funksiya 0 qiymat qaytaradi. Bu funksiya orqali A dan В gacha va В dan С gacha bo‘lgan sonlar yig‘inddisini hisoblang, А, В, С butun sonlar.
9.17-masala. Arifmetik amallarni bajaruvchi Calc(A, B, Op) funksiyasini hosil qiling. A va В haqiqiy sonlar. Op o‘zgaruchisi orqali bajariladigan arifmetik amal aniqlanadi. 1 - ayirish, 2 - ko‘paytirish, 3 - bo‘lish, boshqalari qo‘shish. Shu funksiya orqali A va В sonlari uchun N1, N2, N3, N4 amallari bajarilsin. (N1 - N4 butun sonlar)
def Calc(a,b,op):
if op==1: S=a-b; elif op==2: S=a*b; elif op==3: S=a/b; elif op==4: S=a+b; return S;
a=int(input('a='));
b=int(input('b='));
n1=int(input('N1='));
n2=int(input('N2='));
n3=int(input('N3='));
n4=int(input('N4=')); print('A va B sonlar ayirmasi=',Calc(a,b,n1)); print("A va B sonlar ko'paytmasi=",Calc(a,b,n2)); print("A va B sonlar bo'linmasi=",Calc(a,b,n3)); print("A va B sonlar yig'indisi=",Calc(a,b,n4));
9.18-masala. Butun sonning juft yoki toqligini aniqlovchi Even(K) funksiyasini hosil qiling. Funksiya К juft son bo‘lsa - true, aks holda false qiymat qaytarsin. Bu funksiya orqali 2 ta sonning juft yoki toqligi aniqlansin.
9.19-masala. IsSquare(K) mantiqiy funksiyasini hosil qiling, (K>0). Agar К biror butun sonning kvadrati bo‘lsa - true, aks holda false qiymat qaytarilsin. Shu funksiya orqali 2 ta sonni tekshiring.
9.20-masala. Butun qiymat qaytaruvchi DigitN(K,N) funksiyasini hosil qiling, (K>0). Funksiya К sonining N - raqamini qaytarsin. Agar К soni raqamlari N dan kichk bo‘lsa. minus bir qaytarilsin. Shu funksiya orqali K1, К2. КЗ sonlarining N - raqami aniqlansin.
|
| |