Matematika fani o’qituvchisi Fozil Begimqulov
Sinf: VIII
Sana:
Fan: Algebra.
Mavzu: Sonli tengsizliklar, ularning xossalari va sonli tengsizliklarni qo’shish va ayirish.
1. Darsning ta’limiy maqsadi:
O’quvchilarga sonli
tengsizlik va uning xossalari, sonli tengsizliklarni qo’shish va ko’paytirish
haqida tushuncha hosil qilish orqali o‘zlashtirish
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:
O’quvchilarni aqliy faolligi va mantiqiy
fikrlashni rivojlantirish, mustaqil
fikirlash qobiliyatini
rivojlantirish, o’yin mashqlari orqali fanga bo’lgan qiziqishlarini oshirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi:
Fanga bo‘lgan qiziqishni orttirish, teran fikrlilik va ijodkorlik xislatlarini tarbiyalash,
o’zaro hamkorlikda ishlashga o’z fikrini erkin bayon etishga o’rgatish.
2. O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan bilim va ko’nikmalar.
Bilimlar: sonli tengsizlik va uni qo’shish va ko’paytirish xossalarini bilish.
Ko’nikmalar: sonli tengsizlik ta’rifi va uning xossalarini tengsizlikni isbotlashda qo’llay olish, ularni
geometrik masalalarda ko’rsatish..
3. O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
Uslub: noan’anaviy, o’yinlar metodi individual ishlash
Shakl: amaliy-yozma, og’zaki, jamoa va yakka tartibda ishlash
Nazorat: O’z-o’zini nazorat qila olish, kuzatish, tekshirish;
Baholash:dars yakunida o’quvchilarga o’quvchilarning dars davomida yig’ib borgan ballari ko’rilib,
ular baholanadi.