№/
Dars bosqichlari
Vaqt
taqsimoti
1
Tashkiliy qism
2 daqiqa
2
Yangi mavzuni yoritish:
a) mavzuni yoritishga tayyorgarlik
b) yangi mavzuni yoritish
15 daqiqa
3
Yangi mavzuni mustahkamlash:
a) mashq
b) xulosa
20 daqiqa
4
Darsga yakun yasash va baholash
5 daqiqa
5
Uyga vazifa berish
3 daqiqa
8. Darsning borishi:
1. Yangi mavzuni bayoniga tayyorgarlik: Darslikni oldingi bo‘limi bo‘yicha,
yangi mavzuni
o‘zlashtirishiga yordam ko‘maklashadigan matematik diktant.
1) Yangi mavzuni doska yoki grafopoektor ekrani yordamida uning mazmunini bayon qilish:
bunda konspektga tayangan holda mavzuga oid misol va masalalarni yechimini ko‘rsatish.
2) O‘quvchilar bilan mavzularga oid turli ko‘rinishdagi misol
va masalalarni yechimlarini
topishni mustahkamlash.
Dars tafsilotlari:
1. Yangi mavzuni yoritishga tayyorgarlik:
O`tgan mavzuni takrorlash va uyga vazifani so`rash.
O`tilgan mavzular bo`yicha savollar berib, o`quvchilarni baholash.
1. Agar ikkita son ko’paytmasi 0 bo’lsa, ularning har biri nol bo’lishi shart.
2. Ikkita son yig’indisi musbat bo’lsa, ularning har biri musbat bo’lishi kerak.
3. 7 ta qisqa ko’paytirish formulalaridan qaysi biri har doim musbat bo’ladi.
4. Bir nechta sonlarni ayirmasi nol bo’lsa, bu sonlar haqida nima deyish mumkin.
5. Uchburchakning perimetri 50 dan katta bo’lgan tub son bo’lsa, tomonlaridan kamida ikkitasi 10 dan
katta bo’lgan tub son bo’ladi.
6. Ikkita son ham manfiy son bo’lsa, ularning yig’indisi,
ayirmasi, ko’paytmasi va bo’linmasi ham
manfiy bo’ladi.
7. Uchburchakning tomonlari 0 dan katta va 1 dan kichik bo’lishi mumkinmi?
8. Qoldiqli bo’lish formulasini ifodaganda qanday shart kerak bo’ladi.