|
Dasturlash tili
|
bet | 52/59 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 4,95 Mb. | | #262797 |
Bog'liq Dasturlash tili9.7-masala. Butun musbat sonining raqamlarini teskari tartibda chiqaruvchi InvertDigit nomli funksiya hosil qiling. Bu funksiya orqali a, b, с sonlarining raqamlarini teskari tartibda chiqaruvchi dasturni tuzing. Funksiya prototipi quyidagicha bo‘lishi mumkin: InvertDigit (int);
9.8-masala. Kiritilgan К butun musbat sonining o‘ng tarafiga (oxiriga) R raqamini (1<=R<=9) qo‘shuvchi AddRightDigit nomli funksiya hosil qiling. Funksiya prototipi quyidagicha bo‘lishi mumkin: AddRightDigit (int son, int raqam);
9.9-masala. Kiritilgan К butun musbat sonining chap tarafiga (boshiga) R raqamini (1<=R<=9) qo‘shuvchi AddLeftDigit nomli funksiya hosil qiling. Funksiya prototipi quyidagicha bo‘lishi mumkin: AddLeftDigit (int *son, int raqam);
9.10-masala. Ikkita sonning qiymatini almashtiruvchi Swap nomli funksiya hosil qiling. Swap funksiyasi orqali А, В, C, D sonlaridan (A, B), (D, C) juftliklarining qiymatlarini almashtiruvchi dasturini tuzing. Funksiya prototipi quyidagicha bo‘lishi mumkin: Swap (int *, int *);
9.11-masala. X va Y sonlaridan kichigini X ga va kattasini Y ga yozuvchi Minmax(X, Y) funksiyasini hosil qiling. Minmax funksiyagini 4 marta chaqarish orqali a. b, c, d butun sonlaridan kattasini va kichigini aniqlovchi dasturni tuzing.
9.12-masala. А. В. С sonlarini o‘sish tartibida joylashtiruvchi Sortlnc3(A, В, C) funksiyasini hosil qiling. Ya’ni А. В. С sonlari qiymatlarini shunday almashtiringki, natijada A ning qiymati eng kichik va С ning qiymati eng katta bo‘lsin. Bu funksiya orqali (A1, B1, C1) va (A2, B2, C2) sonlarini tartiblang.
9.13-masala. А, В, С sonlarini kamayish tartibida joylashtiruvchi SortDec3(A, В, C) funksiyasini hosil qiling. Ya’ni А. В, С sonlari qiymatlarini shunday almashtiringki, natijada A ning qiymati eng katta va С ning qiymati eng kichik bo‘lsin. Bu funksiya orqali (A1, B1, C1) va (A2, B2, C2) sonlarini tartiblang.
9.14-masala. O‘ngga siklik siljishni amalga oshiruvchi ShiftRight3(A. В. C) funksiyasini hosil qiling. Ya’ni A ning qiymati В ga, В ning qiymati С ga, С ning qiymati A ga o‘tib qolsin. Bu funksiya orqali (A1, B1, C1) va (A2. B2, C2) sonlarini siljiting.
9.15-masala. Chapga siklik siljishni amalga oshiruvchi ShiftLeft3(A, В, C) funksiyasini hosil qiling. Ya’ni С ning qiymati В ga, В ning qiymati A ga, A ning qiymati С ga o‘tib qolsin. Bu funksiya orqali (A1, B1, C1) va (A2, B2, C2) sonlarini siljiting.
9.16-masala. Haqiqiy sonning ishorasini aniqlovchi ishora nomli funksiya hosil qiling. Funksiya argumenti noldan kichik bo'lsa -1; noldan katta bo‘lsa 1; nolga teng bo‘lsa 0 qiymat qaytarsin. Haqiqiy a va b sonlari uchun ishora(a)+ishora(b) ifodasi hisoblansin.
9.17-masala. Kvadrat tenglamaning ildizlar sonini aniqlovchi funksiya hosil qiling. a *x 2 + b * x + c =0 ko‘rinishidagi tenglama kvadrat tenglama deyiladi. (a noldan farqli son) dasturini tuzing.
9.18-masala. Doiraning yuzini hisoblovchi funksiya hosil qiling. Bu funksiya yordamida 3 ta doira yuzini hisoblang. Doiraning yuzi S =𝜋*R2 orqali hisoblanadi,
𝜋=3.1415 ni o‘zgarmas deb qabul qiling.
9.19-masala. Markazi bir nuqtada bo‘lgan, R1 va R2 radiusga ega 2 ta aylananing ustma - ust tushmaydigan (kesishmaydigan) qismining yuzasini topuvchi RingS nomli funksiya hosil qiling. Doiraning yuzini hisoblash formulasidan foydalaning. S= 𝜋 *R2, 𝜋 = 3.1415 ni o‘zgarmas deb qabul qiling.
9.20-masala. To‘g‘ri burchakli uchburchakning katetlari A va В berilganda, uning perimetrini hisoblovchi TriangleP nomli funksiya hosil qiling.
|
| |