|
Dasturlash tili
|
bet | 54/59 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 4,95 Mb. | | #262797 |
Bog'liq Dasturlash tili
PYTHON tilida bir nechta tuzilgan funktsiyalar mavjud bo‘lib, ular satrlar ichidagi ma’lum qismiy satrni yoki alohida simvollarni izlashga imkon beradi. Ushbu sodda funktsiya find() ikkita argumentni qabul qiladi, ular o‘z navbatiga izlanishi lozim bo‘lgan satrni va izlanayotgan qism satrni ko‘rsatadi. Izlash satr boshidan to mos tushgan simvolni topguncha ketma – ket amalga oshiriladi. Agar mos tushush aniqlansa, izlash to‘xtaydi va find() funktsiya butun sonni qaytaradi, u satrdagi simvol indeksidan iborat bo‘lib, birinchi mos tushushni aniqlaydi. Agar mos tushush aniqlanmasa, find() funktsiya false qiymatni qaytaradi.
rfind() funktsiya ham xuddi shu tariqa ishlaydi. Ammo, satrning oxiridan teskari tartibda izlashda simvol indeksini qaytaradi.
PYTHON tilida simvollarni boshqarish orqali satrlarni qulay formatlashga mo‘ljallangan bir nechta tuzilgan funktsiyalar mavjud. Ushbu sodda strrev() funktsiya bitta satrli argumentni qabul qiladi va ushbu satrni simvollarning teskari tartibda joylashuvini qaytaradi, qisqa qilib aytganda “orqadan oldinga qarab o‘qiydi”.
chr() – simvolni uning kodi bo‘yicha qaytaradi.
lower() – satrni quyi registrga aylantiradi. Katta harflarni kichik harflarga almashtiradi.
upper() – satrni yuqori registrga aylantiradi. Kichik harflarni katta harflarga almashtiradi.
replace() – izlanayotgan satrni almashtirilishi lozim bo‘lgan satrga almashtiradi.
split() – satrni massivga aylantiradi.
|
| |