|
Paskal tilidagi dasturlar umumiy holda quyidagi tuzilishga ega
|
bet | 7/9 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 0,81 Mb. | | #260899 |
Bog'liq Dasturlash turlari Axatova N 22Paskal tilidagi dasturlar umumiy holda quyidagi tuzilishga ega: - Paskal tilidagi dasturlar umumiy holda quyidagi tuzilishga ega:
- Program dastur nomi; {majburiy emas}
- Uses {Modullar ro`yhati}
- Label {Nishonlar ro`yhati}
- Const{Konstantalarni tavsiflash}
- Var {O`zgaruvchilarni tavsiflash}
- Prosedura va funksiyalar
- Begin
- {Asosiy qism}
- End.
- Paskal tilida ,asosan ,3 xil: o`zgarmas, o`zgaruvchi va jadval ko`rinishidagi miqdorlar ishlatiladi. Ular belgili, satrli, mantiqiy va sonli turdagi qiymatlarni qabul qilishi mumkin.
- Dastavval Paskal tili universitetlarda qo`llanilgan bo`lib, keyinchalik uning turli rusumli kompyuterlar uchun naqllari ishlab chiqildi. 1981-yilda Paskal tilining xalqaro standarti taklif etildi.Hozirgi davrda foydalanilayotgan Paskal tilining Turbo Paskal 7.0 naqli Borland firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. U foydalanuvchilar uchun juda qulay tizim – dasturlashning integrallashgan muhitiga ega.Integrallashgan muhit – dasturlashga yordamlashuvchi dastur bo`lib, u quyidagi asosiy vazifalarni bajarishi lozim:avvalambor, u dastur matnini kiritish imkonini berishi; vaqti-vaqti bilan kiritilayotgan dastur matnini tashqi xotirada saqlab turishi; dasturni ishga tushirish uchun translyatorga ega bo`lishi; sintaktik xatoliklarni aniqlash vositasiga ega bo`lishi kerak
- C o'zidan oldingi B va BCPL tillarining juda ko'p muhim tomonlarini o'z ichiga olish bilan bir qatorda o'zgaruvchilarni tiplashtirdi va bir qator boshqa yangiliklarni kiritdi. Boshlanishda C asosan UNIX sistemalarida keng tarqaldi. Hozirda operatsion sistemalarning asosiy qismi C/C++ da yozilmoqda. C mashina arhitekturasiga bog'langan tildir. Lekin yahshi rejalashtirish orqali dasturlarni turli kompyuter platformalarida ishlaydigan qilsa bo'ladi. 1983 yilda, C tili keng tarqalganligi sababli, uni standartlash harakati boshlandi. Buning uchun Amerika Milliy Standartlar Komiteti (ANSI) qoshida X3J11 tehnik komitet tuzildi. Va 1989 yilda ushbu standart qabul qilindi. Standartni dunyo bo'yicha keng tarqatish maqsadida 1990 yilda ANSI va Dunyo Standartlar Tashkiloti (ISO) hamkorlikda C ning ANSI/ISO 9899:1990 standartini qabul qilishdi.
- Shu sababli C da yozilgan dasturlar kam miqdordagi o'zgarishlar yoki umuman o'zgarishlarsiz juda ko'p kompyuter platformalarida ishlaydi. C++ 1980 yillar boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C ga asoslangan tarzda tuzildi. C++ juda ko'p qo'shimchalarni o'z ichiga olgan, lekin eng asosiysi u ob'ektlar bilan dasturlashga imkon beradi. Dasturlarni tez va sifatli yozish hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etmoda. Buni ta'minlash uchun ob'ektli dasturlash g'oyasi ilgari surildi. Huddi 70-chi yillar boshida strukturali dasturlash kabi, programmalarni hayotdagi jismlarni modellashtiruvchi ob'ektlat orqali tuzish dasturlash sohasida inqilob qildi. C++ dan tashqari boshqa ko'p ob'ektli dasturlshga yo'naltirilgan tillar paydo bo'ldi. Shulardan eng ko'zga tashlanadigani Xerox ning Palo Altoda joylashgan ilmiy-qidiruv markazida (PARC) tuzilgan Smalltalk dasturlash tilidir. Smalltalk da hamma narsa ob'ektlarga asoslangan. C++ esa gibrid tildir. Unda C ga o'hshab strukturali dasturlash yoki yangicha, ob'ektlar bilan dasturlash mumkin. Yangicha deyishimiz ham nisbiydir.
|
| |