|
-mavzu. Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash Pdf ko'rish
|
bet | 153/194 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 6,33 Mb. | | #159185 |
10-mavzu. Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash
Reja:
1.
Ob’ektlar va klasslar
2.
Klasslar, xossalar va holatlar
3.
Objects – Instances of Classes
4.
Ob’ektlarni yaratish va foydalanish
5.
Konstuktorlar tushunchasi.
Bu mavzuda Ob’ektga Yo‘naltirilgan Dasturlashning asosiy tushunchalari bilan tanishiladi –
klasslar va ob’ektlar – shuningdek .NET Frameworkining standart biblotekasida klasslarni qanday
ishlatishni tushuntiriladi. Keng qo‘llaniladigan ayrim tizim klasslari haqida gapirib o‘tiladi hamda
ularning instanslarini (ob’ektlar) qanday yaratish va ishlatishni ko‘rib chiqiladi. Ob’ekt
maydonlariga qanday qilib kirishni, konstruktorlarni qanday chaqirishni konstruktorlar va
klasslardagi statik maydonlar bilan qanday ishlashni muhokama qilinadi. Oxirida "namespaces"
atamasi bilan tanishiladi – ular bizga qanday yordam bera oladi, ularni qanday kiritish va ishlatish
mumkin.
Ob’ektlar va klasslar
Keyingi o‘n yil ichida dasturlash va informatika aql bovar qilmas o‘sish va o‘zgarishlarga uchradi.
Bu dasturlarning tuzilishi yo‘lini o‘zgartirib yubordi. Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash (OYD)
mana shunday tub o‘zgarishlarni o‘zida ask ettiradi. OOP ning asosiy tamoyillari va
tushunchalariga qisqacha ma’lumot beriladi. Birinchi navbatda klasslar va ob’ektlar nima ekanligini
tushuntiramiz. Bu ikki atama OOP ning asosiy tushunchalari. Zamonaviy dasturchilar hayotini
ulardan ayricha tasavvur qilish qiyin.
Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash
Ob’ektga Yo‘naltirilgan Dasturlash (OYD) – bu dasturlash paradigmasi bo‘lib, ular
ob’ektlarni va ularning o‘zaro aloqasini kompyuter dasturlarini qurish uchun ishlatadi. Shu orqali
subektiv sohaning sodda modelini tushunish osonroq bo‘ladi, bu esa dasturchiga haqiqiy hayotdagi
muammolarni mantiqan yechish imkonini beradi.
Hozircha OOP ning afzalliklari va maqsadlari borasidagi tafsilotlarni o‘rganmaymiz, shuningdek,
klasslar va ob’ektlar ierarxiyasini qurish tamoyillarini ham ko‘rib chiqmaymiz. Biz OOP ning
dasturlash texnikasi ko‘pincha inkansulyatsiya, abstraksiya, polimorfizm va vorislik ekanligini
ta’kidlab o‘tamiz. Bu texnikalar ushbu bo‘lim maqsadlariga kirmaydi va biz ular haqida keyinroq
“Ob’ektga Yo‘naltirilgan Dasturlash tamoyillari” bo‘limida gapiramiz. Hozir esa ob’ektlarga OOP
ning asosiy tushunchasi sifatida diqqat qaratamiz.
|
| |