• Java dasturlash tili
  • C++ dasturlash tili
  • Delphi - dasturlash tillaridan biri. Borland firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Delphi




    Download 16.3 Kb.
    bet5/7
    Sana29.05.2022
    Hajmi16.3 Kb.
    #22281
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Dasturlash tizimlari va tillari Dasturlash tizimlari hozir org
    Strukturaviy mexanika qo\'llanma, 35-Kompyuter-tizimlari-va-tarmoqlari-2013-oquv-qollanma-M.M.Musayev, Bekmirzayev Kvant fizikasi, Fizika faniga maxsus nisbiylik nazariyasining kirib kelishi, богча ташаккурнома
    Delphi - dasturlash tillaridan biri. Borland firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Delphi dasturlash tili avvaldan Borland Delphi paketi tarkibiga kiritilgan. Shu bilan bir qatorda 2003-yildan hozirgacha qoʼllanilayotgan shu nomga ega bulgan. Delphi — Object Pascal tilining bir qancha kengaytirishlar va toʼldirishlar orqali kelib chiqqan boʼlib, u obʼyektga yoʼnaltirilgan dasturlash tili hisoblanadi.
    C# dasturlash tili (Si Sharp - deb talaffuz qilinadi) leksik jihatdan kengaytirilgan, imperativ, deklarativ, funktsional, umumiy, obʼektga yoʼnaltirilgan (sinfga asoslangan) va komponentlarga yoʼnaltirilgan dasturlash fanlarini oʼz ichiga olgan umumiy maqsadli, koʼp paradigmali dasturlash tili. U 2000 yilda Maykrosoft tomonidan .NET tashabbusi doirasida ishlab chiqilgan.
    Java dasturlash tili - eng yaxshi dasturlash tillaridan biri boʼlib, unda korporativ darajadagi mahsulotlarni (dasturlarni) yaratish mumkin. Bu dasturlash tili Oak dasturlash tili asosida paydo boʼldi. Oak dasturlash tili 90-yillarning boshida Sun(Quyosh) Microsystems tomonidan platformaga, yaʼni [Operatsion sistema]ga bogʼliq boʼlmagan holda ishlovchi yangi avlod aqlli qurilmalarini yaratishni maqsad qilib harakat boshlagan edi. Bunga erishish uchun Sun xodimlari C++ ni ishlatishni rejalashtirdilar, lekin baʼzi sabablarga koʼra bu fikridan voz kechishdi. Oak muvofaqiyatsiz chiqdi va 1995-yilda Sun uning nomini Javaga almashtirdi, va uni WWW rivojlanishiga xizmat qilishi uchun maʼlum oʼzgarishlar qilishdi.
    Java obʼektga yoʼnaltirilgan dasturlash (OOP – Object Oriented Programming) tili va u C++ ga ancha oʼxshash. Bunda dasturlashda eng koʼp yoʼl qoʼyildigan xatolarga sabab boʼluvchi qismalari olib tashlanib ancha soddalashtirilgan.
    C++ dasturlash tili - turli maqsadlar uchun moʼljallangan
    dasturlash tili. 1979-yili Bell Labsda Biyarne Stroustrup tomonidan C
    dasturlash tilining imkoniyatlarini
    kengaytirish va OOP(object
    Oriented Programming) xususiyatini kiritish maqsadida ishlab chiqarilgan. Boshida “C klasslar bilan” deb atalgan, 1983-yili hozirgi nom bilan yaʼni C++ deb oʼzgartirilgan. C++ C da yozilgan dasturlarni kompilyatsiya qila oladi, ammo C kompilyatori bu xususiyatga ega emas. C++ tili operatsion tizimlarga aloqador qisimlarni, klient-server dasturlarni, EHM oʼyinlarini, kundalik ehtiyojda qoʼllaniladigan dasturlarni va shu kabi turli maqsadlarda ishlatiladigan dasturlarni ishlab chiqarishda qoʼllaniladi.

    Download 16.3 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 16.3 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Delphi - dasturlash tillaridan biri. Borland firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Delphi

    Download 16.3 Kb.