|
Delphi - dasturlash tillaridan biri. Borland firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Delphi
|
bet | 5/7 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 2,46 Mb. | | #229373 |
Delphi - dasturlash tillaridan biri. Borland firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Delphi dasturlash tili avvaldan Borland Delphi paketi tarkibiga kiritilgan. Shu bilan bir qatorda 2003-yildan hozirgacha qoʼllanilayotgan shu nomga ega bulgan. Delphi — Object Pascal tilining bir qancha kengaytirishlar va toʼldirishlar orqali kelib chiqqan boʼlib, u obʼyektga yoʼnaltirilgan dasturlash tili hisoblanadi.
C# dasturlash tili (Si Sharp - deb talaffuz qilinadi) leksik jihatdan kengaytirilgan, imperativ, deklarativ, funktsional, umumiy, obʼektga yoʼnaltirilgan (sinfga asoslangan) va komponentlarga yoʼnaltirilgan dasturlash fanlarini oʼz ichiga olgan umumiy maqsadli, koʼp paradigmali dasturlash tili. U 2000 yilda Maykrosoft tomonidan .NET tashabbusi doirasida ishlab chiqilgan.
Java dasturlash tili - eng yaxshi dasturlash tillaridan biri boʼlib, unda korporativ darajadagi mahsulotlarni (dasturlarni) yaratish mumkin. Bu dasturlash tili Oak dasturlash tili asosida paydo boʼldi. Oak dasturlash tili 90-yillarning boshida Sun(Quyosh) Microsystems tomonidan platformaga, yaʼni [Operatsion sistema]ga bogʼliq boʼlmagan holda ishlovchi yangi avlod aqlli qurilmalarini yaratishni maqsad qilib harakat boshlagan edi. Bunga erishish uchun Sun xodimlari C++ ni ishlatishni rejalashtirdilar, lekin baʼzi sabablarga koʼra bu fikridan voz kechishdi. Oak muvofaqiyatsiz chiqdi va 1995-yilda Sun uning nomini Javaga almashtirdi, va uni WWW rivojlanishiga xizmat qilishi uchun maʼlum oʼzgarishlar qilishdi.
Java obʼektga yoʼnaltirilgan dasturlash (OOP – Object Oriented Programming) tili va u C++ ga ancha oʼxshash. Bunda dasturlashda eng koʼp yoʼl qoʼyildigan xatolarga sabab boʼluvchi qismalari olib tashlanib ancha soddalashtirilgan.
C++ dasturlash tili - turli maqsadlar uchun moʼljallangan
dasturlash tili. 1979-yili Bell Labsda Biyarne Stroustrup tomonidan C
dasturlash tilining imkoniyatlarini
kengaytirish va OOP(object
Oriented Programming) xususiyatini kiritish maqsadida ishlab chiqarilgan. Boshida “C klasslar bilan” deb atalgan, 1983-yili hozirgi nom bilan yaʼni C++ deb oʼzgartirilgan. C++ C da yozilgan dasturlarni kompilyatsiya qila oladi, ammo C kompilyatori bu xususiyatga ega emas. C++ tili operatsion tizimlarga aloqador qisimlarni, klient-server dasturlarni, EHM oʼyinlarini, kundalik ehtiyojda qoʼllaniladigan dasturlarni va shu kabi turli maqsadlarda ishlatiladigan dasturlarni ishlab chiqarishda qoʼllaniladi.
|
| |