o‘qitish shakli hisoblanadi. Shuning uchun ham u oliy ta’lim maktabida olib
boriladigan o‘qitish shaklining o‘ziga xos bir shakli hisoblanadi. Amaliy (lotincha
amaliyium) olimlarning muayyan ilmiy soha bo‘yicha ma’lumotlarni muhokama
qilishning dastlabki shakli bo‘lgan. Keyinchalik ilmiy faoliyatlardan o‘quv
jarayoniga ko‘chib, talabalarning ishchanligi, bilim darajasi fanga qiziquvchanligi,
xarakteri, psixologiyasiga xos tomonlari aniqlash shakliga aylandi, hozirgi kunda
amaliy mashg‘uloti suhbat, ma’ruza bo‘yicha fikr almashish, rolli o‘yinlar shaklida
o‘tkazish nazarda tutilgan.2 Mashg‘ulotni amaliy, ma’ruzada o‘tkazilishining
muhim tomoni shundaki, unda o‘qituvchi ham talaba ham puxta tayyorgarlik
ko‘radi. Har ikkala faoliyat egasi, manbalar bilan ishlash, amaliy rejasida ko‘rsatlgan
savollarga javoblar topishda asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar bilan tanashib
chiqishlari lozim bo‘ladi. Amaliy mashg‘ulotlarining yana bir ahamiyatli tomoni
shundaki, unda jonli muloqot amalga oshadi, qarama-qarshi ziddiyatli fikrlar
to‘qnashuvi, ularni talabaga muvofiq hal etish ishlari yo‘lga qo‘yiladi. Shuning
uchun amaliy olib boruvchi o‘qituvchi auditoriyaga jonli muloqotni, bahs-munozara
ishlarini, o‘z nuqtai nazarini dalilash, o‘zgalar fikrini tinglay olish, muhokamaga
kirishish yo‘llarini aniq tanlashi lozim. Mashg‘ulotning yakunida o‘qituvchi
umumiy xulosa yasab, amaliy mashg‘ulotining borishi, ishtirokchilar faolligi yoki
passivligini alohida qayd etib, navbatdagi amaliy mashg‘ulotini o‘tkazish haqida
tavsiyalar berish, o‘ylab ko‘rish, fikrlarni yanada to‘ldirish uchun savollar,
masalalarni ilgari surish, maslahatlar berish, adabiyotlar ro‘yxatini e’lon qilishi
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ilmiy nazariy, amaliy-metodik jihatdan yuksak darajada
o‘tkazilgan amaliy mashg‘uloti talabalarga fanga qiziqishi, manbalar va adabiyotlar
bilan ishlashga ishtiyoq faollikka intilish uyg‘otsa, o‘qituvchilarga o‘z ilmiy-
nazariy malakasiga oshirishga,ilmiy adabiyotlarga ijobiy munosabatda bo‘lish, fan
yangiliklarga ishonche’tiqod va fanga qo‘yilayotgan muammolarni yechishga
ishtiyoqni tarbiyalaydi. Demak, amaliy mashg‘ulotlarining sifatli va samarali
o‘tishiga o‘qituvchi mohorati muhim rol o‘ynaydi. Amaliy mashg‘uloti o‘ziga xos
ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega. Unda talabalar o‘z fikrlarini, nuqtai
nazarlarini ochiqdan ochiq bayon etadilar, qatiyatlik bilan o‘zlashtirganlarini
himoya qiladilar, muloqatda fikr almashinish amalga oshadi. Amaliy mashg‘uloti
haqiqatan ham qiziqarli bo‘lishi uchun u bahs-munozara shaklida, ammo
boshqariladigan bo‘lishi lozim. Buning uchun bahs-munozara tartibio‘qituvchi
tomonidan oldindan o‘ylab chiqiladi, ishchi rejada ma’lum savollar, misollar,
syujetlar belgilanadi.