• 4-kurs
  • DEVELOPMENT OF GASTRONOMIC TOURISM AND FOOD SECURITY PROBLEMS
  • Kalit so‘zlar
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • Davlat universiteti, katta




    Download 45 Kb.
    Sana08.02.2024
    Hajmi45 Kb.
    #153060
    Bog'liq
    Gastronomik turizm


    MADAMINOV ZAFARJON XUDOYBERIDYEVICH

    (Farg‘ona davlat universiteti, katta o‘qituvchi)


    MASHRABBOYEV SHUKURULLO NO‘MON O‘G‘LI

    (Farg‘ona davlat universiteti geografiya yo‘nalishi 4-kurs talabasi)


    GASTRONOMIK TURIZMNING RIVOJLANISHI VA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI MUAMMOLARI
    РАЗВИТИЕ ГАСТРОНОМИЧЕСКОГО ТУРИЗМА И ПРОБЛЕМЫ ПРОДОВОЛЬСТВЕННОЙ БЕЗОПАСНОСТИ
    DEVELOPMENT OF GASTRONOMIC TOURISM AND FOOD SECURITY PROBLEMS
    Annotatsiya:Hozirgi kunda jahon mamlakatlari iqtisodiyotining rivojlanishida turizm, jumladan gastronomik turizm muhim ahamiyatga ega. Gastronomik turizm rivojlanishi esa oziq-ovqat xavfsizligiga uzviy bog‘langan. Ushbu maqolada ushbu masalalar tahlil qilingan.
    Аннотация: В настоящее время туризм, в том числе гастрономический, имеет важное значение в развитии экономики стран мира. Развитие гастрономического туризма тесно связано с продовольственной безопасностью. В данной статье анализируются эти вопросы.
    Abstract: Currently, tourism, including gastronomic tourism, is important in the development of the economies of the world. The development of gastronomic tourism is inextricably linked with food security. The article analyzes these issues.
    Kalit so‘zlar: gastronomik turizm, milliy oshxona, gastrotur, oziq-ovqat xavfsizligi
    Ключевые слова: гастрономический туризм, национальная кухня, гастротур, безопасность пищевых продуктов
    Keywords: gastronomic tourism, national cuisine, gastronomic tour, food safety
    Gastronomik turizm-turizmning bir turi bo'lib, uning asosiy maqsadi ma'lum bir mamlakatni milliy oshxonasi bilan tanishishni ўз ichiga oladi. Milliy oshxona mamlakat yoki mintaqaning o'ziga xosligini tashkil etuvchi tarix, din, iqtisodiyot, siyosat, urf-odatlar, afsonalar va boshqa omillar bilan bog'liq holda qabul qilinadi.
    Gastronomik tur yoki gastroturlar - mahalliy oshxonaga xos taomlarni tatib ko'rish uchun tadbirlar majmuasi hisoblanadi. Gastronomik turlar odatda “qishloq” (yashil) va shahar kabi turlarga bo'linadi.. Qishloq gastroturlari ekologik toza mahsulotlarga qaratilgan bo'lib, masalan, o'rmonda yovvoyi rezavor mevalarni, uzumzorlarda uzumlarni, fermer xo'jaliklarida sabzavot va mevalarni yig'ishni o'z ichiga olsa, oziq-ovqat ishlab chiqaradigan korxonalarga borish, shuningdek turli ovqatlanish maskanlari (restoran, bar, kafe va boshqalar)ga tashrif buyurish va oziq-ovqat mahsulotlarini tatib ko'rish shahar gastroturi tarkibiga kiritiladi.
    Gastronomik turizm turizmning mustaqil yo'nalishi sifatida nisbatan yaqindan rivojlana boshladi. Gastronomik turizm turli manbalarda turli nomlar bilan jumladan, “pazandachilik turizmi”, “oziq-ovqat turizmi”, “gastronomik turizm” tushunchalar bilan tilga olinadi. “Gastronomik turizm” atamasi birinchi marta 1998 yilda Ogayo shtati (AQSh) Bowling Green universiteti dotsenti L.Long tomonidan odamlar begona madaniyatni mahalliy taomlar orqali o'rganishlari haqidagi fikrni ifodalash uchun ishlatgan.
    Gastronomik turizmning rivojlanishi 2001 yilda Xalqaro gastronomik turizmi assotsiatsiyasi (ICTA) asoschisi va prezidenti Erik Vulf gastronomik turizm haqidagi hujjatni taqdim etganidan keyin keskin rivojlandi. Xalqaro gastronomik turizmi assotsiatsiyasi (ICTA) asoschisi va prezidenti E.Volf fikricha “Gastronomik turizm-bu Yerning narigi chekkasida ham, qo‘shni ko‘chada ham noyob, unutilmas taom va ichimliklarni izlash va ulardan bahramand bo‘lishdir. 2006 yilda Xalqaro gastronomik turizmi instituti (The International Culinary Tourism Association) tashkil etildi.
    Jahon sahnasida gastronomik turizm geografiyasi ўзига хос ҳусусиятга эга бўлиб, ҳудуднинг табиий шароити ва аҳолининг диний, миллий ва бошқа ҳусуситалари асосида шаклланган. Fransiya, Italiya, Ispaniya, Yaponiya va Xitoy kabi mamlakatlar hozirda jahon gastronomic turizmining asosiy markazlari hisoblanadi.
    Yevropa davlatlari orasida gastronomik turizmning rivojlanishida Fransiya birinchi o‘rinda turadi. Frantsiyada gastronomiya mahalliy madaniyat, an'ana va turmush tarzida ham, mamlakatning hududiy brendida ham markaziy o'rinni egallaydi. Italiya dunyoning gastronomik markazlari sifatida ikkinchi o'rinda turadi. Bu mamlakat gastronomik brendlarning butun to'plamiga ega. Makaron, pizza yoki lazanya kabi milliy taomlar mamlakat gastronomic turizmining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Italiya gastronomik turlar g'oyasining generatori bo'lgan birinchi davlat hisoblanadi. Bugungi kunda Italiya milliy turizm boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, sayyohlarning kamida 10 foizi ushbu mamlakatga barcha turdagi gastronomik mahsulotlar va vinodan totib кўриш мақсадида келади. Jamon, gazpacho kabi milliy taomlari bilan mashhur Ispaniya ham gurmanlarни ўзига жалб қилади.
    Gastronomik turizmning rivojlanishi bilan birga ularning havfsizlik darajasi, kaloriyalik darajasi ham sayyohlarning jalb etilishida katta rol ўйнайди. Chunki mamlakatga tashrif buyurayotgan turistning ushbu mamlakat oshxonasidan foydalanishi тўғридан тўғри озиқ-овқат хавфсизлиги масалаларига бори тақаладиovqatlanish mada
    Xalqaro statistikada oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasi, iste’mol qilinadigan mahsulotlarning kaloriyalik darajasi bilan o‘lchanadi. Ammo ushbu statistik ma’lumotlar kamchiliklardan holi emas. Sababi har bir xalq o‘zining an’anaviy oziq-ovqat iste’mol an’analariga ega. Oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‘z-o‘zini ta’minlanishining ko‘pgina modellari ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etilgan. Bu modellar hududni ayrim oziq-ovqat turlari bilan o‘z-o‘zini ta’minlashni aniqlash imkonini yaratadi. Mamlakat yoki hududning o‘z-o‘zini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashning talab darajasida ishlab chiqilgan modeli mavjud emas. Jahonning ko‘plab mamlakatlarida odatda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning umumiy hajmi va uning aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan miqdori tahlil etiladi. oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‘z-o‘zini ta’minlashning yakdil metodi mavjud emasligi hududlar orasidagi umumiy tafovutni aniqlash imkonini bermaydi.
    Oziq-ovqat xavfsizligi masalasi asosiy muammolardan biri bo‘lib, nafaqat ishlab chiqarish balki boshqa ko‘plab tarmoqlarni rivojlantirish, oziq-ovqat mahsulotlarini taqsimlash, shuningdek, qishloq hududlarini ijtimoiy rivojlantirish uchun tizimli va samarali hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui sifatida qaraladi. Oziq-ovqat xavfsizligi insoniyatning asosiy muammolaridan biri bo‘lib, millatlarning salomatligini, rivojlanishi va farovonligini belgilaydi. Xavfsiz va to‘yimli oziq-ovqatning mavjudligi, aholining barcha ijtimoiy guruhlari uchun tegishli hajm va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari hamda milliy oziq-ovqat tizimining mustaqilligi oziq-ovqat xavfsizligining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatlilik darajasi hayot kechirishning darajasi va sifatining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, atrof-muhitni muhofaza qilishga, shuningdek, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va demografik holatiga ta’sir ko‘rsatadi. Oziq-ovqat xavfsizligi sog‘liqni saqlashga imkon beradigan demografik holatning ijobiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Xavfsiz oziqlanish hayot davomiyligini uzaytiradi, bolalarning barkamol o‘sishi va rivojlanishiga yordam beradi, ko‘pgina kasalliklarning oldini oladi, shu orqali millat salomatligini ta’minlaydi. Butun dunyoda sun’iy mahsulotlarni ishlab chiqarish kundan-kunga ko‘payib borayotgan bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligi ustidan nazoratni susaytirishga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
    Oziq-ovqat xavfsizligi butun dunyo mamlakatlari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanib, BMT ham bugungi kunda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va ularni taqsimlash bo‘yicha yondashuvni mutlaqo o‘zgartirish borasida amaliy ishlarni amalga oshirmoqda. Har bir tirik mavjudot borki, umrining davomiyligi u iste’mol qilayotgan mahsulotlarga chambarchas bog‘liq. SHu maxsulotlar tufayli o‘z umr davomiyligini ta’minlash bilan birga, tanasining fizik va ruhiy tomondan mustahkamlaydi. Insoniyat qadim zamonlardan beri dastavval o‘z iste’molini qondirish uchun mehnat qilib kelgan. Chunki, inson ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan iste’molni ma’lum bir qismini tabiatdan olsa, qolgan qismini o‘z mehnati orqali yaratadi. Insoniyat dunyoning turli hududlarida har xil sharoitda kun kechirib, shu joyning tabiiy sharoitiga moslasha borgan va iste’moli ham shunga qarab o‘zgara borgan.


    Foydalanilgan adabiyotlar
    1.Вульф Эрик «Что такое гастрономический туризм».
    2.География туризма / под ред. А.Ю. Александровой. М.: Кнорус, 2015. 592 с.
    3.https://uzbekistan.travel/ru/v/gastronomicheskiy-turizm/
    4. https://worldfoodtravel.org/ru/what-is-food-tourism-definition-food-tourism/.
    Download 45 Kb.




    Download 45 Kb.