• Davlatning ijtimoiy siyosati
  • Davlatning ijtimoiy siyosati. O`zbekistonda ijtimoiy siyosatning asosiy yo`nalishlari Reja




    Download 128 Kb.
    bet1/3
    Sana09.02.2024
    Hajmi128 Kb.
    #153958
      1   2   3
    Bog'liq
    Davlatning ijtimoiy siyosati.


    Davlatning ijtimoiy siyosati. O`zbekistonda ijtimoiy siyosatning asosiy yo`nalishlari


    Reja:

    1. Davlatning ijtimoiy siyosati.

    2. Oʻzbekistonda ahvol qanday?

    3. Ijtimoiy siyosat samaradorligini oshirish.

    4. Kuchli ijtimoiy siyosat kontseptsiyasining shakllanishi, bosqichlari 

    va rivojlantirilishi
    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar

    Davlatning ijtimoiy siyosati.
    Mamlakatimizda ehtiyojmandlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatishning keng qamrovli mexanizmi yo‘lga qo‘yilmoqda. Prezident farmoniga muvofiq, ijtimoiy yordamning barcha turlarini bir xil mezon va bir xil hujjatga muvofiq taqdim etish imkonini beradigan “Yagona ijtimoiy reyestr” yaratilmoqda. Yil oxiriga qadar tizim barcha hududlarda bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bu tizim orqali ma’lumotlarni tizimlashtirish har bir ijtimoiy yordam oluvchining ehtiyoj darajasini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. U oila a’zolarining daromadlari, mol-mulki, bank hisoblari, olingan kreditlar va avtomobillar to‘g‘risidagi turli idoralarning tegishli bazalarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida aniqlanadi.
    Istiqbolda “Yagona ijtimoiy reyestr” dasturining to‘liq ishga tushirilishi inson omilini sezilarli darajada minimallashtiradi va natijada ijtimoiy yordamni taqsimlashdagi korrupsiya holatlarini imkon qadar bartaraf etadi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, aholining eng kambag‘al qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash siyosati ehtiyojmand oilalarga beriladigan yordam pullari bilan cheklanib qolmasdan maqsad — aholining iqtisodiy farovonligi darajasini oshirish uchun sharoit yaratishdir. Odatda kambag‘allikka tushib qolishdan ko‘ra, undan chiqish anchayin mushkul hisoblanadi. Shu bois davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash odamlarni bosqichma bosqich kambag‘allikdan chiqarish hisoblanadi — boshqacha aytganda, odamlarni ana shu holatda tutib turishdan ko‘ra, kambag‘allar toifasidan chiqarish vositasi sifatida ko‘proq o‘zini ko‘rsatishi uchun tegishli sharoitlarni yaratish davlat ijtimoiy siyosatining ustuvor vazifasi etib belgilangan.
    Ijtimoiy soha ham ana shunday zarbani qabul qilib oldi va bunda koʻplab yechilmagan tizimli muammolar yuzaga qalqib chiqdi. Dunyo boʻylab millionlab odamlar himoyasiz qoldi. Shu bilan birga, inqiroz iqtisodiy rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarni ham qamrab oldi.
    BMT ekspertlari koronavirus infeksiyasining keng tarqalishi kambagʻallikni qisqartirish uchun soʻnggi yillarda erishilgan barcha yutuqlarga tahdid solayotganiga ishora qilib, bong urmoqda. Global kambagʻallik darajasi 1998-yildan beri birinchi marta koʻtarilib ketdi, deya bayonot berdi.
    XMT prognoziga koʻra, iqtisodiyot va mehnat bozoridagi inqiroz global ishsizlikning qariyb 25 million kishiga koʻpayishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, rivojlangan mamlakatlarda ishsizlik, hatto, buyuk depressiya davridan ham oshib ketishi kutilmoqda.
    Ish bilan bandlikning pasayishi, tabiiyki, odamlar daromadining sezilarli yoʻqotilishiga ham olib keladi. XMTning baholashicha, 2020-yilning oxiriga kelib, ular 860 mlrd. dan 3,4 trln. dollargachani tashkil etadi.
    Koronavirus pandemiyasi oqibatlari Markaziy Osiyo uchun oldindan kutilganidan ancha jiddiy boʻldi. Jahon banki yil oxiriga qadar mintaqada yalpi ichki mahsulotning 1,7 foizga kamayishini istisno etmayapti. Qirgʻizistonda YAIMning eng katta pasayishi kutilmoqda — minus 4 foiz. Qozogʻistonda pasayish minus 3 foizdan biroz kamroq boʻladi. Tojikis­tonda — minus 2 foiz.
    Bu yil mintaqada iqtisodiyoti oʻsishi mumkin boʻlgan yagona mamlakat — Oʻzbekis­ton boʻlib, iqtisodiy oʻsish surʼatlari 1,5 foizni tashkil etishini prognoz qilmoqda.
    Karantin Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan yuz minglab mehnat muhojirlarini ham daromadsiz qoldirdi. Pandemiya tufayli butun dunyo boʻylab pul oʻtkazmalari 20 foiz ga qisqarsa, Markaziy Osiyoda deyarli 28 foizga pasayadi.
    Shu asnoda Jahon banki 2,6 millionga yaqin Markaziy osiyoliklar kambagʻallik chizigʻidan pastga tushib ketishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.
    Bunday muhim sharoitlarda hukumatlarning asosiy vazifasi nafaqat kasallikning tarqalishini jilovlash, balki aholining zaif qatlamlarini hamda ish va daromad manbaisiz qolganlarni qanday qoʻllab-quvvatlashdan ham iboratdir.



    Download 128 Kb.
      1   2   3




    Download 128 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Davlatning ijtimoiy siyosati. O`zbekistonda ijtimoiy siyosatning asosiy yo`nalishlari Reja

    Download 128 Kb.