Defektologiya, maxsus psixologiya nazariyasi va texnologiyalar
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI
ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYA FAKUL’TETI
“DEFEKTOLOGIYA, MAXSUS PSIXOLOGIYA NAZARIYASI
VA TEXNOLOGIYALAR” KAFEDRASI
O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining
20 yilligiga bag`ishlanadi
“HIMOYA QILISHGA RUXSAT BERILDI”
“Pedagogika-psixologiya” fakul’teti dekani v.b.
_______________________ prof.X.A.Meliyev
“_______” ______________________ 2011 y.
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
MAVZU: «O’zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’limni joriy
qilinishi»
5141800 –Defektologiya yo`nalishi bo`yicha bakalavr
darajasini olish uchun
Bajaruvchi: Toshpo`ltova Feruza
401 gurux talabasi
Ilmiy rahbar: G.X.Temurova o`qit.
Ilmiy masl. L.R. Mo`minova P.f.d., prof.
Bitiruv malakaviy ishi kafedra yig`ilishining
(Qaror № __, _______) qarori bilan himoyaga
tavsiya etildi.
Kaf.mudiri:
dots.R.N.Nurmatov
JIZZAX
- 2 -
M U N D A R I J A
KIRISH
I-BOB. Inklyuzv ta’lim va uningo’ziga xos xususiyatlari.
1.1. Inklyuziv ta’lim va uning moxiyati. ………………………………
1.2. Inklyuziv ta’limni joriy qilish davr talabi sifatida…………….
1.3.O’zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’lim tizimining joriy etilish
masalalari………………………………………………………………………
II-bob. Inklyuziv ta’lim tamoyillari va ular mazmuni
2.1. Inklyuziv ta’limning asosiy tamoyillari. …………………………...
2.2. Inklyuziv ta’lim maqsadi va vazifalarini oshirishda resurs
o’qituvchining o’rni va roli……………………………………………………
2.3. Umum ta’lim maktablari tizimidagi nuqsonli o’quvchilarning inklyuziv
ta’limini tashkil etishning maqsad va vazifalari. ………………………………
2.4. Inklyuziv ta’limni amaliyotga joriy qilish oldida turgan muammo va
to’siqlar…………………………………………………………………………
XULOSA VA TAVSIYALAR……………………………………….
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI.....……………
- 3 -
KIRISH
Respublikamizda olib borilayotgan barcha islohotlarning maqsadi
davlatimz kelajagiga mustahkam poydevar qurishdan iborat. Bu poydevor
sog’lom, yetuk va barkamol shaxslarni tarbiyalab voyaga yetkazish
natijasida yaratiladi. Shuning uchun ham «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
va «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun qabul qilindi. Ta’lim sohasidagi bu
islohotlar bugungi kunda o’z samarasini bermoqda. Mazkur huquqiy me’yoriy
hujjatlar doirasi maxsus ehtiyojli bolar ta’lim-tarbiyasini ham qamrab olgan.
Maxsus ehtiyojli bolalar ta’lim tarbiyasi masalasi bugungi kunda eng
dolzarb masalalar sirasiga aylanib bormokda.
Maxsus ta’lim imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim tizimi sifatida
rivojlangan. Ushbu ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarning ehtiyojlarini
umumta’lim muasasalarida qondirib bo’lmaydi degan taxminlar asosida
qurilgan. Maxsus ta’lim butun dunyoda maktab yoki internat shaklida,
shuningdek umumta’lim maktablarining katta bo’lmagan qismlari sifatida
faoliyat yuritadi.
Maxsus ehtiyojli bolalarning maxsus ta’lim tizimda o’qitilishi ularning
maktabni tugatgach ijtimoiy jamiyatga moslashib ketishlarini qiyinlashtiradi.
Shuningdek ularning o’z oilasidan uzokda bo’lishlariga majbur qiladi. Bu
toifa bolalar boqimandalikka o’rganib qoladilar, o’z-o’ziga xizmat qilishlarida
qiyinchiliklarga duch keladilar. Bundan tashqari juda ko’plab maxsus ehtiyojli
bolalar ta’limdan chetda qolib ketmokdalar. Hozirgi kunda Respublikamizda
alohida yordamga muhtoj bolalarni rivojlanish darajasi, imkoniyati nuqson
xususiyatlari va qobiliyatlariga ko’ra maxsus yoki umumta’lim tizimida ta’lim
olishini amalga oshirish maqsadida inklyuziv ta’lim siyosati amalga
oshirilmokda.
Biroq inklyuziv ta’limning mazmun mohiyati to’g’risidagi bilim va
ma’lumotlar hali jamiyatda yetarli emas. «Inklyuziv» va «integrasiyalashgan»
atamalari ko’pincha bir xil ma’noda ishlatiladi. Shunga qaramasdan falsafada
ushbu tushunchalar orasida juda katta farq bor.
- 4 -
Nogiron bolani oddiy sharoitga joylashtirish integrasiyaga qarab
qo’yilgan birinchi qadamdir.
Integrasiyalashgan ta’lim bu-diqqat markazida bolaning aynan
maktabga kelib ketish muammosi turgan, maxsus ehtiyojli bolaning maktabga
qatnash jarayonidir.
Integrasiyalashgan ta’limda bolaga muammo sifatida qaraladi. Bu
ta’lim tizimining quyidagicha shakllari mavjud:
A) Jismoniy integrasiya. Integrasiyaning bu shakli nogiron va
nogiron bo’lmagan bolalar o’rtasidagi jismoniy farqni kamaytirishga
qaratilgan. Oddiy maktab bilan yonma-yon joyda nogiron bolalar uchun
maxsus bo’lim yoki sinf tashkil qilish mumkin.
B) Funksional integrasiya. Bu shakl nogiron va nogiron
bo’lmagan bolalar o’rtasidagi funksional muammolarni kamaytirishga
qaratilgan.
V) Ijtimoiy integrasiya. Itegrasiyaning bu shakli ijtimoiy
muammolarni kamaytirishga qaratilgan va u nogiron hamda nogiron
bo’lmagan bolalar o’rtasidagi o’zaro aloqani qo’llab – quvvatlaydi.
G) Jamiyatga integrasiya qilish kabilar.
Integrasilashgan talim tizimining bir qator quyidagicha chegaralangan
tomonlari mavjud:
Umumta’lim muassasalarda kompleks tibbiy-pedagogik yordam olish
imkoniyati bo’lmaydi.
Umumta’lim maktab pedagogi maxsus mayetodikani bilmaganligi sababli
imkoniyati cheklangan bolalarning maxsus ehtiyojlarini qondirmaydi.
Umumta’lim maktablarida tiflo, surdotexnik vositalar, maxsus tibbiyot
uskunalar bo’lmaydi.
Sinfda o’quvchilar soni 25 tadan-35 gacha yetadi va oqibatda ularning
barchasiga ko’p vaqt ajrata olmaydi.
Umumta’lim maktablarda o’quvchilarda maxsus malaka va ko’nikmalarni
shakllantirish uchun mutaxassislar bo’lmaganligi sababli, imkoniyat topish qiyin.
- 5 -
Umumta’lim maktablarda alohida dastur va darsliklardan foydalanish
imkoniyati bo’lmaydi. Inklyuziv ta’lim tizimi integrasilashgan ta’lim
tizimidan uzinig mazmun – moxiyati, maqsadi, vazifalari va harakat dasturi
bilan farqlanadi.
Inklyuziv ta’lim bu -davlat siyosati bo’lib, nogiron va sog’lom
bolalar o’rtasidagi to’siqlarni bartaraf etish, maxsus ta’limga muhtoj bolalar,
(ayrim sabablarga ko’ra nogiron bo’lgan) o’smirlar rivojlanishda uchraydigan
nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga
moslashtirishga yo’naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo’shishni ifodalovchi
ta’lim tizimidir.
Inklyuziv ta’lim alohida yordamga muhtoj bolalarni normal
rivojlanishdagi bolalar bilan teng xuquqlilik asosida ta’lim tarbiya olishlarini
taminlaydi. Shuning uchun ham ahamiyatlidir.
Tavsiyalarda barcha bolalarning ta’lim olish muhitini o’rganib maxsus
ehtiyojli bolalarning ta’limiy ehtiyojlariga umumiy baho beriladi. Asosiy
ma’no shundaki, sog’ligining yomonlashuvi yoki rivojlanishining orqada
qolishi sababli alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalarni ham mumiy ta’lim
jarayoniga kushish mumkin. Inklyuziv ta’limda, ta’lim berishning diqqat
markazida bola turadi (o’quv rejasi emas) deb bu jarayonga yondashadi.
Ushbu yondashuvlar bolalar xar xil sharoitda o’qiydi , rivojlanadi,
ma’lumotni xar xil tezlikda qabul qiladi degan e’tirofga asoslanadi. Ular xar
bir bolaning shu qatorda maxsus ehtiyojli bolalarning ham ehtiyojlarini
qondiradigan ta’lim muxitini yaratib berishga qaratilgan.
Mazkur tavsiyalarning maqsadi - maktablarni maxsus ehtiyojli
bolalarnig ehtiyojlariga javob beradigan qilib moslashtiradigan jarayonni qo’llab–
quvvatlash. «Moslashtirish» deganda nafaqat maxsus ehtiyojli bolalarni
maktabga bemalol borib kelishi, balki shu qatnashdan kandaydir foyda
olishi va optimal o’quv rejasining mavjudligidir. Maktab muxiti
moslashuvchan bo’lib, bola ta’limdagi tartibga moslashishi kerak deb taxmin
qilinmasdan, alohida xar bir bolaning ehtiyojlarini qondirishi kerak.
- 6 -
«Inklyuziv ta’lim” o’z maqsadidan kelib chiqqan holda bir qator
quyidagi vazifalarni hal etadi:
- inklyuziv va integrasiyalashgan ta’lim tizimi haqida ma’lumot berish;
-inklyuziv ta’limning huquqiy asoslarini ochib berish;
-inklyuziv ta’limni joriy etish oldida turgan muammolarni o’rganish va
bu muammolarni xal etish yo’llarini izlab topish;
-inklyuziv ta’limni qo’llab-quvvatlashnig asoslarini o’rganish;
-inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish tamoyillarini taxlil qilish;
ish tajribalarini taxlil qilish kabilardan iborat.
Shu maqsadni amalga oshirish uchun biz tadqiqotimizning maqsadini va
ustivor vazifalarini belgilab oldik.
Tadqiqotning maqsadi: jamiyatda nogiron va sog’lom bolalar o’rtasidagi
to’siqlarni bartaraf etish, maxsus ta’limga muhtoj bolalar, (ayrim sabablarga
ko’ra nogiron bo’lgan) o’smirlar rivojlanishda uchraydigan nuqsonlar yoki
iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga
yo’naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo’shishni ifodalovchi ta’lim tizimini
yo’lga qo’yish va ularga yordam berishdan iborat.
Tadqiqotning ob’ekti: Jizzax maxsus maktabgacha tarbiya muassasalari
tanlandi.
Tadqiqotning predmeti: sifatida maxsus ta’limga muhtoj bolalar, (ayrim
sabablarga ko’ra nogiron bo’lgan) o`rganish belgilandi.
Tadqiqot vazifasi: Inklyuziv ta’lim nogiron bolalarni ta’lim jarayoniga
integratsiya qilish hamda umumta’lim maktablarini nogiron bolalarga
moslashtirishni ko’zda tutadigan, ijtimoiy adolat va tenglikni bosh maqsad qilib
olgan jarayon belgilandi.
Tadqiqotning ilmiy farazi:
Inklyuziv ta’limni joriy etish oldida turgan muammolarni o’rganish va
bu muammolarni xal etish yo’llarini izlab topish, tadbiq etish texnologiyalari
ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etilsa ko`zlangan natijaga erishish mumkin.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
- 7 -
- O’zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish
borasidagi nazariy, amliy va huquqiy ahvolni o’rganish;
- inklyuziv ta’lim muasasalarining maqasad va vazifalarini belgilash;
- resurs o’qituvchinig ish faoliyati va maqsadi bilan tanishish;
- inklyuziv ta’lim muasasalarining xodimlari vazifalari bilan tanishish;
- inklyuziv ta’lim muasasalari mutaxassislarining ota-onalar bilan
hamkorligining yo’lga qo’yilganlik darajasini aniqlash;
- inklyuziv ta’lim muassasalarida olib borilayotgan isloxotlarni o’rganish;
- inklyuziv ta’limga jalb qilish boskichlarini, amaliyotga joriy etish
yo’llarini o’rganish, ish tajribalarini taxlil qilish kabilardan iborat.
Shu maqsadni amalga oshirish uchun biz tadqiqotimizning maqsadini va
ustivor vazifalarini belgilab oldik.
Tadqiqotning ilmiy-amaliy ahamiyati:
1. Inklyuziv ta’lim joriy etilsa maxsus ehtiyojli bolalarga doimo o’z oilasi
mahallasi va qarindosh-urug’lari davrasida bo’lishga imkon beradi.
2. Inklyuziv ta’lim maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa maxsus
yordamga muhtoj bolalar ijtimoiy tomondan himoyalandilar, ijtimoiy hayotda
teng xuquqliligini, o’z tengdoshlari bilan birga bilim olishlari mumkinligini
his etadilar.
Tadqiqotning metodologik asosi:
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ta’lim-tarbiyaga oid
asarlari, O`zbekiston Respublikasining «Ta’lim to`g`risida»gi Qonuni «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi», maxsus maktab o’quvchilari ta’lim faoliyatini
takomillashtirishga qaratilgan me’yoriy hujjatlar hamda mavzuga oid ilmiy
psixologik va pedagogik, metodik manbalar.
Himoyaga olib chiqiladigan holatlar:
Inklyuzv ta’lim va uning o’ziga xos xususiyatlari.
Inklyuziv ta’lim va uning moxiyati.
Inklyuziv ta’limni joriy qilish davr talabi sifatida.
O’zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’lim tizimining joriy etilish masalalari.
- 8 -
Inklyuziv ta’lim tamoyillari va ular mazmuni.
Inklyuziv ta’lim maqsadi va vazifalarini oshirishda resurs o’qituvchining o’rni va
roli.
Umum ta’lim maktablari tizimidagi nuqsonli o’quvchilarning inklyuziv ta’limini
tashkil etishning maqsad va vazifalari.
Inklyuziv ta’limni amaliyotga joriy qilish oldida turgan muammo va to’siqlar.
Ishning tarkibiy tuzilishi:
Ish kirish, 2 bob, 7 ta paragraf, tajriba-sinov natijalari, xulosa, ilova va
foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
- 9 -
I-BOB. INKLYUZV TA’LIM VA UNING O’ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
1.1. Inklyuziv ta’lim va uning mohiyati
Har qanday jamiyatda kelajak vorislari bo’lmish farzandlarni mas’ulayatni
his etadigan, ularni davlat taraqqiyoti va gullab-yashnashiga salmoqli ulush
qo’shadigan munosib fuqarolar bo’lib etishishlariga katta umid bilan qaraladi.
Dunyoga “O’zbek modeli” deb nom olgan rivojlanish yo’li bilan tobora ko’proq
tanilayotgan O’zbekistonda ham bolalar huquqlarini himoya qilishga juda katta
e’tibor berilmoqda. Mamlakatimizda maktab, litsey, gimnaziya, kollej kabi bilim
dargohlari bilan birgalikda turli maxsus maktab internatlar, mehribonlik uylari
faoliyat ko’rsatayotganligi ham fikrimizning isbotidir. Ko’plab davlatlarda bo’lgani
kabi O’zbekistonda ham imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus tashkillangan
maktablar bor. Ularning vazifasi bolalarni maxsus o’quv yurtlariga tayyorlashdir.
Bolalarni himoya qilish xalqaro tashkiloti Konvensiya tizimiga o’zining
asosiy maqsadi etib bola huquqlarini asos etib oladi. Bola huquqlari xalqaro
Konvensiya hamma bolalarning ehtiyojini hisobga olgan, huquq va qobiliyatlarini
hurmat qiladigan ta’lim tizimini yaratish g’oyasini ilgari surdi. Chunki har bir bolada
– u sog’lommi yoki nogironmi – takrorlanmaydigan xarakter, qiziqish, imkoniyat va
bilimga ehtiyoj bor.
Hamma bolalarning ehtiyojlarini hisobga olgan, huquq va qobiliyatlarini
hurmat qiladigan, ijtimoiy adolat hamda tenglikka erishishni maqsad qilib olgan
ta’limtizimi inklyuziv ta’lim deyiladi.
Inklyuziv ta’lim nogiron bolalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish
hamda umumta’lim maktablarini nogiron bolalarga moslashtirishni ko’zda tutadigan,
ijtimoiy adolat va tenglikni bosh maqsad qilib olgan jarayondir.
Inklyuziv ta’lim ijtimoiy modelga asoslanadi va u muammoni bolada
emas, balki dastur va metodologiyada deb hisoblaydi. Bunday ta’lim tizimiga ba’zi
bir o’zgartirishlar kiritishni taqazo etadi. Bunda har bir bolaning ehtiyojini hisobga
olgan holda o’quv rejalari tayyorlanadi, uslubiyotning psixologik muammolari bilan
bog’liq tomonlari to’g’ri yo’lga qo’yiladi. Inklyuziv ta’lim hamma bolalarni, shu
- 10 -
jumladan, nogiron bolalarni ham o’zlari xohlagan maktabda o’qishi mumkin, deb
xulosa chiqaradi.
Bolaning nogiron bo’lib qolishiga jamiyat, undagi muhit,
tushunmovchiliklar, yo’l qo’yilgan xatolar sababchi bo’lgan. Demak, uning o’qishi
uchun ham shu jamiyatning o’zi jon kuydirishi shart.
Bola huquqlari xalqaro Konvensiyadan kelib chiqib, yaxshi maktab
ta’limini uch xil ibora bilan ta’riflash mumkin, ya’ni:
- mos keluvchi;
- rivojlantiruvchi;
- inklyuziv;
Konvensiyaning 6-moddasida shunday satrlar bor: “Tirik qolish va rivojlanish”.
Bu modda mos keluvchi ta’limga taalluqli. Rivojlantiruvchi ta’lim 29-moddada
ko’rsatilgan: “Ta’lim shaxsning yuqori darajada rivojlanishiga, iqtidorli, aqliy va
jismoniy qobiliyatlarini o’stirishga yo’naltirlgan bo’lishi, bolani erkin jamiyatda faol
yashashga tayyorlash kerak”.
2-va 28-moddalar inklyuziv ta’limga tegishli bo’lib, ularda kamsitishning olsini
olish, ta’lim hamma uchun qobiliyatiga yarasha ekanligi belgilab qo’yilgan.
Maxsus ehtiyojli bolalar, boshqa bolalar, o’qituvchi va tarbiyachilar faoliyati
inklyuziv ta’limda o’ziga xos o’rin tutadi. Bunday ta’lim tufayli maxsus ehtiyojli
bolalar:
- jismoniy va ruhiy ehtiyojlarini qondiradilar;
- ijtimoiy xulq va o’ziga-o’zi xizmat ko’rsatish malakalarini yaratadilar;
- ularning imkoniyatlarini hisobga olgan o’quv materiallarini o’zlashtiradilar;
- tengqurlari bilan turli o’yinlarda ishtirok etib rivojlanadilar;
- jismoniy tarbiya darslarida shaxmat-shashka o’yinlari, turli sport
musobaqalarida vaqtni kuzatuvchi hakam yoki darvozabon bo’lishlari mumkin;
- do’stona muhitda do’st orttiradilar;
- turli ko’ngilochar va bayramona dasturlarda ishtirok etadilar. Boshqa bolalar
esa;
- do’stona muhitni yaratadilar;
- 11 -
- maxsus ehtiyojli bolalarga g’amho’rlik qiladilar,ularni turli o’yinlarga jalb
qiladilar;
- sinf tadbirlarida ishtirok etadilar;
- tozalik va ozodalikni ta’minlaydilar;
- jamoa oldida ma’suliyat hissini rivojlantiradilar;
- didaktik va o’yin vositalarini tayyorlashda birgalikda ishtirok etadilar;
- o’qituvchi va tarbiyachilar bolalarni bir-birlarining ichki dunyolarini
tushunishga o’rgatadilar;
- har bir bolaning qobiliyati va imkoniyatini hisobga oladilar;
- har bir bolada hayotiy malaka va mustaqillikni shakllantiradilar;
- ishlarni tahlil qiladilar va baholaydilar;
- ota-onalarga amaliy yordam ko’rsatadilar;
- barcha bolalarga birdek bilim berib, tarbiyalaydilar;
Demak; inklyuziv ta’lim maxsus ehtiyojli, nogiron bolalar ham faqat maxsus
maktablarda emas, balki sog’lom bolalar o’qiydigan umumta’lim maktablarida
ham ta’lim-tarbiya olishlari mumkin ekanligini e’tirof etadi. Buning uchun esa
maktab ham, o’qituvchi-tarbiyachilar ham inklyuziv ta’lim tizimiga tayyor bo’lishi,
maktab darajasi, jismoniy sharoit va o’qishga imkon omillari shu ta’lim talablariga
to’la javob berishi kerak.
Maktab darajasida integratsiyani muvaffaqiyatli kiritishga bir necha o’zaro
bog’liq omillar ta’sir ko’rsatadi. Markaziy omil o’quv dasturiga kiritish
imkoniyatidir. Shuningdek, binolarning jismoniy joylashuvi, o’qish uchun imkoniyat
va moliyalashgan imkon ham asosiy omilllardandir.
Inklyuziv ta’limda maktabdagi jismoniy sharoit ham katta o’rin tutadi. Oddiy
qilib aytadigan bo’lsak, barcha maktablar eshigiga o’quvchilar zinapoyalar orqali
kirib boradilar. Lekin bu zinapoyalardan maxsus aravachalarda yuradigan nogiron
bolalar ko’tarila olmaydilar, hatto qo’ltiqtayoqda yuradigan bolalar ham,
qiynalishlari mumkin. Demak, zinapoyalardan ham , eshiklardan ham sog’lom
bolalar bilan birga nogiron bolalar ham bemalol o’tishlari uchun qulay sharoit
- 12 -
yaratilishi shart. Bundan tashqari, sinf xonalari va laboratoriyalardagi maxsus
o’rindiq hamda moslamalar ham nogiron bolalarga mos bo’lishi kerak.
O’qishga imkon yaratish ham juda muhimdir. Yozish qobiliyatlarida buzilish
mavjud bo’lgan bolalarga tovush va tasvirni kattalashtirish etarli bo’lmaydi. Bunda
o’quvchilar imo-ishora yoki Brayl xatini puxta o’rganishlari kerak.
Aqliy nuqsoni bor bolalar soddalashtirilgan yozma yoki og’zaki informatsiyani
olishlari kerak. O’quv rejasini bunday differensiyalash o’qituvchilarda o’z ishlariga
ijodiy yondashishni taqozo etadi. Maktab ma’muriyati buning uchun o’qituvchilarga
imkon yaratib berishi kerak. Bunday ijodiy yondashuv o’quv rejasiga qattiq talab
qo’yilgan joylarda birmuncha qiyinchilik tug’dirishi mumkin.
“Bolalarni
qutqaring” (Buyuk Britaniya) tashkiloti, uning boshqa
mamlakatlardagi tashkilotlari inklyuziv ta’limdagi asosiy to’siqlarni xalq ta’limi
tizimi va maktablarga qo’yadi. Bizning fuqarolik jamiyatiga qadam qo’yayotgan
davlatimizda bunday to’siqlarni o’z-o’zini boshqarishning milliy modeli bo’lgan
mahallalarda hal etish mumkin. E’tiborsizlik (1), yashirish (2), mablag’ masalasi (3),
sharoitga moslashmaslik (4), kambag’allik (5), sinfda o’quvchilar sonining ko’pligi
(6), kamsitish (7), qaramlilik (8), kutilmagan holatlar (9) kabi to’siqlarni
mahallalarda bemalol bartaraf etsa bo’ladi, yoki bu muammolarni hal etishni
quyidagi jadval asosida shunday taqsimlash mumkin (sxemaga qarang).
Bir qancha davlatlar tajribasi, jumladan, Norin (Qirg’iziston) va Qo’qon
shaxarlaridagi inklyuziv ta’lim loyihasining tajribasi maxsus ehtiyojli bolalarni
sog’lom tengqurlari bilan birgalikda o’quv-tarbiya ishlarida har tomonlama faol
ishtirok etishlari mumkinligini tasdiqladi.
Oila – 2, 3, 5
Maktab – 1, 2, 4, 5,6
Mahalla – 1, 3, 4, 5, 7,
Xalq ta’limi tizimi – 2, 3, 4, 6
Bola – 4, 8
- 13 -
1.2. Inklyuziv ta’limni joriy qilish davr talabi sifatida.
Maxsus yordamga muhtoj bo’lgan bolalar ta’lim-tarbiyasi ularni o’qish
va yozishga o’rgatish muammolarini ijtimoiy hayotga moslashtirishga ko’mak
berish, bu ishlarni samarali amalga oshirish, maxsus soxa xodimlari hamda
nogron bolalar ota-onalariga amaliy yordam berish kabi masuliyatli ishlar
jumlasiga kiradi.
Maxsus yordamga muhtoj bolalar asosiy muamolarini ular o’zlari
yashab turgan muxitdan, oiladan uzoqda ta’lim tarbiya berish bilan hal qilib
bo’lmaydi. Jamiyat o’z a’zolariga javobgarlikni o’z bo’yniga olmas ekan,
cheklab qo’yilgan huquq va imkoniyatlar qaytarib berilmas ekan ijtimoiy
integrasiyaga erishish qiyin.
Maxsus ehtiyojli bolalarni ta’lim tarbiyasida tenghuquqlilik muammosini hal
etish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Ammo bugungi kunda ham
juda ko’plab bolalar turli xildagi sabablarga ko’ra ta’limdan chetda qolib
ketmoqdalar. Inklyuziv ta’limga jalb qilishning tashkiliy, ilmiy-uslubiy
choralarini ko’rib chiqish ya’ni mutaxassislarini tayyorlash, malakasini
oshirishga oid tadbirlarni ishlab chiqish lozim. Alohida yordamga muhtoj
bolalarni umumta’lim muassasalariga jalb qilishning ikki asosiy omili bor:
Birinchidan, alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalar ham sog’lom bolalar
bilan birgalikda o’zaro faoliyat ko’rsatishlari mumkin. Inklyuziv ta’lim
maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa, maxsus ehtiyojli bolalar ijtimoiy
tomondan himoyalanadilar, sog’lom bolalar esa ijtimoiy adolat va tenglikning
tan olinishi buyukligini nogiron bolalarga nisbatan yanada mehribon va
e’tibor bilan munosabatda bo’lishni his etadilar.
Ikkinchidan, nogiron bolalar ham sog’lom tengdoshlari bilan yonma-
yon o’qish, tarbiyalanish huquqiga ega ekanligi.
Bu ishlarni muvaffaqiyati xar bir davlatning qonunlarida aks etilishi zarur.
Chunki, qonunlar, ularni kerakli moddiy va ma’naviy resurslar bilan
ta’minlanishini amalga oshirishni kafolatlaydi. Imkoniyati cheklangan bolalar-
o’quvchilarga ta’lim berishda, ota-onalar, mahallalar pedagoglar, mutaxassislar
- 14 -
hamkorligida faoliyat ko’rsatishlarini talab qilinadi va majburiy shart
hisoblanadi.
Alohida ehtiyojli bolalar ham sog’lom tengdoshlari bilan birgalikda o’z
qobiliyat darajasida faoliyat ko’rsatish, ta’lim olishi, kasb-xunar o’rganishi va
rivojlanishi mumkin. Inklyuziv ta’lim maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa
maxsus yordamga muhtoj bolalar ijtimoiy tomondan himoyalandilar, ijtimoiy
hayotda teng xuquqliligini, o’z tengdoshlari bilan birga bilim olishlari
mumkinligini his etadilar.
Alohida ehtiyojli bolalar uchun tashkil etilgan segregasion-maxsus, yopiq
turdagi muasasalarda bolalardagi mavjud nuqsonlar ancha-muncha yuqori darajada
korreksiyalansada, ammo bolalarning maktab jamoasidagi tor doiraga tushib
qolishlari
natijasida
ijtimoiy
jamiyatga
moslashishi,
kelajakda
normal
rivojlanishdagi boalalar qatori faoliyat yuritishlarida juda katta qiyinchiliklarga
duch keladilar. Maxsus maktablar mana shu jihatlari bilan juda katta
kamchiliklarga ega. Bundan tashqari maxsus ehtiyojli bolalarni barcha qatori keng
jamoatchilik davrasidan ajratgan holda yashashlari ham demokratiya nuqtai
nazariga to’g’ri kelmaydi. Chunki maxsus ehtiyojli bolalar ham barcha qatori haq-
huquqlarga ega. Shuning uchun ham 1990 yilda Djonpiyeyen (Tailand)da juda
muhim koferensiya o’tkazildi. Bu konferensiya “Ta’lim hamma uchun”
maqsadini shakllantirishga qaratilgan bo’lib, unga 155 ta davlat vakillari va
150dan ortiq nodavlvt tashkilotlari qo’shildilar. Tahlil shuni ko’rsatadiki,
taxminan 10-15% bolalar maxsus ta’limga muhtoj ekanligi aniqlandi.
Djomtiyen (Tailan)da o’tkazilgan konferensiya asosida “Ta’lim hamma
uchun” shiorini qo’llab-quvvatlash va amaliyotga tadbiq qilishni tahlil etish
maqsadida 1994 yilda YuNESKO tashkiloti va Ispaniya davlati bilan
hamkorlikda Salamanka - Ispaniya umumjahon konferensiyasi o’tkazildi. Ushbu
konferensiya ishtirokchilarining maqsadi va vazifasi butun dunyodagi
imkoniyati cheklangan bolalarning umumta’lim muassasalarida ta’lim olishlari
uchun qulayliklar yaratish, maktabda o’qitish vazifasini amalga oshirish
- 15 -
uchun maktab isloxotlarini o’tkazish zarurligi to’g’risida fikr-muloxazalar
yuritishga qaratilgan edi.
Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalariga jalb etishga bo’lgan
ehtiyoj bu shunda namoyon bo’ladiki, ta’lim tizimidan butunlay chetda qolib
ketayotgan maxsus ehtiyojli bolalarni ta’limga jalb etish, maxsus muasasalarga
borishga yashash joyi juda uzoqda bo’lganligi yoki moddiy mablag’ning
yetishmasligi yoki ota-onalarning o’z farzandini maxsus muassasaga borishini
hohlamasligi oqibatida qiynlalayotgan ota-onlalargan ko’mak berish, maxsus
ehtiyojli bolalarni ijtimoiy jamiyatga erta va to’laqonli moslashtirish, teng
huquqlilik masalasini hal etish, kamsitishlarni oldini olishdadir.
Inklyuziv ta’lim masalasi 90-yillarning diqqat markazija bo’lib qoldi. Janubiy
Afrika va Janubiy Sharqiy Osiyodagi integrasiyalashgan ta’lim dasturlari asosida
yakuniy ish hujjatlari o’rganilib chiqildi. Natijada barcha davlatlarning Ta’lim
Vazirliklarida maxsus maktablar qoshidagi maxsus bo’limlarga muqobil sifatida
inklyuziv ishlash uslublari qabul qilindi.
Inklyuziv ta’limga bo’lgan ehtiyoj uning jamiyatga va maxsus ehtiyojli
bolalar uchun quyidagi nafli jihatlari mavjudligidan kelib chiqadi:
Inklyuziv ta’lim maxsus ehtiyojli bolalarga doimo o’z oilasi mahallasi va
qarindosh-urug’lari davrasida bo’lishga imkon beradi.
Bolalarni oilasidan, uyidan uzoqda bo’lgan iternatlarga joylashtirish ularning
uyi, oilasi hamjamiyat hayotiga ishtirok etish huquqiga to’sqinlik qiladi. Uyidan,
oilasidan, ota-ona mehridan uzoqda bo’lgan bola diydasi qattiq bo’lib o’sadi.
Chunki oila tarbiyaning bosh markazidir.
Inklyuziv ta’lim barcha uchun ta’lim sifatini yaxshilaydi.
Inklyuziv ta’lim ta’lim sifatini yaxshilashga olib keladigan katalizator bo’lib
xizmat qilishi mumkin. Maxsus ehtiyojli bolalrni umumta’lim muassasalariga
qabul qilinishi o’quvchilarni yanada bolaga qaratilgan faolroq va ko’proq
o’quvchilarni qamraydigan yangi o’qitish uslublarini ishlab chiqishga undaydi.
Buning nafi esa hamma bolaga tegadi.
Inklyuziv ta’lim kamsitishlarni oldini olishga yordam beradi.
- 16 -
Jamiyatda nogironlargan nisbatan yanglish fikr va munosabat juda
yuqoridadir. Ular haqida ma’lumotlarning kamligi va ularni yoshligidan maxsus
muassasalarda yopiq tarzda ta’lim tarbiya berilishi bunga sababa bo’lishi mumkin.
Bunday munosabatni yo’qotish yoki kamaytirish ancha mushkul ishdir. Lekin
tajribadan shu narsa ma’lumki, kattalarga nisbatan bolalar farqli va o’xshashlik
jihatlarni tezroq anglar ekanlar. Agarda maxsus ehtiyojli bolalar normal
rivojlanishdagi bolalar bilan birgalikda ta’lim tarbiya olsalar, bu barcha bolalarni
nogironlarga nisbatan o’zlari singari bola ekanliklarni anglab, kasitmasliklarini
ta’minlagan bo’lar edi.
1.3.O’zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’lim tizimining joriy etilish
masalalari.
O’zbekiston Respublikiasida nogiron bolalar bilan bog’liq tahlil va dastlabki
baholash ishlari 1966 yilda boshlangan.
Hozirgi kunda O’zbekistonda 250000 ga yaqin turli ko’rinishdagi nogiron
bolalar (16 yoshgacha) ta’lim olish ehtiyojiga ega. Nogiron bolalar uchun ta’lim
bilan birgalikda maxsus xizmatlar tashkil etish lozim.
Ko’zi ojizlar, kar va eshitish nuqsoniga ega bo’lgan bolalar, poliyemiyelit
bilan kasallanganlar, aqli zaif bolalar, nutqida nuqsoni bor va soqov bolalarga
mo’ljallangan 86 ta maxsus ta’lim va aralash maxsus muassasalar, 982 ta maxsus
bolalar bog’chalari mavjud.
O’zbskistonda maxsus ta’lim sohasida quyidagi tadbirlar amalga
oshirilmoqda:
- yordamga muhtoj bolalar uchun moslashuvchan va ko’p qirrali ta’lim tizimini
yaratish;
- mahalliy va mintaqaviy miqyosda maxsus ta’limning tobora oshib borayotgan
ahamiyati
asosida
ta’lim
boshqaruvini
markazlashtirish;
yordamga muhtoj bolalarga yoshlikdan toshhis qo’yish va kasalpiklarni aniqlash
uchun sharoit yaratish;
- 17 -
- milliy ta’lim standartlari asosida yordamga muhtoj bolalarga mo’ljallangon
o’quv qo’llanmalar sifatini yaxshilash;
ta’pim muassasalarining moddiy-texnika bozasini mustahkamlash;
- nogiron bolalar bilan ishlashga ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar bilan
hamkorlik aloqalarini kengaytirish;
- ko’zi ojiz bolalar uchun mo’ljallangan turli kitoblar, metodologik
adabiyotlarni chop ztish;
- nogiron bolalarni maxsus aravachalar, eshitish moslamalari, ko’zoynaklar, sport
anjomlari,ish asbob-uskunalari, kanselyariya mollari, maxsus mebellar va tibbiy
uskunalar bilan ta’minlash;
- maxsus talim sohasida kadrlar tayyorlash.
Hozirgi kunda qator ekologiq ijtimoiy va boshqa sabablarga ko’ra,
shuningdeq homiladorlikdan keyingi patologik asoratlar natijasida bola
rivojlanishi va birinchi navbatda, uning ongi, atrof-muhit tahlili holda faoliyatini
nazorat qilish va boshqarish funksiyalarining rivojlanish masalasini o’rganish
muhimdir.
Ota-onalar qishloq sharoitida yordamga muhtoj bolalariga talab darajasida
yordam ko’rsatish imkoniyatiga ega emas. Birinchidan, moddiy tomondan
imkoniyat cheklanganligi, ikkinchi tomondan esa, yordamga muhtoj bolalarning
go’dakligidan ulorning nuqsonlarini aniqlash uchun o’qituvchi va psixologlarning
malakasi talab darajasida emas.
Tarbiyachilar, psixologlar, o’qituvchilarning maxsus defektologiyaga
asoslangan o’quv dasturlarda olgan bilim va malakalari ularning maxsus
guruhlordagi faoliyatlari davamida aniq tashhis qo’yish va sifatli davalashni
amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.
Inklyuziv ta’limning asosiy maqsadi — yordamga muhtoj bo’lgan bolalarga
samarali bilim olish uchun sharoit yaratishdir.
Ushbu sharoitda yordamga muhtoj bolalarni integrasiyalash va reabilitasiya
qilish, har bir bolaning rivojlanish darajasini hisobga olgan holda ularga mos
samarali inklyuziv talim turini tanlash lozim.
- 18 -
1996 yilning noyabr oyida YuNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Milliy
komissiyasi tashabbusi asosida Toshkentda «Maxsus ta’lim sohasida inklyuziv
usullar» movzusida milliy o’quv dastur muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. 1998
yilning oktyabr oyida Buxoro shahrida ushbu mavzu bo’yicha mintaqaviy anjuman
tashkil etilgan edi. Mazkur anjuman YuNESKO, YuNISEF (BMTning bolalar
jamg’armasi), Butunjahon sog’liqni saqlash tashkiloti va Xalqaro mehnat tashkiloti
bilan hamkorlikda amalga oshirilgan. Ushbu tadbirlar notijosida 2001 yilda
O’zbekiston Xolq ta’limi vazirligi qoshida Inklyuziv ta’lim bo’yicha manba
markazi tashkil etildi. Hozirgi kunga qadar ushbu markaz tomonidan bir necha
o’quv seminarlari o’tkazildi va qator dasturlar amalga oshirib kelinmoqda.
2004 yilning iyun oyida «Sen yolg’iz emassan» respublika jamoatchilik
bolalar jamg’armasi tashabbusi asosida Toshkent shahrida «Yetim bolalarning
ijtimoiy muhofozasi» mavzusida ilk bor xalqaro anjuman tashkil etildi. Ushbu
anjuman doirasida nogiron bolalar uchun talim dasturlari ham muhokama etildi.
2005 yilning may oyida Toshkent shahrida Respublika bolalar mjtimoiy
moslashuvi markazi va «Sen yolg’iz emassan» respublika jomoatchilik bolalar
jamg’armasi tomonidan «Ijtimoiy nochor bo’lgan bolalarga ko’mak berishning
samarali shakl va usullari» nomli xalqaro forum o’tkazilgan edi. Ushbu forum
tavsiyanomalari asosida YuNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi
Milliy komissiyasi O’zbekiston Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda
YuNESKO tashkiloti rahnamoligida Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi
madaniy markaziga (Tokio, Yaponiya) maxsus loyiqa taqdim etilgan edi. Ushbu
YuNESKO markazi tomonidan «O’zbekistonda inklyuziv ta’limni joriy etish
bo’yicha bog’cha va o’rta maktablarda tajribaviy guruhlar ochish» nomli loyiha
qo’llab-quvvatlandi va yaqin kunlarda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Loyihaning asosiy maqsadi nogiron bolalarda turfa xil malakalarni oshirish
va ularning qobiliyatlorini barqaror rivojlantirish uchun sharoit yaratishdan iborat.
Ta’lim tibbiy va ijtimoiy xizmat bilan birgalikda olib boriladi. Oila va
maqallada ota-onalar uchun profilaktika hamda reabilitasiya ishlari bo’yicha o’quv
mashg’ulotlari tashkil etiladi. Ota-onalar nogiron bolalarini tarbiyalash va ularning
- 19 -
aqliy rivojlanishlarini rag’batlantirish bo’yicha pedagogik usullar, shuningdeq
ularning mustaqil bo’lishlari uchun tengdosh sog’lom bolalar bilan muloqot
qilishlari bo’yicha o’qitiladilar.
Loyiha to’qqiz bosqichdan iborat bo’lib, har bir bosqich quyidagi faoliyatlarni
qamrab oladi:
1 -bosqich: Respublika ta’lim markazi qoshidagi Maxsus talim bo’yicha
manba markazida ko’chma ta’lim guruhi tashkil etiladi. Ko’chma ta’lim guruhiga
texnik yordam ko’rsotish.
2-bosqich: «Barqaror toraqqiyot uchun inklyuziv ta’lim» mavzusida milliy
anjuman tashkil etish.
3-bosqich: Xalq ta’limi vazirligining viloyat boshqormalori bilan
hamkorlikda nuqson bilan rivojlanoyotgan bolalarni aniqlash bo’yicha tibbiy-
psixologik-pedogogik komissiyani toshkil etish. Qo’shma guruh va sinflarda
o’qitish moqsadida nuqson dorajosi me’yordon og’ishgon (3-7 yoshdagi) bolalarni
aniqlash.
4-bosqich: Uslubiy tavsiyanomalar, qo’llanmalar va dasturlarni nashr qilish.
5-bosqich: Pedagog-tarbiyachilar, o’qituvchilar, psixologlarning qo’shma
guruhlari va sinflarda bolalardagi nuqsonlarni tuzatish va rivojlantirishga
yo’naltirilgan dasturlarini ishlab chiqish bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini tashkil
etish.
6-bosqich: Mavjud bolalar ta’limi muassasalarida, 2 ta bog’cha va 2 ta o’rta
maktabda maxsus tajribaviy guruh tashkil etish, Texnik yordam ko’rsatish.
7-bosqich: Maktabgacha inklyuziv ta’lim Ixtisoslashgan ishlab chiqilgan
tajribalarni targ’ib qilish bo’yicha ilmiy-uslubiy, amaliy-mintaqaviy anjumanni
tashkil etish.
8-bosqich: Monitoring va baholash.
9-bosqich: Moliyaviy hisobot.
Loyiha yordamga muhtoj bolalar, ularning ota-onalari, bog’cha pedagog-
tarbiyachilariga qaratilgan.
- 20 -
Loyiha Respublika ta’lim markazi qoshidagi Inklyuziv ta’lim bo’yicha
manba markazi tomonidan Toshkent Davlat pedagogika universitetining
Boshlang’ich ta’lim va defektologiya fakulteti, YuNESKOning O’zbekistondagi
vakolatxonasi va YuNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Milliy komissiyasi,
shuningdeq boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Loyiha bir yil muddatga mo’ljallangan.
Inklyuziv ta’lim bo’yicha manba markazi 2001 yilda O’zbekiston Xalq
talimi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazida tashkil etilgan.
Tashkilotning
asosiy faoliyati quyidagilardan iborat:
- nogiron bolalar ta’limi sohasida faoliyat ko’rsatuvchi o’qituvchi va
tarbiyachilar uchun turli anjuman va o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish
orqali O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga inklyuziv ta’limni tatbiq etish;
- nogiron bolalar uchun o’quv darsliklarini yaratish;
- nogiron bolalar uchun tajribaviy maydonlar barpo etish;
- bola uchun alohida rivojlantirish rejasini yaratish;
- pedagoglar va ota~onalarga maslahat xizmatini ko’rsatish;
- uslubiy qo’llanmalar, tavsiyanomalar, maxsus maktablarda nogiron
bolalar bilan ishlash rejasini yaratish;
- yuridik faoliyat va ijtimoiy muhofaza bo’yicha ma’lumot bilan ta’minlash;
- nogiron bolalar ta’limi sohasida faoliyat yurituvchi jamoat va davlat
tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
- nogiron bolalar ta’limi sohasida mavjud kamchiliklarni ommaviy
axborot vasitalarida yoritib borish;
- xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish; maxsus ta’lim sohasidagi
tajribalarni tatbiq etish.
Ta’lim sohasida yordamga muhtoj bolalarning tahsil olishlari hamisha
jamiyatning diqqat markazida turgan dolzarb masala hisoblanadi. Shunday ekan,
ularga ta’lim beruvchi pedagoglar va mutaxassislor malakasini oshirish, zarur
zamonaviy qo’llanmalar, jihozlar bilan ta’minlash ham bu masalani hal qilish
uchun qo’yilgan qadamlardan biri hisoblanadi.
- 21 -
BMT tomonidan 1989 yilda qabul qilingan «Bola huquqlari to’g’risidagi»gi
Konvensiyasi hamma bolalarni, shu qatori maxsus ehtiyojli bolalar
huquqlarini ham himoya qiladi va qo’llab-quvvatlaydi. Aynan 2, 23, 28, 29 -
moddalarda maxsus ehtiyojli bolalari huquqlari belgilangan.
Bolalar huquqlari To’g’risidagi Konvensiyaning 2-moddasi maxsus
yordamga muhtoj bolalar uchun asosiy modda hisoblanadi. Unda mazkur
Konvensiyadagi har bir modda irqi, dini, millati, etnik yoki ijtimoiy kelib
chiqishidan qat’iy nazar barcha bolalaga tegishliligi haqida ta’kidlanib,
“Barcha huquqlar har bir bola uchun tegishli. Kamsitish yoki jazolashning
barcha shakllaridan bolaning himoyasini ta’minlash uchun zarur choralarni
ko’rish ishtirokchi davlatlar majburiyatlariga kiradi” deb bayon qilingan.
Shuningdeq Bolalar huquqlari to’g’risidagi Konvensiyaning 23-bandida
maxsus ehtiyojli bolalarning ta’limi xususida quyidagicha ta’kidlangan “Nogiron
bolani maxsus ehtiyojlarini aniqlab, uni ijtimoiy hayotga qo’shishi va shaxs
sifatida rivojlana olishiga yetaklovchi vasita hisoblanadigan ta’lim olishga har
tomonlama yordam berishi lozim. Ishtirokchi davlatlar aqliy va jismoniy jihatdan
yaxshi rivojlanmagan bola o’zining qadr-qimmatini ta’minlaydigan, o’ziga ishonch
tug’diradigan va uning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini yengillashtiradigan
sharoitlarda yashashlarini ta’minlaydilar”.
Maxsus ehtiyojli bolalrni umumta’lim muassasalari tizimida o’qitish
ularning haq-huqularni ta’minlaydi. Shuning uchun Bolalar huquqlari
to’g’risidagi Konvensiya maxsus ehtiyojli bolalarni huquqlarni ta’minlaydigan
asosiy huquqiy me’yoriy hujjatdir.
Salamanka bayonoti va ish faoliyati rejasi inklyuziv ta’lim bo’yicha
halqaro miqiyosidagi hujjatdir. Ushbu hujjat 1994 yilda YuNESKOning
maxsus ehtiyojli shaxslar ta’limini tashkil etishga qaratilgan “Ta’lim hamma
uchun” g’oyasini rag’batlantirishga yo’naltirlgan Salamankada tashkil etilgan
Konferensiyada inklyuziv ta’lim konsepsiyasini rivojlanishi uchun zarur
bo’lgan siyosiy, tashkiliy, huquqiy, uslubiy o’zgarishlar ko’rib chiqildi. Shu
asosda ta’lim tizimi va mazmuni tubdan qayta ko’rib chiqildi va alohida
- 22 -
ehtiyojli bolalarni umumta’lim tizimida ta’lim olishi uchun zarur bo’lgan
huquqiy me’yoriy asoslari yaratildi.
Ushbu harakat rejasining asosiy tamoyilliri jumlasiga quyidagilar kiradi:
“Maktablar jismoniy aqliy, ijtimoiy, emosional, tilidagi va boshqa nuqsonlaridan
qat’iy nazar hamma bolalarni qabul qilishi shart...” (Salamanka Bayonoti, 3-band)
Salamanka Konferensiyasida inklyuziv ta’limni rivojlanishi uchun zarur
bo’lgan siyosatdagi o’zgarishlar ko’rib chiqildi, hamda qatnashchilar umumta’lim
maktablarini maxsus ehtiyojli bolalrga moslashtirish usullarni ishla chiqdilar. Unda
ikkita yo’nalish belgilab olindi:
- Maorif tizimi va ta’lim dasturlari turli xususiya va ehtiyojlarni hisobga
olgan holda tuzilib shu ishga yo’naltirilsin;
- Maxsus ehtiyojga ega bo’lgan bolalar uchun oddiy maktablarga borish
imkoniyati yaratilsin.
2000 yilning 26-28 aprel kunlari Dakar-Senegalda o’tkazilgan Xalqaro
forumda “Ta’lim hamma uchun” milliy harakat reja - dasturini bajarish
maqsadida keng qamrovli ishlarni hamkorlikda va halqaro miqyosida olib
borilishi lozimligi hamda barcha rivojlangan mamlakatlar 2015 yilga qadar
hamma uchun teng majburiy ta’limga o’tishlari ta’kidlangan. Bu muammo
bo’yicha tajribalarni o’rganish va tashabbusni qo’llab-quvvatlash YuNESKO va
YuNISEF tashkiloti tomonidan amalga oshirilmoqda.
Nogironlarni umumta’lim tizimida o’qitish masalalariga e’tibor berish
Respublikamizda 1996 yilda O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi,
Respublika ta’lim markazi va YuNESKO tashkiloti bilan hamkorlikda
respublika seminari o’tkazilishi bilan islohotlar amalga oshirila boshladi. Shu
davrdan boshlab olimlar, maxsus ta’lim tizimidagi rahbar xodimlari,
pedagoglar, umumta’lim mussasalarining rahbarlari va nodavlat jamoa
tashkilotlarining nogironlar ta’limi ehtiyojini qondirishga qaratilgan
munosabatlari o’zgara boshladi.
Respublika Ta’lim Markazining maxsus ta’lim bo’limi hodimlari imkoniyati
cheklangan
bolalarni
integrasiyalashgan
ta’lim
jarayonida
ta’lim
olish
- 23 -
strategiyasini keng joriy qilish maqsadida YuNESKO tashkiloti bilan 1996 yildan
buyon hamkorlik qilib kelmoqda. O’zbekistonda integrasiyalashgan inklyuziv
ta’lim tizimini amaliyotga tadbiq qilish maqsadida YuNESKO xalqaro tashkiloti
loyihasi asosida bir necha Respublika seminar-treninglari va xalqaro
konferensiyalar o’tkazishga muyassar bo’lindi. Konferensiyalarda ko’tarilgan
dolzarb muammolar, masalalar, tavsiyalar va ishtirokchilarning ma’ruzalari
xalqaro to’plamda chop etildi va ommaga tarqatildi. Hozirgi kunda
Respublikamizda inklyuziv ta’lim konsepsiyasini joriy qilishda asosiy dasturamal
bo’lib kelmoqda.
1998 yilda YuNESKO tashabbusi bilan Buxoro shahrida yirik
Konferensiya o’tkazildi. Konferensiyaning maqsadi alohida yordamga muhtoj
bolalarni ijtimoiy qo’llash, reabilitasiya qilish, ta’limga jalb qilish, moddiy,
texnikaviy yordamlarni tashkil qilish va ularni to’laqonli jamiyatga
moslashtirishga oid turli tashkiliy uslubiy ishlarni amalga oshirishda Markaziy
Osiyoda ko’p tarmoqli aloqalar o’rnatish edi.
Ushbu Konferensida BMT, YuNISEF, VAZ tashkilotlarining ekspertlari
shuningdeq Rossiya, Qozog’iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg’iziston
Respublikasi hamda O’zbekiston Respublikasidagi turli xil davlat va nodavlat
tashkilotlar, ma’muriy organlarning mutasaddi xodimlari ishtirok etdilar.
Imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy qo’llash va barcha qatori teng huquqli
sharoitda ta’lim olishi va biron bir bola ta’limdan chetda qolmasligiga jiddiy
muhokama etildi va rezolyusiyalar qabul qilindi. Ushbu halqaro konferensiyada
O’zbekiston Republikasi XTV va uning tasarrufidagi turli ma’muriy tashkilot
vakillari ham ishtirok etib, o’z tajribalari bilan fikr almashdilar va
respublikada ushbu muammoni hal qilish masalalari bo’yicha chora-tadbirlar
ishlab chiqildi. Shu bois O’zbekistonda alohida yordamga muhtoj bolalarni
to’laqonli maxsus ta’limga jalb qilish va integrasiya usulida ta’lim olish
2001-2002 yillarda birmuncha faollashdi. Bunga asos Xalq ta’limi vazirligi,
Respublika ta’lim markazi, YuNESKO, YuNISEF, “Opereyshen Mersi”,
“Mersi projekt” nodavlat xalqaro tashkilotlar va O’zbekistonda faoliyat
- 24 -
ko’rsatuvchi milliy tashkilotlar, jumladan “UMR”, “Ziyo”, “Imkon”, “Hayot”,
“Umidvarlik”, “Yorug’lik”, “Muruvvat”(Samarqand), “Mezon”, “Mehrigiyo”,
“ShANS”, “Nihol”, “Korreksion pedagogik Reabilitasiya markazi” kabilar bilan
hamkorlikdagi loyihalar bo’yicha amalga oshirib kelingan ishlar, chora –
tadbirlardir.
2000 yil O’zbekistonda inklyuziv ta’limning ilk asosi sifatida
Respublika ta’lim markazi maxsus ta’lim bo’limi tomonidan “O’zbekiston
respublikasida alohida yordamga muhtoj bolalar ochiq ta’lim tizimining
rivojlantirish chora-tadbir rejasi” ishlab chiqildi. Bu reja dasturda alohida
yordamga muhtoj bolalarni umumta’lim tizimga kiritishning quyidagi
tashkiliy asoslari yoritib berildi:
ommaviy axborot orqali jamiyat ongini inklyuziv ta’limga tayyorlash;
Respublikadagi alohida yordamga muhtoj bo’lgan bolalar haqida axborot
banki yaratish;
-barcha turdagi nuqsonli bolalar uchun umumta’lim va yakka tartibda
oilalarda o’qitilishi bo’yicha turli xil o’quv metodik adabiyotlar, didaktik vasitalar
ishlab chiqish va ta’minlash masalalari qayd qilingan.
Ayniqsa, 2001 yil 21-23 noyabr kunlari Toshkent shahrida o’tkazilgan
“Alohida yordamga muhtoj bolalarni ma’naviy va estetik tarbiyalash”
mavzusidagi xalqaro konferensiyada turli xorijiy mamlakatlar, Qozog’iston,
Rossiya, SNG davlatlariing ekepertlari qatnashib, o’z fikr - muloxazalari bilan
o’rtoqlashadilar. Konferensiyada qatnashgan shaxar va viloyat xalq ta’limi
boshqarma vakillari, aholini ijtimoiy muxofaza qilish, sog’liqni saqlash
vazirliklari, mutaxassislar, Oliy ta’lim professor o’qituvchilari, malaka oshirish
institutlari xodimlari, nodavlat jamoat tashkilotlari, nogiron bolalari bo’lgan
ota-onalar, matbuot va axborot vasitalari xodimlari, jurnalistlar qatnashib,
hozirgi kunda vujudga kelayotgan muammolar ustida to’xtalib, bahs-munozara
yuritdilar. Bu konferensiyada imkoniyati cheklangan bolalarning qobiliyatlari,
mehnat natijalari, san’at, sportda erishgan yutuqlari va mahoratlari namoyish
etildi. Uning tahlili shuni ko’rsatdiki alohida yordamga muhtoj bolalarni
- 25 -
inklyuziv ta’lim tizimida ta’lim olishi ularni rivojlanishiga ijobiy ta’sir
ko’rsatishi yana bir bor ekspertlar tomonidan qayd etildi.
Inklyuziv ta’lim konsepsiyasini O’zbekistonda joriy qilish va undagi
muammolarni hal qilish maqsadida turli xil chora-tadbirlar uyushtirish,
matbuot-axborot vasitalari orqali targ’ibot-tashviqot ishlari bir muncha
faollashdi.
Respublika ta’lim markazi YuNESKO tashkiloti bilan hamkorlikda 2001 yilda
“Inklyuziv ta’lim” mavzusida seminar o’tkazib, uning tavsiyalariga asosan
Respublika Ta’lim Markazi maxsus ta’lim bo’limi qoshida “Inklyuziv ta’lim
resurs markazi” tashkil etildi. “Inklyuziv ta’lim resurs markazi”ning vazifalari
quyidagilardan iborat qilib belgilandi:
-ta’limga jalb etilmagan imkoniyati cheklangan bolalar ta’limini tashkil
etishga ko’maklashish;
-inklyuziv sinf va guruhlarni o’quv metodik majmualar bilan ta’minlash;
-joylardagi resurs markazlarga amaliy-uslubiy yordam ko’rsatish;
-imkoniyati cheklangan bolalarning ota-onalariga farzandlarini tarbiyalash,
maktabga va ijtimoiy hayotga tayyorlashga oid turli shakldagi tadbirlarni tashkil
etish, maslahatlar berish;
-imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarga ta’lim berish, kasb-hunarga
o’rgatish ishlarini amalga oshirish maqsadida umumta’lim muassasalarida
inklyuziv sinflar va guruhlar tashkil etish, ta’limni integrasiya asosida olib borish
kabilar.
2002 yilning 31 may kuni “Ta’lim hamma uchun Dakar
Deklorasiyasi”ning mohiyatini O’zbekistonda tadbiq etish yuzasidan Xalq
Ta’limi Vazirligi, YuNESKO xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda “Ta’lim hamma
uchun” mavzusida halqaro forum tashkil etildi. Forumda xalqaro YuNESKO
tashkilotining eksperti janob Kotibxon ishtirok etib forum qatinashchilariga
“Ta’lim hamma uchun” Milliy dastur rejasini ishlab chiqish mavzusida seminar
tashkil etdi.
- 26 -
Natijada 2003 yil “Ta’lim hamma uchun” dasturining Milliy rejasi
ishlab chiqildi. “Ta’lim hamma uchun” dasturining Milliy rejasi 2000 yilgi Dakar
shartnomalari doirasida ishlab chiqilgan bo’lib, siyosatchilar, ta’lim tizimi,
vazirlik va idoralar rahbarlari, pedagoglar, jamoat arboblari, O’zbekiston
Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish muammolari bilan qiziquvchi
barcha shaxslar uchun mo’ljallangan. “Ta’lim hamma uchun” Milliy harakat
rejasini ro’yobga chiqarish bo’yicha yaqin davrlar (2001-2015- yillar)ga
mo’ljallangan tadbirlar belgilanib, u Ta’lim hamma uchun milliy harakati hamda
umumiy o’rta ta’lim maqsad va vazifalarini ro’yobga chiqarish siyosati” deb nom
olgan VI bandining IX yo’nalishi Maxsus ta’limga yo’naltirilgan bo’lib, unda
maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalariga jalb etishda qonunchilik va
me’yoriy bazani takomillashtarish, maktabgacha va boshlang’ich ta’lim-tarbiya,
maxsus ta’lim mazmunini, inklyuziv ta’lim jarayonining o’quv-uslubiy tomonini
takomillashtirish, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish,
inklyuziv ta’limning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, inklyuziv ta’limni
joriy etishda targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borish va boshqa masalalar qayd
etilgan.
Bu ishlarni yanada rivojlantirish maqsadida 2003 yilda Inklyuziv ta’lim
bo’yicha o’tkazilgan respublika seminarida xorijiy davlatlar ekspertlari,
mutaxassislar, olimlar, Xalq ta’limi vazirligi, joylardigi viloyat Xalq ta’limi
boshqarmalari va bo’limlarining ta’limga mas’ul vakillari, Tashxis markaz
raxbarlari, umumiy va maxsus ta’lim pedagog raxbarlari, jamoat tashkilotlar
vakillari va boshqalar ishtirok etdilar.
Seminarga YuNESKOning eksperti Vakayto Unversiteti professori Devid
Mitchel (Yangi Zellandiya) kordinatorlik qilgan. Devid Mitchel “Inklyuziv
ta’limning tashkil etishning asl, mohiyati, umumta’lim tizimida alohida sinflar
yoki guruhlar tashkil etish bilan chegaralanib qolmay balki ularni me’yorida
rivojlangan bolalar kabi ta’lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlarni
yaratishdir”. Shuningdek inklyuziv ta’limni amaliyotga joriy etishda xalqaro ish
tajribalari bilan fikr almashdi.
- 27 -
2005 yilning 19 sentyabr kuni XTVning 234-sonli buyrug’i bilan «Imkoniyati
cheklangan bolalalar va o’smirlar uchun inklyuziv ta’lim to’g’risida muvaqqat
Nizom»i tasdiqlandi. Ushbu Nizomda inklyuziv ta’lim tizimining maqsad,
vazifalari belgilab berilgan. Unda qayd qilinishicha, imkoniyati cheklangan bolalar
va o’smirlar quyidagi tartibda inklyuziv ta’limga qamrab olinadi:
-ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar;
-harakat muvozanati buzilgan;
- o’z-o’ziga xizmat qila oladigan debillik darajasidagi oligofren bolalar va
o’smirlar;
-nutqida nuqsoni bo’lgan (muloqoti cheklanmaydigan darajadagi) bolalar;
-zaif ko’ruvchi bolalar va o’smirlar;
-zaif eshituvchi va kech (5 yoshdan keyin)kar bo’lgan bolalar;
-ko’zi ojiz (Brayl yozuvi va o’qishni egallagan) bolalar va o’smirlar;
-kar (muloqot darajasida nutqi bo’lgan, o’qish va yozishna egallagan) bolalar
va o’smirlar.
«Imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlar uchun inklyuziv ta’lim
to’g’risida muvaqqat Nizom»ning 4-bandida inklyuziv ta’lim tizimida o’quv
tarbiya jarayonini tashkil etishning quyidagi masalalari qayd etilgan:
4.1.Inklyuziv ta’limni tashkil etilgan barcha umumta’lim maktablarida
imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarga nisbatan do’stona munosabat ruhi
shakllanadi.
4.2. Inklyuziv ta’lim amalga oshirilayotgan umumta’lim maktablarida Davtlat
Ta’lim standartlariga ilova sifatida imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlar
uchun korreksion dastrlar ham inobatga olinadi, maxsus korreksion ishlarni amalga
oshirish uchun shart-sharoitlar yaratiladi (maxsus jixozlangan korreksiya xonasi,
maxsus infrastruktura).
4.3. Inklyuziv ta’lim amalga oshirilayotgan umumta’lim maktablarida
tayorlov guruh va birinchi sinflarida 35 daqiqa boshqa sinflarad 45 daqiqadan
darslar olib boriladi;
- 28 -
4.4. Imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarning bilimlari ularning shaxsiy
xususiyatlari va qobiliyatlariga asoslangan holda belgilangan tartibda baholanadi.
4.5. Ta’lim jarayonida zamonaviy umumdidaktik tamoyillar bilan bir qatorda
maxsus tamoyillar ham e’tiborga olinadi.
4.6. Korreksion ta’lim o’quvchilarning ehtiyojlariga ko’ra tabaqalashtirilga
holda tashkil etiladi.
4.7.Inklyuziv
ta’lim
amalga
oshirilayotgan
umumta’lim
maktabiga
o’quvchilar
ota-onalarning
arizasi
hamda
“Tibbiy-psixologo-pedagogik
komissiya”lari xulosalari asosida qabul qilinadi va ta’lim muasasalari
rahbarlarining buyrug’i bilan tasdiqlanadi.
4.8.Inklyuziv ta’lim amalga oshirilayotgan umumta’lim maktabidagi
sinflarida integrasiya qilingan o’quvchilar soni 4 nafardan oshirilmaydi hamda
o’quvchilar umumiy soni 25 nafargacha belgilanadi.
Shuningdeq mazkur Nizomda inklyuziv ta’lim ishtirokchilari, inklyuziv ta’lim
mutaxassislarining ota-onalar yoki boshqa qonuniy vakillar bilan hamkorligi,
xalqaro hamkorlikda qatnashish xususiyatlari batafsil bayon etilgan.
“Imkoniyati cheklangan bolalar va o’smrlar uchun nklyuziv ta’lim muvaqqt
Nizom” asosida Respublikamizda inklyuziv ta’lim tizimining quyidagi
huquqiy-ijtimoiy asoslari yaratildi:
-bolani ijtimoiy hayotga tayyorlashda yoshi, jinsi irqi, millatidan qat’iy
nazar O’zbekiston Konstitusiyasining moddasiga asosan barcha bolalar
umumta’lim jarayoniga kiritish va ijtimoiy hayotga moslashtirish lozimligi
belgilangan;
-har bir bola o’zining qiziqishi qobiliyati, va ehtiyojiga ko’ra mos
ravishda bilim olishi huquqiga ega;
-ta’lim dasturini ishlab chiqishda va amalga oshirishda o’ziga xoslik va
ehtiyojlarning turli-tumanligini nazarda tutish;
-har bir bola tengdoshlar qatori bilim olish huquqiga ega bo’lishi;
-bolani ta’limga emas, balki ta’limni bolani ehtiyojiga ko’ra tashkil
etilishi;
- 29 -
-bolan muhtojligi va imkoniyatini e’tiborga olgan holda ta’lim
metodologiyasini, o’quv rejalarni ixcham bo’lishini qo’llab-quvvatlash hamda
baholash;
-inklyuziv ta’lim muammoni bolada emas, tizimda ekanligini aniqlaydi,
bolaga qulay shart-sharoit yaratishni ta’minlaydi;
-bolani shaxsiy ehtiyojiga qarab korreksion-pedagogik va ijtimoiy
yordamni tashkil qiladi va hokazo.
Yuqorida keltirilgan inklyuziv ta’limnig huquqiy asoslarga tayangan holda
bu ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, uni amaliyotga joriy etishni
jadallashtirish maqsadida 2005 yilning 14-15 dekabr kunlari Toshkent shahrida
“Ta’lim hamma uchun” Milliy dasturini joriy qilish bosqichlari” mavzusida yirik
xalqaro Konferensiya o’tkizildi. Ushbu konferensiyada xalqaro tashkilotlarning
O’zbekistondagi vakolatxonalarining vakilliri ham o’z ma’ruzalari bilan ishtirok
etdilar. YuNISEF tashkiloti vakili Reza Xosseyn, YuNESKO tashkiloti vakili Bari
Layn, “Mersi Projekt” , “Opereyshn Mersi”, Kosta Rika davlatlari xalqaro vakillari
shular jumlasidandir.
“Ta’lim hamma uchun” Milliy dasturini joriy qilish bosqichlari” mavzusidagi
xalqaro ilmiy amaliy konferensiyada quyidagi vazifalar hal etildi:
-“Ta’lim hamma uchun” umummilliy dasturining mohiyatini targ’ibot qilish;
-Respublikada imkoniyati cheklangan bolalar inklyuziv ta’limini tashkil etish
bo’yicha me’yoriy metodik hujjatlarni ishlab chiqish;
-imkoniyati cheklangan bolalarni erta tashxis qilishning zamonaviy uslublarni
muhokama qilish;
-psixologo-tibbiy-pedagogik komissiya, Tashxis markazlari, psixologik
xizmat faoliyati samaradorligini oshirish;
-sog’liqni saqlash, mehnat va ijtimoiy muxofaza vazarligi tashkilotlarining
imkoniyati cheklangan bolalarni aniqlash hisobga olish, davalash, ijtimoiy
himoyalash borasidagi faoliyatini jonlantirish;
-imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim berish, ularni ijtimoiy himoyalash
borasidagi davlat va nodavlat tashkilotlarning hamkorligini kuchaytirish;
- 30 -
-inklyuziv ta’lim jarayonida uchraydigan to’siqlarni bartaraf etish yo’llari
bilan tanishtirish .
Konferensida nafaqat Respublikamizning soha vakillari, balki qardosh
Qozog’iston, Qirg’iziston, Rossiya davlatlar vakillari ham ishtirok etib, o’z
davlatlarida inklyuziv ta’lim tizimi modayellari, bu sohada qo’lga kiritilgan
yutuqlar bilan konferensiya ishtirokchilarini tanishtirishga muvaffaq bo’ldilar.
“Ta’lim hamma uchun” milliy harakat reja dasturini amalga oshirish
bo’yicha erishilgan yutuqlar va muammolar konferensiya kun tartibida
quyidagi mavzular bo’yicha guruhlarda ishtirokchilar tomonidan muhokama
etildi:
-“Nuqsonlarni ilk tashxis qilish va korreksion pedagogik yordam
ko’rsatish-alohida yordamga muhtoj bolalar integrasiyasining muhim omili
sifatida”.
-“O’zbekistonda alohida yordamga muhtoj bolalar integrasiyasining milliy
modeli”
-“Imkoniyati cheklangan bolalar oilalarining ijtimoiy reabilitasiyasi” va
shu kabi.
Bugungi kunga qadar Respublikamizda o’tkizilgan seminar treninglarda
500dan ortiq ishtirokchilar inklyuziv ta’lim tizimining mazmun mohiyati, uni joriy
qilish bosqichlari xususida mukammal ma’lumotlarga ega bo’ldilar.
Imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’lim tizimida ta’lim olishini
yanada takomillashtirish, amaliyotda uchraydigan muammolarning yechimlarini
davlat va nodavlat tashkilotlar hamkorligida hal qilish masalalari yuzasidan
quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:
-korreksion ta’lim strukturasini sifat jihatdan yangilash;
-respublikaning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishini hisobga olgan holda
bosqichma-bosqich to’liq integrasiyasiga amal qilish;
-davlat normativ hujjatlariga inklyuziv ta’limni joriy etish bo’yicha
qo’shimchalar kiritish yoki tadbirlar ishlab chiqish va tasdiqlash;
-binoni ularga mos ravishda rekonstruksiya qilish;
- 31 -
-umumta’lim tizimida ta’lim olayotgan maxsus ehtiyojli bolalar uchun
zaruriy moddiy texnik ba’zani yaratish;
-inklyuziv ta’limni tashabbuskorliq mehr-muruvvat tarzida tashkil etish;
-maktabning ish faoliyatiga inklyuziv ta’limni amalga oshirish borasida
o’zgarishlar kiritish;
-umumta’lim muassasa pedagoglarini inklyuziv ta’lim bo’yicha qayta
tayyorlash;
-barcha pedagogika oliygohlarida va o’rta maxsus o’quv yurtlarida
korreksion pedagogik kurslarni kiritilishi;
- korreksion Davlat ta’lim talablari va dasturlarni imkoniyati cheklangan
bolaning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda moslashtirishirilgan, ishlab
chiqish;
-umumta’lim, maxsus maktab pedagoglari, ota-onalar uchun o’quv
metodik va ilmiy ommabop, ixcham turdagi o’quv adabiyotlar va individual
dasturlar yaratish;
-nogiron bolani ilk yoshidan tashxis qilish va korreksion pedagogik
yordam berish;
-imkoniyati cheklangan bolalarni umumta’lim tizimida umumiy va
korreksion ta’lim olishini ilmiy asoslari, standart talablar, o’quv metodik
majmualarni yaratish va ta’minlash;
-kasb-hunarga o’rgatish, reabilitasiya qilish va bu ishda oilani bevosita
ishtirokini ta’minlash kabi bir qator dolzarb masalalarni kelajakda keng
qamrovli bajarish uchun davlat tasarrufida muvofiqlashtiruvchi ilmiy-
pedagogik resurs markazi, boshqarma, ilmiy labaratoriyalar tashkil qilish kabi
tashkiliy, ilmiy-uslubiy, amaliy ishlarni bajarish inklyuziv ta’limni joriy qilish
muvaffaqiyatini ta’minlaydi.
- 32 -
II-BOB. INKLYUZIV TA’LIM TAMOYILLARI VA ULARNING
MAZMUNI.
2.1. Inklyuziv ta’limning asosiy tamoyillari.
Ta’lim tizimini joriy etish har doim ma’lum bir qonun qoidalarga,
tamoyillarga asoslanishni talab etadi. Inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilishda esa
quyidagi tamoyillarga asoslaniladi:
1). Inklyuziv ta’limning e’tirof etilishi.
2). Inklyuziv ta’limning barcha uchun ochiq bo’lishi tamoyili.
3). Bog’lanishning mavjud bo’lishi tamoyili.
4). Markazlashtirilmagan bo’lishi tamoyili.
5). Inklyuziv ta’limda kompleks yondashishi tamoyili.
6). Inklyuziv ta’limda moslashuvchanlik tamoyili.
7). Malakaviylik tamoyili.
Inklyuziv ta’limning e’tirof etilishi tamoyili.
Bu tamoyilning mazmuni shundaki, 1990 yildan buyon maxsus ehtiyojli
bolalrni umumta’lim muassasalari tizimida o’qitish borasida bir qancha jahon
miqiyosida deklorasiyalar va qarorlar qabul qilindi. Ularni jahonning ko’plab
davlatlari e’tirof etdilar. Ammo bugungi kunga qadar ularni hayotga joriy qilish
borasida ko’plab muammolar mavjud. Ba’zi davlatlarda esa umumiy ta’lim
borasida qonun yoki qarorlar qabul qilinganda nogiron bolalarning ta’lim masalasi
unga kiritilmaydi. Ammo inklyuziv ta’limni tan olish faqatgina qonun chiqarish
bilangina bog’liq bo’lmaydi. Diskriminasiya (odamlarni ajratish) va ijtimoiy
noto’g’ri fikrlashga qarshi kurashish eng muhim narsadir. Ya’ni inklyuziv ta’limni
e’tirof etgan holda, aholi o’rtasida targ’ibat-tashviqot ishlarini olib borish eng
birinchi galdagi masaladir.
Inklyuziv ta’limning barcha uchun ochiq bo’lishi tamoyili.
O’tgan yigirma yil davamida maxsus ehtiyojli bolalrni umumta’lim
muassasalari tizimida o’qitish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Ammo
inklyuziv ta’limi tizimini joriy qilish asosan shaharlar miqiyosida bo’lib
qishloqlardagi hududlarda hali-hamon maxsus ehtiyojli bolalar ta’limdan chetda
- 33 -
qolib ketmoqda yoki qishloqlardagi ota-onalar nogiron farzandini shaharlardagi
maxsus muassasalarga qatnashlarini ta’minlash uchun qiyinchiliklarga duch
kelmoqdalar. Shuning uchun ham maxsus ehtiyojli bolalarni inklyuziv ta’limga
jalb etish barcha hududlarda barcha maxsus ehtiyojli bolalarni qamrab olgan
bo’lishi ta’minlanishi lozim.
Bog’lanishning mavjud bo’lishi tamoyili.
“Bog’lanish”-bu so’zning zaminida-ommaviy binolarning sifati, ayniqsa
nogiron bolalar uchun maktablarga kirishning oson bo’lishi kabilar yotadi. Bola
maktab binosiga (zinapoyalar aravachada yurishga moslashtirilmaganligi sababli)
kira olmaganmi yoki maktab xojatxonasi aravachada harakatlanuvchilarga
moslashtirilmaganligi uchun oddiy maktabdan chiqarib tashlamasligi kerak. Bu
kabi qulayliklarni yaratish unchalik katta mablag’ talab qilmaydi. Yangi maktab
binosi nogiron bolalarning ehtiyojlarini e’tiborga olgan holda rejalashtirilgan
paytdan boshlab qurilishi kerak. Alatta nogiron bolalar uchun yaxshi bo’lgan
qulayliklar normal rivojlanishdagi bolalar uchun hyech bir muammo keltirib
chiqarmaydi. Jismonan bog’lanishlarni yaratish inklyuziv ta’limning asosiy
muammolarini hal etishga xizmat qiladi.
Markazlashtirilmagan bo’lishi tamoyili.
Bu tamoilning mazmuni quyidagi ikkita aspekt yordamida ifodalanadi:
A). Inaklyuziv ta’lim xizmatlari umumiy ta’lim tizimining integrasiya
qilingan qismi bo’lishi kerak.
B). Inklyuziv ta’lim tizimidgi vazifalar mahalliy ta’lim organlariga
jaqvabgarlik va boshqaruvni yuklash uchun markazlashmagan holda olib borilishi
kerak va imkoniyatlar mahalliy sharoitlarga moslashtirilishi lozim.
Optimal integrasiya erishish uchun markazlashtirilmagan bo’lish muhimdir.
Bu ayniqsa qishloq sharoitlarida ayni muddao bo’ladi. Inklyuziv ta’limning
vazifalari nogiron bolalarga o’z ota-onalari baln birga bo’lish, ularga xuddi
tengdoshlari kabi o’zlariga yaqin bo’lgan maktablarda ta’lim olish imkonini beradi.
Bu ularning shaxsiy sifatilarining shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Nogiron
- 34 -
bolaning normal rivojlanishiga halaqil berish, nogironlikdan ham og’irroq
holatlarga olib kelishi mumkin.
Inklyuziv ta’limda kompleks yondashishi tamoyili.
Nogiron bolalarga ularga nogiron deb faqatgina nuqson jihatdan yondashishi
emas, balki bu bolalrga har tomonlama yondashish lozim. Bu esa maxus ehtiyojli
bolalar uchun ta’lim masalasini rejalashtirayotgan uning butun hayoti davomida
yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ehtiyojini hisobga olgan holda tuzishni talab etadi.
Bundan tashqari inklyuziv ta’limda nogiron boladagi mavjud nuqonlarni bartaraf
etish, korreksiyalash, kompensasiya qilish bilan bir qatorda bilim ko’nikmalarga
ega qilish, kasb hunarga o’rgatish ishlarini parallel ravishda olib borish talab
etiladi. Bu tamoyilning mohiyatida maxsus ehtiyojli bolalarga ilk yosh davrida erta
yondashish ham yotadi. Maxsus ehtiyojli bolalar ta’limi boshlang’ich va o’rta-
maxsus ta’limni olishlari blan yakunlanmasligi kerak. Nogiron bolalarning kasb-
hunar ta’limi va oliy ta’limi ham amalga oshirilishi taalab etadi. Chunki inklyuziv
ta’lim tizimining vazifalaridan biri maxsus ehtiyojli bolalrni har tomonlama
rivojlantirish, ularning barcha huquqlarini ta’minlashdan iboratdir.
Inklyuziv ta’limda moslashuvchanlik tamoyili.
Bu tamoyilning mazmuni shundaki, o’quv reja, dastur va darsiliklar maxsus
ehtiyojli bolalarning imkoniyatlariga moslashuvchan bo’lishi kerak. Bolaning
maxsus ta’limga bo’lgan ehtiyojlari har qanday integrasiya faoliyatining asosini
tashkil etishi kerak. Shaxs ehtiyojlarining darajalari va turlari har xil bo’lganligi
tufayli bunday faoliyatlar moslashuvchan o’zgaruvchan bo’lishi talab etiladi.
Malakaviylik tamoyili.
Maxsus ehtiyojli bolalar inklyuziv tarzda o’qitilayotgan sinflarda yuqori
malakali o’qituvchilarning dars berishi talab etiladi. Bundan tashqari inklyuziv sinf
o’qituvchisi defektlogiya sohasi bo’yicha ham malaka oshirgan bo’lishi kerak.
1). Izlab topish va jalb qilish bosqichi.
Nogiron odamlarning hayoti asosan yakkalab qo’yishlar bilan bog’liq.
Ko’plab davlatlarda nogiron odamlarga past nazar bilan qaralib, ular
hamjamiyatdan chetlashtirilmoqda. Buning oqibatida nogiron bolalarning ta’lim
- 35 -
olish imkoniyatlari yanada chegaralanib qolmoqda. Millatning etnopsixologik
xususiyatlaridan biri bo’lmish nogiron farzandini boshfalardan bekitish hollari esa
nogiron bolalar kelajak hayoti uchun juda fojeali holatdir. Mana shunday salbiy
oqibatlarni oldini olish maqsadida aholi o’rtasida targ’ibo-tashviqot ishlarini olib
borish lozim. Oilaga, ya’ni asosan ota-onalarga nogiron bola ham maktab ta’lim-
tarbiyasini olishi shart ekanligini to’g’ri tushintirib bera olish kerak. Shunday
usullar bilan ta’limdan chetda qolib ketgan nogiron bolalarni izlab topish imkoni
yaratiladi. Ro’yxatga olingan bolalar o’z yaqin arofidagi umumta’lim maktablariga
jalb etiladi.
2). Maxsus ehtiyojli bolalar bilan shug’illanish bosqichi. Bu bosqichda
umumta’lim muassasalari tizimiga kiritilgan maxsus ehtiyojli bolalar bilan olib
boriladigan o’quv-tarbiyaviy, korreksion-rivojlantiruvchi vazifalar rejasi tuzib
chiqiladi.
3). Reabilitasiya bosqichi. Bu bosqichda bolalarning nogironligi tufayli bajara
olmaydigan faoliyatlarini bajarish qobiliyatlari va ularning imkoniyatlari darajasini
kengaytirish ishlari amalga oshiriladi. Shu sababali bu bosqichda nogiron odamlar
nafaqat ta’lim tarbiya, balki ularning ishlab chiqarish faoliyatlarini oshiruvchi
treninglar ham olib boriladi. Ular “obyekt” emas, balki “subyekt” vazifasini
o’taydi. Natijada nogiron bolalarning nima qila olmasligi emas, balki ular nimalar
qilisha qodir ekanligi diqqat markazda turadi.
4).Intergasiya bosqichi. Bu bosqich inklyuziv tarzida o’qitilgan, reabilitasiya
jarayoni malga oshirilgan nogirn bolalarni ijtimoiy jamiyatga to’la kiritish
bosqichidir. Integrasiya bosqichida nogiron bolalar to’laligicha ijtimoiy jamiyatga
kiritiladi. Ya’ni bu bosqichda nogiron bolalarning ham o’zlarining teng
imkoniyatlari va huquqlaridan foydalangan holda kasb va ishlash joyini mustaqil
tanlash imkoniyati beriladi.
Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim sharoitida o’qitish ularni o’ziga
xos xususiyatlari, nuqson turi, darajasi va sinfdagi bolalar sonini e’tiborga
olgan holda tashkil qilinadi. Avvalo shuni ta’kidlash joizki, o’quvchilarning
yoshlari bir xil bo’lsada, lekin ular bir birlariga o’xshamaydilar. Barcha
- 36 -
bolalarning individual psixologik shaxs xususiyatlari, qabul qilish darajasi,
zehn va idroki turlichadir. Shu bois maxsus ehtiyojga ega bo’lgan bola
ta’lim olayotgan inklyuziv sinflardagi o’quv tarbiya jarayonini tashkil etish
masalasi yanada murakkabroq muammolarni hal etishni talab etadi. Inklyuziv
sinfda o’qituvchi bolalarning ikoniyatini e’tiborga olib, darslarni shunga
muvofiq rejalashtira olsa, bolalarning nogironligi bilim olishiga qanday ta’sir
qilishini bilib, bu qiyinchiliklarni bartaraf etishning uslubiy yo’llaridan
foydalansa, maktab va oila hamkorligini to’la yo’lga qo’ya olsa hamda
nogiron bolaning kelajagiga ishonch bilan qarasagina dars jarayoni
muvaffaqiyatli kechishiga erishish mumkin. Har bir bola o’z imkoniyat
darajasida rivojlanadi, buni L.S. Vigotskiyning ilmiy qarashlariga ko’ra “Har
qanday ruhiy yoki jismoniy nuqsonda ham taraqqiyot davom etadi” fikri
bilan ham tasdiqlash mumkin .
Inklyuziv ta’limga yangicha fikrlarning talqin etilishi milliy, tashkiliy va
uslubiy islohotlarni talab etadi. Maxsus ta’limga muhtoj bolalar hozirgi
maktab tizimida ehtiyojlari qondirilmayotgan bolalardir. Shu sababdan
maktablar barcha bolalarning turli xildagi va umumiy maqsadlari, intilishlari,
qiziqishlariga javob berishi va ularning bilim olishlarini ta’minlashi lozim.
Inklyuziv ta’limni rivojlantirish uchun umumiy ta’lim tizimiga tarkibiy
o’zgartirishlar kiritish muhimdir. “Umum ta’lim” va “maxsus ta’lim”
o’rtasidagi to’siqlar olib tashlanishi kerak. Maxsus ta’lim oddiy ta’limning
bir qismi bo’lishiga qaramasdan, o’zining o’quvchilari, o’qituvchilari,
boshqaruv jamoasi va ta’minot tizimidan tashkil topgan ikkita ta’lim tizimi
amalda qo’llanilib kelinmoqda. Barcha o’quvchilarning talablariga javob
beruvchi “Inklyuziv maktab”da bunday tizimga ehtiyoj qolmaydi.
Islohotlar ta’lim maqsadlarining amaliyotini boshqarish mumkin, lekin
ularning pedagogik amaliyotini to’g’ridan-to’g’ri boshqara olmaydi. Shu
sababdan samarali bo’lishi uchun islohotlar yaxshi muhokama qilinishi va
ta’lim tizimi boshqaruvchilar hamda uni amalda qo’llovchilar tomonidan
ko’rib chiqilishi kerak.
- 37 -
Inklyuziv ta’lim quyidagi shart-sharoitlarda tashkil etilishi mumkin:
ommaviy maktabgacha tarbiya muassasalari, umumiy o’rta ta’lim maktab
sinflari (guguhlari)da umumiy va alohida yordam olish, logoped xonalarida
korreksion pedagogik yordam olish, korreksion sinf (guruh)larda maxsus
ta’lim olish shaklida.
Inklyuziv ta’lim tizimiga maxsus yordamga muhtoj bolalarni viloyat
(shahar, tuman) halq ta’limi bo’limlari tomonidan tibbiy-psixologo-pedagogik
komisiya faoliyatida “Respublika, viloyat, tuman tibbiy- psixologo-pedagogik
komissiyalar to’g’risida”gi Nizom asosida qabul qilinadi.
Umumta’lim tizimida inklyuziv ta’limni joriy qilishda muassasa
hodimlarini ish vazifalarida ham ko’zga ko’rinarli darajada islohotlar amalga
oshirishi kerak.
Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim tizimida o’qitish o’qituvchilardan
ikki karra ma’suliyat bilan ishlashni talab etadi. Shuning uchun ham oliy
pedagogik ma’lumotli va malaka oshirish kurslarini o’tab inklyuziv ta’lim
pedagogik kvalifikasiyasni olgan o’qituvchilargina inklyuziv sinf o’qituvchisi
etib tayinlanishi mumkin. Inklyuziv sinf o’qituvchisi umumiy o’rta ta’lim
mussasa Ustavida belgilangan vazifalar bilan bir qatorda
-tarbiyalanuvchilarning jismoniy va ruhiy rivojlanishini korreksiyalash va
me’yorga keltirish ishlarini olib boradi;
-bolalarni faolligini, ta’lim samaradorligini oshiruvchi metodlarni
qo’llaydi;
-diqqat-e’tibor, xotirani, kuzatuvchanliq sinchikovlik va boshqa
qobiliyatlarni tarbiyalaydi;
-o’z-o’zini nazorat qilish malakalarini, bolalarning bilishga doir
qiziqishlarini va qobiliyatini rivojlantiradi.
Inklyuziv ta’lim jarayonida muassasa tarbiyachisi ham alohida o’rin
egallaydi.
Tarbiyachi ish faoliyatini tashkil etishda o’qituvchi-defektologlar, ota-
onalar va boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda sog’lom va alohida
- 38 -
ehtiyojli bolalar bilan olib boriladigan mashg’ulotlarni rejalashtirishi hamda
shu asosida olib borishi kerak. Shuningdeq tarbiyachi alohida ehtiyojli bolani
oilada tarbiyalash masalasida ota-onalarga va qonuniy vakillarga metodik
yordam ko’rsatadi, kerakli ish hujjatlarini yuritadi.
Inklyuziv ta’lim joriy qilingan muassasada albatta psixolog faoliyat
yuritishi lozim.
Psixologning faoliyati har bir bolaning ruhiy salomatligini himoyalash,
ruhiy rivojlanishidagi kamchilklarini bartaraf etish va korreksiyalashga
qaratiladi. Muassasa psixologi har bir bolani psixologik jihatdan tekshiradi,
doimiy ravishda psixologo-pedagogik jihatdan o’rganib boradi, individual
rivojlantirish dasturlarini tuzadi, alohida ehtiyojli bolani oilada tarbiyalash
bo’yicha ota-onalarga maslahatlar beradi, inklyuziv ta’lim muassasasining
pedagogik hodimlariga psixologik rivojlantirish masalalarida metodik yordam
ko’rsatadi.
Inklyuziv ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya olayotgan maxsus yordamga
muhtoj bolalarning ayrimlari doimiy ravishda tibbiy xizmatga muhtoj
bo’lishi mumkin. Inklyuziv ta’lim muassasasi shifokor-pediatri
(psixonevrolog) har bir bolaning ruhiy asab holatini doimiy ravishda
tekshirib boradi, zarurat bo’lganda davalash muolajalarini tavsiya etadi,
korreksion pedagogik ta’lim jarayonida bolalar sog’lig’ini nazorat qiladi,
aqliy va jismoniy yuklamaning me’yorini belgilaydi, ota-onalarga bolaning
somatik hamda ruhiy salomatligini saqlash yuzasidan maslahatlar beradi.
Shunday qilib, inklyuziv ta’lim muassasasida ta’lim - tarbiya jarayoni har
tomonlama amalga oshirilgan islohotlar asosidagina samarali kechadi.
2.2. Inklyuziv ta’lim maqsad va vazifalarini oshirishda resurs
o’qituvchining o’rni va roli.
Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim sharoitida o’qitish maktablararo
qatnab yuruvchi o’qituvchi ya’ni, resurs o’qituvchi faoliyatini talab etadi.
Inklyuziv ta’lim amaliyotda maktablararo qatnab yuruvchi o’qituvchi va oddiy
- 39 -
sinf o’qituvchisining hamjihatlikdagi harakatlari orqali amalga oshirilishi
mumkin.
Ba’zi sinflarda bolani ma’lum bir vaqtga sinfdan ajratib olish kerak
bo’lishi mumkin. Hamma vaqt nima bo’lsada resurs o’qituvchi sinf
o’qituvchisi bilan birgalikda faoliyat ko’rsatishi va bu maxsus ta’lim sohasida
mutaxassislikka ega bo’lishi talab qilinadi.
Maktablararo qatnab yuruvchi resurs o’qituvchining muhim vazifalariga
nogiron bolalar uchun kerak bo’lgan qo’llanmalar, jihozlar bilan ta’minlash,
homiylar topish, ota-onalarni maktabga yordam berishga jalb qilish va
imkoniyati cheklangan bolalar, sog’lom bolalar hamda sinf o’qituvchisi
o’rtasidagi mustahkam aloqani o’rnatish, masus resurs qo’llanmalarni
ta’minlash orqali yordam berish, ota-onalar, bolalar oddiy sinf o’qituvchilari
va maktab ma’muriyatiga maslahatlar berish, shuningdeq maxsus ta’limga
muhtoj bolalar uchun faoliyatlar va ularga mos keluvchi ta’lim dasturlari
haqida muhokamalar yuritish, hattoki nogiron bo’lmagan bolalarning ota-
onalariga ham ma’lumotlar yetkazilib turish kiradi. Resurs o’qituvchining
asosiy maqsadi: umumta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan maxsus ta’limga
muhtoj o’quvchilar va ularning o’qituvchilariga yordam ko’rsatishdaniborat.
Resurs o’qituvchi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:.
har bir o’quvchini qaysi darajadagi yordamga muhtojligini aniqlash va
ularning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda muntazam ravishda ular bilan
uchrashish.
o’quvchilar bilan yakka tartbda ishlash, individual rejalardan kelib
chiqqan holda ularni kuzatish, o’quv dasturiga moslashishiga yordam berish,
o’qitish va baholash.
sinf o’qituvchilariga o’quvchilarning maxsus ehtiyojlari va qobiliyatlariga
oid ma’lumotlarni berish.
sinf o’qituvchilarini individual o’quv rejalari bilan tanishtirish va ular
bo’yicha maslahatlar berish.
- 40 -
muntazam ravishda o’quvchilarning erishayotgan muvaffaqiyotlarini
muhokama qilish va baholash.
maktab jamoasining boshqaruv xodimlari va ota-onalar bilan hamkorlikda
ishlash;
zarurat tug’ilsa, o’quvchilarni boshqa yordam ko’rsatuvchi uyushmalarga
taklif etish (masalan, seminarlarga, shifokorlarga).
- o’kituvchilar hamda o’kuvchilar bilan individual ravishda olib
boriladigan faoliyatlarni qayd etib borish.
- standart o’quv reja talablariga javob bermaydigan vaziyatlarda har
bir o’quvchiga individual o’quv reja tuzishga ko’maklashish;
- O’zgaruvchan ehtiyojlardan kelib chiqqan holda individual o’quv
rejalarni yangilash va baholash.
- mavjud barcha resurslar (o’quv adabiyotlar, o’qitish qurilmalari va
boshqa asboblarni hujjatlashtirish va ular ro’yxatini tuzish.
Maktablararo qatnab yuruvchi resurs o’qituvchi o’z vazifa va
maqsadlaridan kelib chiqqan holda ish rejasini o’z tuzishda quyidagilarni
hisobga olishi kerak:
Maktablararo qatnab yuruvchi resurs o’qituvchilarning maxsus ta’lim
olishga bo’lgan talablariga javob beradigan yordamlarni ko’rsatish;
Sinf o’qituvchisi bilan birgalikda individual dasturlarni yaratish va uni
baholash;
O’qituvchilar muhtoj bo’lgan xizmatlarni amalga oshirish;.
Bolaning o’qituvchisi yoki maktabi almashganda u haqidagi
ma’lumotlarni yetkazib berishni boshqarish;
Yangi kelgan o’qituvchilarning ehtiyojlarini anglash va qondirish;
Maxsus ta’limga muhtoj bo’lgan oddiy sinflarga o’qituvchilarning
moslashishiga yordam berish;.
Agar kerak bo’lsa sinfdan tashqarida individual va guruhlarga asoslangan
ko’rsatmalarni berish;
Individual dasturlarni muvaqqiyatli bo’lishini boshqarish;
- 41 -
Maxsus ta’limga muhtoj bolalarni maktabning jismoniy muhitiga jalb
etishda ularning shu muhitga moslashishiga yordam beruvchi maktab
boshqaruvi;
Maxsus yordamchi vasitalar va qo’llanmalarga bo’lgan talabni o’rganish
va ulardan foydalanishni boshqarish;
Inklyuziv ta’limni rivojlantirishni qo’llab – quvvatlashdan iborat.
Maktablararo qatnab yuruvchi resurs o’qituvchi faoliyat yuritmasligi,
ko’p vaqtini yo’lda samarasiz sarflamasligi juda muhimdir.
Resurs o’qituvchi nogiron bolalarning darslaridagi qiyinchiliklarni va
ehtiyojlarini muhokama qiladi. Vaqti-vaqti bilan u joylarda olib borilayotgan
o’qituvchilar treningida nogironlik muammosi bo’yicha maslahat va
ko’rsatmalar berib boradi. Masalan, nogiron bolaning nuqson xususiyatlarini,
darajalarini aniqlash, individual psixologik xususiyatlarini o’rganish bo’yicha
metodik tavsiyalar berish kabi.
Ta’lim olishda kiyinchiligi bo’lgan bolalarni imkoniyatini ta’lim siyosatida
e’tiborga olish juda muhim. Ta’lim siyosati inklyuziv ta’limni rivojlantirish
maqsadida moliyaviy ta’minotga e’tibor karatish zarur: maxsus ta’lim va
umumta’lim maktablari urtasidagi tusiklarni bartaraf etish chora–tadbirlari;
statistik ma’lumotlar buyicha nogironlarni inklyuziv maktablarda ta’lim olishni
joriy
qilish;
maxsus
infra–strukturalar,
masalalar,
texnik
vasitalardan
foydalanishga imkoniyat yaratish ham ta’lim siyosatining ajralmas kismidir.
Inklyuziv ta’lim jamoaviy ish bo’lib, javobgarlik butun maktab jamoasi
bo’yniga yuklatiladi. Bunda sinf rahbari yordam ko’rsatuvchi bo’lib asosiy rol
o’ynaydi. Ta’lim siyosati uni tartibga soladi. Bu kabi yordamlar turli xil shakllarda
bo’lib, ular quyidagilarni o’z ichiga oladi:
-sinf o’qituvchisiga maslahat va yordam berish;
-maxsus o’qitish qo’llanmalari va yordamchi materiallar bilan ta’minlash:
-ota-onalar, ko’ngillilar yoki katta o’qituvchilar tomonidan mavjud bo’lgan
yordamlarni ta’minlash;
- 42 -
-o’quv reja, dars jadvali, baholash mezolariga moslashtirish va o’zgarishlarga
ko’niktirish masalalarini shakllantirish;
-o’qituvchilar malakalar va bilimlarini oshirish uchun sharoit yaratish;
-faol qo’llab-quvvatlovchi rahbar va shu kabilarni o’z ichiga olgan ijobiy maktab
muhitini tashkil etish va ta’lim jarayonida do’stona munosabatni shakllantirish;
-ma’muriyatga bolalarni aniqlash va baholashda yordam kursatish;
-ijtimoiy, psixologik va sog’liqni saqlash xizmatlarini
muvofiqlashtirish kabi ishlarni amalga oshirishdan iborat.
Ushbu ta’lim tizimida bolalarni nuqsonlarini aniqlash ularni muolaja-
reabilitasiya qilish, korreksion-pedagogik omillarni amalga oshirish bo’yicha
tegishli mutaxassislar (maxsus resurs pedagoglar, psixologlar, tibbiyot
xodimlari, ota-onalar va boshqalar) muntazam ravishda maktab pedagoglariga
bevasita yordam berishlari kerak.
Inklyuziv ta’lim nogironlarning ijtimoiy tengdoshlari bilan bir qatorda
ta’lim olishini ta’minlaydi, (agarda ularning rivojlanishida jiddiy sabablar
bo’lmasa) muntazam maktablarga qabul qilishini nazarda tutadi.
O’ta murakkab nuqsonli bolalar ayrim hollarda maxsus maktablar va
maxsus reabilitasiya markazlari yoki muntazam maktablar qoshidagi maxsus
sinflarda korreksion dasturlar yordamida ta’lim oladilar. Ushbu maktablarda
ta’lim ta’minoti albatta bolaning zaruriyatni e’tiborga olgan holda amalga
oshirish ko’zda tutiladi.
Muntazam ta’lim jarayoni imkoniyati cheklangan bolaning shaxsiy
xususiyatlariga ko’ra yakka tartibda korreksion metod va moslashtirilgan o’quv
reja, dasturlar va boshqa omillardan foydalanib, atrofdagi jamoatchilik bilan
birgalikda o’qitishning turli shakllarini tashkil qilish hamda maxsus
yordamchiapparatlar, (eshitish apparatlari, linza, lupa, nogironlar aravachalari) turli
xil texnik vasitalar va maxsus ko’rgazmali qurollarni qo’llash asosida amalga
oshirishni nazarda tutadi. O’z navbatida maxsus ta’lim muassasalari pedagoglari
joylarda umumta’lim o’quvchilari, ota-onalar, davlat va nodavlat jamoa
- 43 -
tashkilotlari uchun maslahat bo’limlari va resurs markazlar bo’lib faoliyat
ko’rsatish kerak.
Alohida yordamga muhtoj bolalarni ayrimlarini umumta’lim
muassasalarida o’qitish uchun davlat tomonidan quyidagi shart-sharoitlarni
yaratish lozim:
-nogironlikni erta tashxic qilish;
-mutaxassislar tayyorlash;
-umumta’lim muassasalari binolarini qurishda nogironlar uchun
moslashtirilgan barcha shart-sharoitlar (inshoatlar)ni yaratish;
-korreksion yordamni amalga oshirish uchun reabilitasiya markazi
tarmog’ini ko’paytirish;
-ayrim nogiron bolalarni umumta’lim sharoitida o’qitishni tashkil etish
maqsadida umumta’lim pedagoglarini malakasini oshirish, qayta tayyorlash
kurslaridan o’tkazish va ularni maxsus yordamchi vasitalar, o’quv metodik
adabiyotlar, uslubiy qo’llanmalar bilan ta’minlash, shuningdek maktabda turli
dasturlar yordamida ta’limni tashkil etish;
-barcha bolalar uchun ta’lim sharoitini yaratish va ta’lim samaradorligini
oshirish;
Inklyuziv ta’lim asosan umumta’lim maktablarining oddiy sinflarida va
o’quvchilar yashash joyiga yaqin bo’lgan umumta’lim maktablarida olib boriladi,
ta’limning rasmiy va norasmiy turlarini tashkil etishning ilg’or ish
tajribalarini rivojlantiradi.
Inklyuziv ta’limga jalb etish global muammolardan biri xisoblanadi. Inklyuziv
ta’limning asosiy qismi–bolalarga bilim olish uchun do’stona munosabat va
o’qishga imkon beruvchi muhitni yaratishdir. Maxsus ehtiyojli bolalarning hayotga
ilk yoshdan ya’ni 6 yoshgacha e’tibor berilsa, ancha yuqori samaralarga erishish
mumkin. Imkoniyati cheklangan bolalarni ta’lim–tarbiyaga bo’lgan ehtiyojlarni
qondirishga mos bo’lgan siyosatni ishlab chiqish inklyuziv ta’limni qo’llab–
quvvatlashning asosidir.
Inklyuziv ta’limni qo’llab-quvvatlashda quyidagi masalalarni hal etish lozim:
- 44 -
- Jamyatda ijobiy munosabatni ishlab chiqish
Jamiyatda insonlar orasida nogiron bolalar haqida bilimlarning yetishmasligi
oqibatida maxsus ehtiyojli bolalar ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Bundan
tashqari nogiron bolaning qobiliyatlari, huquqlari va ehtiyojlari muntazam ravishda
qadrlanmasa, bolalarda o’ziga va qobiliyatlariga nisbatan salbiy munosabat
shakllanib boradi.
- Inklyuziv ta’lim muhitini rivojlantirish.
Inklyuziv ta’limning asosiy qismi-bolalarga bilim olish uchun do’stona
munosabat va o’qishga imkon beruvchi muhitni yaratish lozim. Bolalar maktabga
bexatar, qiyinchiliklarsiz yetib borish imkoniga ega bo’lishlari lozim. Bundan
tashqari, amaldagi umumta’lim uslubiyatiga bolani moslashtirishdan ko’ra, dars
jadvalini sharoitni, uslubiyatni va o’quv qurollarini o’zgartirish kerak bo’ladi.
Bunday o’zgartirishlar nafaqat maxsus ehtiyojli bolalar. Balki normal
rivojlanishdagi bolalar uchun ham ta’lim sifatini yaxshilaydi.
- Ilk yoshdan aralashuv.
Qisqa qilib aytganda bolaning hayotiga ertaroq, e’tibor berilsa, natijasi
bolaning keyingi rivojlanishida samarali ta’sir ko’rsatadi.
- Ijobiy namuna bo’la oladigan insonlar obrazini yaratish.
Bolada o’ziga ishonch va o’zini qadrlash hissini rivojlantirishda kattalarning
qiyofasi juda muhim. Lekin juda ko’p maxsus ehtiyojli bolalar o’sib, ulhayayotgan
bir paytda o’zlariga o’xshagan maxsus ehtiyojli katta odamlarning uchratmaydilar
va katta bo’lish qandayligini tasavvur ham qila olmaydilar. Shuning uchun ham
maxsus ehtiyojli kattalar maxsus ehtiyojli bolalarning at’limida doimiy ishtirok
etishlari kerak. Chunki katta yoshdagi maxsus ehtiyojli insonlar ota-onalargan
farzandiga ta’lim berish muhimligini tushintirish mumkin. Buning uchun esa
maxsus ehtiyojli kattalarni maktablarga taklif etish kerak. Shunda ular o’zlarining
hayotda erishgan yutuqlari haqida gapirib beradilar. Buning natijasida inklyuziv
ta’limni targ’ib qilishda katta imkoniyat yaratiladi.
- Mos siyosatni ishlab chiqishga ko’maklashish.
- 45 -
Inklyuziv ta’lim tizimini qo’llab –quvvatlashda siyosat asosiy rol o’ynaydi.
Siyosat tomonidan inklyuziv ta’limning qo’llab quvvatlanishi bu ta’lim tiziminig
samarasini va rivajini ta’minlaydi.
2.3. Umum ta’lim maktablari tizimida nuqsonli o’quvchilarning inklyuziv
ta’limini tashkil etishning maqsad va vazifalari.
Inklyuziv ta’limning asosiy maqsadi ta’limni boshlash imkoniyatiga ega
bo’lgan barcha bolalar, shu jumladan alohida yordamga muhtoj bo’lgan bolalarni
umumta’lim jarayoniga qamrab olishdir. Inklyuziv ta’lim alohida yordamga
muhtoj bolalarga ta’lim olishni taqdimetishi bilan katta ahamiyatga ega. Bu ana
shunday bolalarni uzluksiz umumiy ta’lim tizimiga kiritishni bildiradi. Ushbu
jarayon o’zining quyidagi huquqiy, ijtimoiy asoslariga ega bo’lmog’i zarur. Ya’ni:
-
Har bir bola ta’lim olish uchun asosiy huquqga ega va kerakli darajada
bilim olish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.
-
Har bir bola o’z xosliklariga, qiziqishlariga, qobiliyat va o’quv
ehtiyojga ega.
-
Ta’lim yuzasidan alohida ehtiyojga ega bo’lgan ommaviy maktablarda
o’qish imkoniyatiga ega bo’lishlari, bu yerda ularning ehtiyojlarini qondirish
maqsadga yo’naltirilgan pedagogik metodlar asosida sharoit yaratish zarur.
-
Barcha yoshdagi bolalar atrofida yashayotgan va ishlayotgan bolalar
bilan bir xil sharoitda o’qishlari va kamol topishlari zarur.
-
Inklyuziv sinflar o’quvchilar va pedagoglarga jamiyatga va maktabga
yangicha qarashni rivojlantirish orqali jamiyatning eng yaxshi a’zolari bo’lishlari
uchun yordam berishga yo’naltirilishi zarur.
-
Inklyuziv ta’lim umumta’lim maktablari o’quvchilari, direktorlari,
ota-onalar va maxsus pedagoglarni bitta guruhda hamkorlik qilishlarini talab
qiladi. Ko’p hollarda alohida yordamga muhtoj bolalarning ota-onalari o’z
bolalarining ta’limga oid huquqlari va boshqa imkoniyatlari haqida noto’g’ri
tushunchaga ega bo’lganlari natijasida bu bolalarga to’g’ri ta’lim berishni talab
qilmaydilar.
- 46 -
Ota-onalar o’z bolalaridagi nuqsonlar tufayli uyalish va o’zini yo’qotib
qo’yish kabi to’siqlarni engishlari haqida ma’lumotga ega bo’lishlari kerak.
Hamma ota-onalarga inklyuziv ta’limning mazmuni nimalardan iboratligi va bu
bolalarga qanday imkoniyatlar berishi haqida batafsil ma’lumot berilishi zarur.
Ota-onalarning o’z bolalariga ta’limli yordam ko’rsatishini cheklamaslik
bilan bir jihatdan kengaytirish zarur. Shunday yo’l bilan ota-onalar bolalarni o’quv
muassasalariga joylashtirish va o’quv dasturlarini aniqlik, shuningdek o’quv
jarayonini uyda yoki boshqa joyda davom ettirishga oid muhokamalarga jalb
qilishi zarur.
Har qanday bola kamol topib sog’lom o’ssa, uning bilim faoliyati, sezgi
qobiliyatlari mukammal rivojlanib borsa, bunday bolalar 6-7 yoshdan boshlab
maktabga qabul qilinishga tayyor bo’ladi.
Lekin umumta’lim maktab o’quvchilari orasida o’quv dasturlarini
o’zlashtirishda qiyinchilikni boshdan kechirayotgan bolalar uchrab turadi.
Bolaning hoh ona qornida, hoh tug’ilgandan keyin rivojlanib borishi uchun zarur
bo’lgan ma’lum shartlarning bo’lishi natijasida jismoniy va ruhiy, aqliy nuqsonlar
kamchiliklarga olib kelishi mumkin. Bunday bolalarda eshitishda, ko’rish
qobiliyatida, nutqiy va aqliy faoliyatida nuqsonlar paydo bo’ladi.
Hozirgi vaqtda bunday bolalarni o’z sog’lom tengqurlari qatorida
umumta’lim maktablarida o’qishni inklyuziv ta’limi yo’lga qo’yilmoqda.
Umumta’lim maktablaridagi nuqsonli o’quvchilarning inklyuziv ta’limini tashkil
qilishda o’qituvchilar nimalarga e’tibor berishlari lozim. Quyidagi ayrim nuqsonli
o’quvchilarni umumta’lim maktablarida nimalarga e’tibor berishi haqida to’xtalib
o’tmoqchimiz.
I. Eshitishi zaif bolalarni etarli savod olishlari uchun o’qituvchilar oldida
quyidagi vazifalar turadi:
- Qulog’i yaxshi eshitmaydigan bolalarni nutqida, ruhiyatidagi o’zgarishlarni
o’z vaqtida bilish lozim.
- Bolaning eshitish qobiliyati darajasini bilish maqsadida zarur bo’lsa
davolash uchun mutaxassis ottolorengolog oldiga yuborish lozim.
- 47 -
- Eng muhimi sinfda qulog’i uncha yaxshi eshitmaydigan bola borligini
hamisha esda tutish va bunday bolalarni 1-partaga o’tqazib qo’yish kerak.
- O’qituvchi sinf o’quvchilarigamavzuni tushuntirayotganda, diktant matnini
o’qiyotganda o’quvchini mavzuni qanchalik fahmlaganini ko’rishi lozim.
- Qulog’i yaxshi eshitmaydigan bolalarning ishini baholayotganda, xatolar
sifatini tahlil qilganda, qulog’i yaxshi eshitmasligi tufayli xatoga yo’l qo’ygan
bo’lsa, bahoni pasaytirmaslik lozim.
- O’qituvchi bolaning ota-onasiga bolaning o’qishda uchraydigan
qiyinchiliklarining xususiyatlarini tushuntirish, o’quvchiga uy topshiriqlarini
tayyorlashda qay tariqa to’g’ri yordam ko’rsatishi kerakligini o’qitish.
II. Nutqida kamchiligi bor o’quvchilar bilan ishlashda.
o’qituvchi quyidagilarga e’tibor berishi zarur:
- O’qituvchi noto’g’ri talaffuz qiladigan o’quvchilarga alohida e’tibor qilish,
hamda logoped mutaxassislaridan maslahat olishlari kerak.
- Bolaning o’qish va yozishdagi xatolari uchun past baho qo’yib ranjitmaslik,
unga dalda berish, uning hulq atvoridagi ijobiy jihatlarga tayanish, unga
qiyinchiliklarni bartaraf qilish mumkin degan fikrni singdirish mihimdir.
- Duduqlanuvchi bolalar bilan alohida suhbatlar qilish, ularning xarakter
xususiyatlarini o’rganish lozimdir. Sinf o’quvchilariga duduqlanuvchi o’rtog’i
ustidan kulmaslik, uning kamchiligini yuziga solmaslik, unga sinf o’quvchilarining
hayrihohligini tashkil qila bilish kerak.
- Duduqlanuvchi o’quvchi savollarga og’zaki javob bergan vaqtida ularga
xushmuomalalik bilan yordam ko’rsatish, ulardan darhol katta uzun gaplar tuzishni
talab qilmaslik kerak.
- Duduq o’quvchilarning bilimlariga, ularning yozma javobiga qarab baho
qo’yish ma’quldir.
- Ulardan chet kishilar bo’lganda og’zaki javob berish talab qilinmaydi.
- Duduq bolalarga baqirib gapirish, masxara qilish, laqab qo’yish mutlaqo
noo’rindir.
- 48 -
III. Ko’rish qobiliyati zaif o’quvchilar bilan ishlashda o’qituvchining
vazifasi
- Agar sinfda ko’zi yaxshi ko’rmaydigan o’quvchi bo’lsa birinchi navbatda
ota-onasiga murojaat qilib, uni ko’z vrachi mutaxassisga ko’rsatishni tavsiya qilish
kerak.
- Ba’zida bolaning ota-onasi ko’zi ojizligini yashirishga harakat qiladilar.
Oddiy maktab sharoitida ko’zga zo’r berish qanday oqibatlarga olib kelishini
o’ylamaydilar. O’qituvchi bu tomonlarini ham ota-onalarga tushuntirib o’tishi lozim.
- Ko’zi yaxshi ko’rmaydigan bolalarni o’z vaqtida aniqlamaslik, ularning
ulgurmasligiga, so’ngra esa ta’lim-tarbiyadagi buzilishlarga olib kelibgina qolmay,
balki busiz ham ko’zdagi nuqsonni yanada og’irlashtirib yuborishiga sabab bo’lishi
mumkin.
- Shuni unutmaslik kerakki, umumta’lim maktab o’quvchisi uchun oddiy
bo’lgan ko’pgina mashg’ulotlar masalan egilish, qattiq sakrash, jismoniy tarbiya
darsida og’irliklarni ko’tarish kabilar ham bolaning ko’rish qobiliyatiga zarar
etkazishi mumkin.
- O’qituvchu sinfda ko’zi ojiz borligini nazarda tutgan holda bunday bolalar
uchun alohida ko’rgazmalar tayyorlab, dars o’tishi lozim.
- Bolaning ko’rish qobiliyatini himoya qilish uchun ota-onalar bilan
hamkorlikda ko’zoynak taqishni tashkillashtirish lozim.
IV. Aqli zaif bolalar bilan ishlashda o’qituvchining vazifasi
- Umumta’lim maktablarida o’qiyotgan aqli zaif bolalarni bilish faoliyati bilan
sog’lom bolalar bilish faoliyatlarini farqlay bilish lozim.
- Sog’lom bolaga qo’yilgan o’quv-dastur talabini aqli zaif bolaga
qo’llamaslik.
- Dars jarayonlarida aqli zaif bolalarni o’zlashtirish qobiliyatiga mos
keladigan vazifalar berib boorish lozim.
- 49 -
- Bolani darslarni o’zlashtirmasligi uchun o’quvchilar o’rtasida izza
qilmasdan, balki uning ayrim yutuqlarini hisobga olib rag’batlantirish choralarini
ko’rish.
- Umumiy aqli zaif bolalarni umumta’lim maktablarida o’qitish ishi
o’qituvchi oldida ancha murakkab muammolarni keltirib chiqaradi. Bu o’rinda
o’qituvchilarimiz ularning ota-onalari bilan hamkorlikda ish olib borishi, bolalarini
xarakter xususiyatlarini hisobga olgan holda ular bilan dars jarayonida ish olib
borish muhim ahamiyatlidir.
Umuman xulosa qilib aytadigan bo’lsak umumta’lim maktablarida
o’z sog’lom tengqurlari qatorida o’qiydigan bolalarga o’qitish va ta’limni to’g’ri
tashkil qila bilish har bir o’qituvchini mas’uliyatli burchi bo’lib qolishi kerak.
Nuqsonli bolalarni hayotda o’z o’rnini topishi, kelajakda o’z mehnati
evaziga hayot kechirish ko’nikmasiga ega bo’lish, o’qituvchilarimizning oldida
turgan asosiy vazifa hisoblanadi.
Imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’limga jalb qilish
Respublikamizning ayrim viloyatlarida, jumladan Farg’ona, Andijon, Xorazm,
Toshkent viloyatida tajriba sinov ishlari boshlangan bo’lib, bu ishlarni
amalga oshirishda nodavlat jamoalar, xorijiy tashkilotlar tashabbus
ko’rsatmoqda. Halkar YuNESKO tashkiloti va Xalq Ta’lim Vazirligi bilan
hamkorlikda O’zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalarida inklyuziv-
korreksion ta’limning tayanch punktlari tashkil etildi. Ular alohida yordamga
muhtoj bolalar ta’limi bilan shug’illanuvchi, "Inklyuziv ta’lim" dasturini amalga
oshiruvchi yagona punktlar hisoblanadi.
Farg’ona viloyati Qo’qon shahri maxsus ehtiyojga ega bo’lgan bolalarni
ijtimoiy qo’llab quvvatlash “Ziyo” markazi umumta’lim maktablariga
imkoniyati cheklangan bolalarni jalb etish YuNESKO loyihasi asosida 2004
yil o’z faoliyatini boshladi. Sinov - tajriba maydonlari uchun Farg’ona viloyati
Qo’qon va Marg’ilon shahridagi 4 va 5-sonli aqli zaif bolalar, 9-sonli zaif
ko’ruvchi bolalar maxsus maktab internatlarida, 64-sonli falaj bolalar bog’cha
majmuasi, 39-sonli nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar bog’chasi, 1,9-sonli
- 50 -
umumta’lim maktablari, Andijon viloyati 5, 31 - sonli umumta’lim maktablari
tanlandi..
Inklyuziv ta’lim borasida tajriba sinov ishlari 2004 yil iyun oyidan
boshlangan. Dastavval ma’lumotlar banki yig’ildi. Bu ishga ota-onalar,
o’qituvchilar va mahalla qo’mitasi a’zolari jalb etildi. Andijon viloyati 31-
sonli umumta’lim maktabining 4-sinf o’quvchisi L.Habibullayev (zaif
eshituvchi) 2001-2002 o’quv yillarida resurs pedagog M.Valiyeva tomonidan
umumta’lim maktabining inklyuziv sinflarida o’qitila boshlagan. Dastavval
unga Xo’jaobod tumanidagi kar-soqovlar maktab-internatiga yo’llanma
beralgan, masofa uzoqligi sababli 31-sonli umumta’lim maktabiga jalb etilgan.
Resurs pedagog Valiyeva Mamlakatxoning aytishicha, Habullayev Lutfillaga
normal bolalar bilan o’qish ilk bosqichda qiyin bo’lgan. Differensial va
individual yondashish yordamida asta-sekin qiyiniliklar ortda qolib, bilim,
ko’nikma va malakalari hosil bo’la boshladi. Tengdoshlari tomonidan
kamsitilmay balki ularning mehr-muhabbatiga sazovvar bo’ldi.
Oripova Yorqinoy Sobirovna rahbarlik qilayotgan Andijon shahar 5-sonli
umumta’lim maktabida 78 ta sinf bo’lib, 2619 nafar o’qituvchi tahsil oladi.
Shulardan boshlang’ich sinfda 5 ta o’quvchi inklyuziv ta’lim oladi.
Ahmadullayeva Mukarram resurs pedagoglik faoliyatini yuritayotgan 1-D-
sinfda Olloberdiyev Muzaffar (Oligofreniyaning debil darajasi), Isxokov Omonullo
(mayda qo’l muskullari falajlangan) va Ro’ziyeva Shoxsanam (RRS) inklyuziv
ta’lim olmoqda.
Marg’ilon shahar 9-sonli umumta’lim maktabida tahsil
olayotgan
A.Hakimovning ta’lim-tarbiya olish jarayonini kuzatildi. A.Hakimovning harakat
tayanch a’zolari falajlangan bo’lib, nogironlar aravachasida o’tiradi. Inklyuziv
ta’limga 4-sinfdan boshlab jalb etilgan. Dastavval o’qish jarayoni bola uchun juda
qiyin kechdi, sog’lom tengdoshlaridan nogironligi tufayli ajralib qoldi. Ammo
so’nggi kuzatuvlar natijasi shuni ko’ratdii, A.Hakimovni o’rtoqlari do’stona
munosabatda tanaffus paytida aravachada yetaklab yurishar, dars paytida esa sinf
taxtasi yoniga yetaklib olib chiqishar ekan. Bu kuzatishdan shu narsa ayon
- 51 -
bo’ladiki, maxsus ehtiyojli bolalarni inklyuziv ta’limga jalb etish ularni barcha
qatori teng huquqli ijtimoiy jamiyat a’zosi bo’lishini ta’minlaydi.
Inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish loyihasi Xorazm viloyatida ham
faol tarzda olib borilmoqda. Bu ishda Xorazm viloyatining bir qator
hududlarida halqaro YuNISEF, “Opereyshen Mersi” nodavlat tashkilotlari va
RTM maxsus ta’lim bo’limi bilan hamkorlikda tuzilgan rejasiga asosan
amalga oshirib kelinmoqda. Inklyuziv ta’limning loyihasi 1999 yildan
boshlangan bo’lib, hozirgi kunga qadar davam etib kelmoqda. Loyihaning
birinchi bosqichida “Opereyshen Mersi” tashkiloti Xiva tumani Xalq ta’lim
bo’limi va Respublika ta’lim markazi bilan hamkorlik rejasiga binoan Xiva
tumnida jismonan falaj bolalar uchun 4ta integrasiya sinflari tashkil etiildi.
Maktab binolarini ta’mirlash va qo’shimcha hodimlarni ish haqi bilan,
bolalarni maktabga muntazam qatnashlari uchun transport bilan ta’minlashni
“Opereyshen Mersi” tashkiloti amalga oshirdi. “Opereyshen Mersi”
inklyuziv ta’limni butun O’zbekistonga targ’ib qilishni maqsad qilib qo’ygan
va ushbu loyiha doirasidagi barcha yangiliklarni Respublika ta’lim markazi
maxsus ta’lim bo’limi bilan hamkorlikda amalga oshirmoqda. Loyihaning
to’rt nafar a’zosi 2005 yil dekabr oyida “Inklyuziv ta’lim” bo’yicha
Respublika koferensiyasida ishtirok etishdi va loyihani keng ommaga
tanishtirishdi.
2005 yilning may oyida 6-sonli maktabda yozgi integrasiya oromgohi,
birinchi sinflar uchun yangi integrasiya-inklyuziv sinfi tashkil etildi.
Kosmobod qishlog’i 6-sonli maktabda tashkil etilgan inklyuziv ta’lim
maktabining 4,5,6- sinflari-integrasiya sinflari etib belgilandi. Ikki haftalik
seminar davamida 6-sonli maktabda ta’lim olayotgan jismonan nogiron 12
nafar bolalar hamda Xiva tumani 121-sonli maxsus ko’zi ojizlar maktabida
ta’lim olayotgan 10 nafar ko’zi ojiz va zaif ko’ruvchi bolalar 6-sonli
maktabning 4 va 5 sinflarida ta’lim olayotgan sog’lom tengdoshlari bilan
birgalikda ta’lim olmoqdalar. Maktabda turli xildagi do’stona munosabat
muhitini tarbiyalash maqsadida amaliy seminarlar uyushitirilmoqda. Amaliy
- 52 -
seminarlar nafaqat bolalarning, balki maktab hodimlarining ham nogironlarga
munosabatlarini ijobiy tomonga o’zgartirmoqda.
Loyiha rejasiga binoan har bir sinfda maxsus yordamga muhtoj bolaga
ko’mak beruvchi maxsus kurslardan o’tgan resurs o’qituvchi va instruktorlar
biriktirilgan.
Yil davamida “Opereyshen Mersi” xalqaro tashkiloti 6, 7 va 9-sonli
maktablarning 3 ta integrasiya sinflari bilan ishlashni davom ettirdi.
Respublika ta’lim markazi, xalkaro "Opereyshen Mersi" tashkiloti bilan
hamkorlikda, shuningdek YuNESKOning Xorazm viloyatidagi "inklyuziv ta’lim"
tayanch muassasalarida 5 ta integrasiya sinflari va 10 ta tayanch harakat a’zolari
shikastlangan bolalar uchun yakka tartibda "inklyuziv ta’lim" tashkil etildi.
Bugungi kunda 10 ta umumta’lim maktablarida 50 nafar bolalar inklyuziv
sinflarda ta’lim olmokdalar. Ularga resurs pedagog biriktirilgan. Xiva shaxrida
pedagoglar, ota-onalar, medisina hodimlari ishtirokida seminar - treninglar tashkil
etildi.
Olib borilgan ishlar natijasida imkoniyati cheklangan bolalar ta’limiga
jamoatchilik tashkilotlarning munosabati o’zgardi, ota-onalarning bolalarga
e’tibori ortdi, ta’lim olishlari uchun qiziqa boshladilar. Eng ahamiyatlisi bola
tenqurlari kabi ta’lim olishga erishildi.
Surxondaryo viloyati Termiz shaxridagi "Imkon" markazida 80 dan ortiq
rivojlanishida turli nuksonli bo’lgan bolalar inklyuziv ta’limga jalb etilgan.
Halqaro YuNISEF tashkilotining “Inklyuziv ta’lim orqali bolaga do’stona
munosabat o’rnatish” loyihasi asosida A.Avloniy nomidagi XTRHMOI maxsus
ta’lim kafedrasi mudiri U.Fayziyeva boshchiligida RTM maxsus ta’limi bo’limi
mutaxassislari bilan hamkorlikda Farg’ona, Xorazm, Andijon viloyatlarida va
Qorqalpog’iston Respublikasida bo’lib, imkoniyati cheklangan ta’limdan chetda
qolgan nogiron bolalarni aniqlash va ularni ta’limga jalb qilish maqsadida
oilalarga, tashxis markazlariga, XTBlarbo’lib, bolalarni ta’lim tizimiga kiritish
masalalari va ular uchun shart-sharoitlar yaratishga oid muammolar ustida to’xtalib
- 53 -
o’tib, umumta’lim pedagoglari va ota onalar uchun trenig-seminarlar o’tkazdilar.
(2005-2006 yillar)
“Inklyuziv ta’lim orqali bolaga do’stona munosabat o’rnatish” loyihasi
asosida quyidagi natijalarga erishildi:
300 dan ortiq umumta’lim maktablari o’qituvchilari o’qitildi;
80 dan ortiq ota-onalar inklyuziv ta’limning asoslari va nogironlik sabablari
xususida ma’lumot va bilimga ega bo’ldilar;
3 ta metodik tavsiya ishlab chiqilib ulardan biri “Inklyuziv ta’lim asosida
bolaga do’stona munosabatni shakllantirish” masalalari xususida;
Seminarda ishtirok etgan 330ta o’qituvchi va joylardagi “Tashxis” markazlari
rahbarlari yordami bilan 558 ta ta’limdan chetda qolgan ya’ni uyda yakka tartibda
ta’lim olayotgan maxsus ehtiyojli bolalar ta’lim tizimiga kiritildi.
Mazkur loyiha asosida hozirgi kunda ham ishlar davam ettirilib, ta’limdan
cheta qolib ketgan bolalarni aniqlab, nuqson turi va darajasiga qo’yilgan tashxis
xulosasiga ko’ra ta’limga jalb qilish ishlari olib borilmoqda. Inklyuziv ta’lim
muammolarni hal qilish bo’yicha joylardagi xalq ta’limi bbo’limlari, mutasaddi
tashkilotlar, jamoa tashkilotlari va ota-onalar hamkorlikda Maxsus ehtiyojli
bolalarni umumta’lim muassasalari tizimiga to’laqonli jalb qilish bir yillik ish
emas, bu ishni bosqichma-bosqich amalga oshirishning konsepsiyasini ishlab
chiqish unga va sharoitga qarab qisqa, o’rta va uzoq muddatlarga belgilash, aniq
chora-tadbirlar ko’rish taqazo etiladi.
Inklyuziv ta’limni amaliyotga joriy etish ustida olib borilgan tajribalardan shu
narsa o’z isbotini topdiki, har qanday imkoniyati cheklangan bolalarni nuqsonini
ilk yoshdan o’z vaqtida aniqlab mutaxassislarga murojaat qilinsa va maktabga
tayyorgarlik ishi o’z vaqtida olibib borilsa abatta ko’zlangan maqsadga erishish
mumkin. Ya’ni inklyuziv ta’limning samarasi yuqori darajada bo’ladi.
- 54 -
2.4. Inklyuziv ta’limni amaliyotga joriy qilish oldida turgan muammolar
va to’siqlar.
Inklyuziv ta’lim tizimida jahon miqyosida amaliyotga joriy qilish borasida
bugungi kunga qadar ham juda ko’plab muammolar va to’siqlar mavjud. Ular
jumlasiga quyidagilar kiradi:
Salbiy munosabat;
Hamjamiyatda ko’rinmaslik;
Moddiy mablag’ muammolari;
Jismoniy moslashtirish;
Sinfdagi o’quvchilar soni;
Qaramlik;
Jinsiy belgilarga qarab kamsitish;
Favqulodda vaziyatlar, mojorolar va qochoqlar.
Salbiy munosabat-maxsus ehtiyojli bolalarning umumta’lim muasasalari
tizimida ta’lim tarbiya olaishlari uchun eng katta to’siq bo’lsa kerak. Salbiy
munosabat muammosining mazmuni shundaki, ota-onalar, hamjamiyat a’zolari,
o’qituvchilar, umumta’lim muassasalari hodimlari, boshqaruv organlaridagi hatto
maxsus ehtiyojli bolalrning o’zlaridagi umumta’lim muassasalarida ta’lim tarbiya
olishlariga nisbatan qashiliklari va buni istamasliklaridir. Bunga sabab
nogironlarga nisbatan insonlardagi noto’g’ri fikr, ular to’g’risida ma’lumotlarning
yetishmasligi, nogiron bolalarning chegaralangan muhitda o’sganligi va
boshqalardir.
Hamjamiyatda ko’rinmaslik muammosining mazmuni shundaki, ko’pincha
ko’plab maxsus ehtiyojli bolalar ota-onalar tomonidan qattiq bekitiladi. Ularni
uyga qamab hyech kimga ko’rsatmaydilar, ro’yxatga olish jarayonida nogiron
bolasi to’g’risida hyech bir ma’lumot berilmaydi. Natijada ko’plab nogiron bolalar
hamjamiyatda ishtirok etishdan mahrum bo’ladilar. Ular to’g’risida hyech bir
ma’lumotni bo’lmasligi ta’lim-tarbiya muassasalariga qatnamasliklariga olib
keladi.
- 55 -
Moddiy mablag’ muammolari. Jahon miqiyosida ko’pgina davlatlarda maxsus
ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalarida o’qitish juda qimmatga tushadi deb
hisoblaydilar. Shuning uchun ham inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish masalasini
hal qilmaydilar.
Jismoniy moslashtirish masalasi har bir davlatda mavjud bo’lib, bu mammo
asosida maxsus ehtiyojli bolalarni maktabga qatnashi masalasi yotadi. Maxsus
ehtiyojli bola maktabga kelgandan so’ng u ko’pdlab muammolarga duch keladi,
masalan, binoning ichkarisiga kirish, xonalar bo’ylab harakatlanish, hojatxonaga
borish va hokazolar. Inklyuziv ta’limda jismoniy xavsizlik va qulaylik muhimdir.
Sinfdagi o’quvchilar soni muammosi. Sinfdagi o’quvchilar sonining ko’pligi
ko’plab davlatlarda maxsus ehtiyojli bolalar uchun inklyuzivlikka to’sqinlik qiladi.
Rivojlangan davlatlarda har bir sinfdagi bolalar soni 30 tadan oshmaydi. Ammo
rivojlanishdan orqada qolgan davlatlarda esa bir sinfda 60-100 nafar bolaning
o’qishi oddiy holdir.
Qaramlik muammosi. Ya’ni bunda maxsus ehtiyojli bolalarning ko’pchiligini
doimiy ravishda boshqalar ko’magiga muhtojlini nazarda tutiladi.
Jinsiy belgilarga qarab kamsitish muammosi oqibatida ta’limda o’g’il bollar
va qiz bolalarning teng munosabatda bo’lmasligidir.
Favqulodda vaziyatlar, mojorolar va qochoqlar. Favqulotta vaziyatlar,
mojorolar va qochoqlar nafaqat nogironlik sababchisi, balki, maxsus ehtiyojli
bolalarning zaifligini yanada chuqurlashtirishga sababa bo’ladigan omildir. Jahon
miqiyosida esa hanuzgacha bu muammoning yechimlari topilganicha yo’q.
Maxsus yordamga muhtoj bolalarni umumta’lim muassasalari tizimida
o’qitish borasida respublikamizda ko’zga ko’rinarli ishlar qilindi. Halqaro
tashkilotlar YuNESKO, YuNISEF bilan hamkorlikda inklyuziv ta’lim
bo’yicha 8 ta seminar, 6 ta trening-seminarlar va halqaro konferensiyalar
tashkil etildi.
Bugungi kunda 10 ta umumta’lim maktablarida 50 nafar bolalar
inklyuziv sinflardda ta’lim olmoqdalar.
- 56 -
Olib borilayotgan ishlar natijasida imkoniyati cheklangan bolalar
ta’limga jamoatchilik tashkilotlarining munosabati o’zgardi, ota-onalarning
bolalariga e’tibori ortdi, ta’lim olishlar uchun qiziqishlari yanada ortdi.
O’zbekistonda imkoniyati cheklangan bolalarni umumta’lim
mussasalariga jalb etish, integrasiya asosida ta’limni tashkil etishning o’ziga
xos muammolari va qiyinchilaklari bo’lsada u barcha mintaqalarda rivojlanib
bormoqda. Imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim berishning noan’anaviy
boshqa shakllarini tashkil etishga ham harakat qilinmoqda.
Amalga oshirilgan ma’lum bir darajadagi yutuqlar bilan birga ayrim hal
etilishi kerak bo’lgan quyidagi muammolar ham mavjud:
-ota-onalar uchun nogiron bolalarni o’qitish tizimi, inklyuziv ta’lim
tizimi haqidagi o’quv qo’llanmalarning yo’qligi;
-maxsus ehtiyojli bolalarni uyda o’qitish uchun mutaxassislarning
mablag’ bilan ta’minlash tizimining joylarda talab darajasida yaxshi yo’lga
qo’yilmaganligi;
-inklyuziv ta’limni joriy qilish bo’yicha davlat normativ hujjatlarida qayd
etilmaganligi;
-nogiron bolalar oilasi bilan maktabning uzviy aloqasi yo’qligi;
-nogiron bolalarni maktabga kelishi uchun transport bilan ta’minlash
masalalari;
-chekka qishloqlardagi tashxisning yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi;
-nogironlar aravachalari, qo’ltiq hassalar, eshituv apparatlari,
ko’zoynaklar, travmotologik poyafzallarning yetishmasligi;
-davlat tomonidan kasb-hunarga yo’altirish, ish bilan ta’minlash,
muammolari to’laqonli hal qilinmaganligi;
-nogiron bolalarga qarovchi ota-onalar uchun nafaqaning yo’qligi;
-tevarak-atrof muhitini nogiron bolalarga nisbatan salbiy munosabati;
-nogiron bolalar bilan ishlash mahallalarda yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi
va nodavlat-notijorat tashkilotlarning faoliyati yetarli emasligi;
- 57 -
-nogiron bolalarning ota-onalaridagi huquqiy bilimining yetarli emasligi va
davlat tomonidan belgilangan imtiyozlarni bilmasligi;
-ta’lim muassasalari uchun kadrlarning yetarli emasligi;
-inshoatlarning maxsus yordamga muhtoj bolalar uchun
moslashtirilmaganligi;
-malaka oshirish tizimida umumta’lim pedagoglarini maxsus ta’lim
yo’nalishi bo’yicha qayta tayyorlash ishlari talab darajasida emasligi va.h.k
Yuqorida keltirilgan muammolarni hal qilish uchun quyidagi
masalalar o’z yechimini topish kerak. Ular:
1.
Huquqiy yo’nalishda:
"Ta’lim to’g’risida"gi Qonunga Inklyuziv ta’lim haqida modda kiritish;
Imkoniyati
cheklangan
bolalar
va
o’smirlarni
ijtimoiy
va
korreksion pedagogik jihatdan qo’llovchi qonun loyihasini
tayyorlash;
"Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar va
o’smirlarning uzluksiz ta’lim Nizomini tasdiqlash;
Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonli bolalar va o’smirlarni uzluksiz
inklyuziv ta’lim tizimini takomillashtirish;
-Inklyuziv ta’limni qo’llovchi moliyaviy man’ba mexanizmini
aniqlash, uni qonuniy jihatdan himoyalash;
-"Nogironlarni ijtimoiy himoyalash" haqidagi Qonunning bajarilishi
yuzasidan takliflar tayyorlash.
2.
Ilmiy-metodik yunalishda:
-Imkoniyati cheklangan bolalarga yagona korreksion yordam
tizimi Konsepsiyasini ishlab chiqish;
- Metodik majmualar ( dastur, darsliq o’kuv reja metodik qo’llanma; va
tavsiyalar) yaratish;
- Yangi tahrirdan chiqqan DTSlarini maxsus ta’limga moslashtirish,
shuningdek imkoniyati cheklangan bolalarning umumta’lim maktablarida ta’lim
- 58 -
olishlarini inobatga olgan xolda inklyuziv maktabga mos keluvchi variativ o’quv
rejalarini ishlab chiqish;
-Respublikadagi imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarning korreksion
yordamga yo’naltirilgan yagona ma’lumotlar bazasini yangi zamonaviy kompyuter
texnologiyalari asosida yaratish.
3.
Boshqaruv yo’nalishida:
- Alohida yordamga muhtoj bolalar bilan aloqador turli
tashkilotlar, bo’limlarni birlashtirib turuvchi, muvofiqlashtiruvchi markaz
yaratish;
- Davlatlararo ko’pqirrali rivojlantirishni ta’minlash; (seminarlar,
anjumanlar uyushtirish, ish tajriba almashish, jurnallar chop etish va xakozo).
- Imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarni ijtimoiy
moslashish va reabilitasiya qilish bosh muvofiqlashtiruvchi
respublika ilmiy-amaliy markazini tashkil etish.
4.Maktab yo’nalishida:
-Inklyuziv ta’limni amaliyotga tadbiq etishda moliyaviy ta’minot va
xususiy manba’lardan foydalanishni kengaytirish;
-Inklyuziv maktab uchun kerakli moddiy texnik ba’zani o’rganish
bo’yicha takliflar kiritish.
- 59 -
XULOSA VA TAVSIYALAR
Bugungi kunda eng dolzarb bo’lgan muammolardan biri, yani ijtimoiy
himoyaga muhtoj bolalar bilan bog’liq, muhim vazifalar va tizimdagi holat
xususidagi masaladir.
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng, barcha sohalarda bo’lgani
kabi, bolalarni ijtimoiy himoyalash tizimida ham chuqur islohotlar va o’zgarishlar
sodir bo’ldi.
O’zbekistonning
huquqiy
davlat
sifatida
rivojlanishi
jarayonida
Prezidentimiz har bir fuqaroning manfaatini himoyalashda uning jinsi, millati, irqi,
yoshidan qat’i nazar qonun ustuvorligini taminlashni asosiy omil sifatida
belgilaganlar.
Bugun yurtimizdagi har bir bolaga davlatimizning barcha haq-huquqlaridan
to’liq foydalanadigan fuqarosi sifatida qaralishini takidlab o’tishimiz lozim. Xalq
talimi vazirligi tomonidan bajarilayotgan islohotlarga davlat tomonidan ratifikasiya
qilingan «Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiya» tamoyillari asos qilib olingan.
Bu:
- kamsitmaslik masalalari
- yashash va rivojlanish
- bolaning shaxsiy manfaati
- bolaning dunyoqarashi
kabi jihatlarni o’z ichiga qamrab oladi.
Mazkur tamoyillarni amalda qo’llash jarayonida bu vazifaning oson
emasligi bilinadi. Bu borada quyidagilarni misol tariqasida keltirish mumkin:
Masalan,
internat
muassasalarida
tarbiyalanayotgan
bolalarning
ko’pchiligini
nogiron
bolalar
tashkil
etadi.
Xalqaro
tashkilotlarning
tavsiyanomalarida deinstitusiyalashda inklyuziv metodni asosiy usul sifatida tatbiq
qilish kerak deyilgan. Xo’sh, kar o’quvchining uyidan uzoq,da o’qitilishi uning
konvensiyadagi haq-huquqlarini buzadi, deyish mumkinmi? Biz «ha» deb javob
beramiz. Chunki bolani «kamsitmaslik» tamoyili va oilasi bilan yashash
- 60 -
huquqidan mahrum etayapmiz. Agar bolani uyiga yaqin joylashgan qishloq
umumtalim maktabida 35 nafar o’quvchi talim olayotgan sinfda o’qishga qoldirsak
bunda uning «shaxsiy manfaatlari» tamoyilini buzgan bo’lamiz. Bola bu yerda
o’ziga yetarli etiborni ololmaydi. Maktabda defektologlarning yo’qligi uchun
o’quvchi maxsus muassasadagidek talim ololmaydi, oqibatda rivojlanishda orqada
qoladi va kasb egallashga tayyorlana olmaydi. Bundan tashqari, bu o’rinda
bolaning «Shaxsiy fikri» tamoyili buziladi.
Xalq talimi vazirligi bilan hamkorlikda Resplika bolalar ijtimoiy
moslashuvi markazi tomonidan borilgan izlanishlar shuni ko’rsatadiki, kar
bolalarning 99 foizi umumtalim muassasalarida o’qishni xohlashmaydi Ijtimoiy
himoyalash bo’yicha dunyoda yetakchi o’rinlarda turgan Shvesiyada ham
vaziyat xuddi shunday ekan. U yerda o’quvchilar alohida maxsus internatlarda
o’qitiladi. Xuddi shu holni Respublikamizdagi aqli zaif o’quvchilarga
mo’ljallangan
maktab-internatlarda
ham
kuzatish
mumkin.
Shu
bois,
deinstitusiyalashga, inklyuziv ta’limni kiritishda muhitni chuqur o’rgangan holda,
ehtiyotlik bilan ish ko’rish zarur hisoblanadi. Zero, bizning asosiy maqsadimiz har
bir bolaning o’z oilasida yashash va bolalar qatorida sifatli bilim olish haq -
huquqlarini ta’minlashdan iboratdir. Buning uchun biz murrakkab masalalarni hal
qilishimiz, bu ishni turli yo’nalishda olib borishimiz lozim.
Bolalarni ijtimoiy himoyalash yo’lida olib borilayotgan ishlarning
samaradorligini oshirish uchun tatbiq etilayotgan dasturlarning doimiy
monitoringini olib borish zarur. Bu yo’nalishda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan
ham muhim ishlar amalga oshirilmokda. Xususan, himoyaga muhtoj bolalar
guruhlarini ijtimoiy himoyalash monitoringini olib borish uchun tashkilotlararo
ma’lumotlar tuzilib, viloyat, shahar, tuman xalq ta’limi, sorliqni saqlash hamda
mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo’limlari ishtirokida har bir nogiron
bola bo’yicha ma’lumotlar banki tuzilgan. Xalq ta’limi bo’limlari xodimlari
tomonidan har bir xonadon o’rganilib, nogiron bolalar aniqlab chiqildi. Natijada
4750 nafar bola o’qishga jalb etildi. Shuningdeq monitoring natijalari uzluksiz
ta’lim tizimidagi ta’lim-tarbiyaviy va tibbiy xizmatni 6aholash, xato quyilgan
- 61 -
tashhisni
aniqlash,
tibbiy-psixologik-pedagogik
komissiyalarning
ish
unumdorligini oshirish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish uchun turtki bo’ladi.
Vaziyatni o’rganish natijasida, bugungi kunda respublikamizda ta’limga jalb
etilmagan bola deyarli yo’q, deb faxr bilan ta’kidlash mumkin.
Imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim olishida nihoyatda yuqori e’tiborni
talab qiluvchi umuta’lim tizimining sohasi hisoblansa, imkoniyati cheklangan
bolalar esa jamiyatning ijtimoiy qatlamidir, chunki ularning ko’pchiligi kam
ta’minlangan oilalarda voyaga yetganlar.
Inklyuziv ta’lim – bu imkoniyati cheklangan bolalarni barcha zaruriy vositalar
bilan ko’pchilik bolalar uchun amalga oshiriluvchi ta’lim tabirlariga jalb etishdir.
Shundagina imkoniyati cheklangan barcha bolalar jamiyat hayotida faol ishtirok
etishga erishishlari mumkin.
Inklyuziv ta’lim nafaqat ta’lim borasida, balki bolalarning ma’naviy va
jismoniy o’sishlari, shuningdek vositalarni iqtisod qilish borasida ham samaralidir.
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan maxsus ta’limda o’qitishni inklyuziv va
integrallashtirilgan ta’lim asosida olib borish ta’lim siyosatidagi asosiy
yo’nalishlardan biri sifatida e’tibor qaratilmokda. Ta’limda inklyuziv yondoshish
nafaqat pedagogik hissiy, psixologik jihatdan qulay, bu davlat uchun ham ancha
arzon va samarali hisoblanadi. Bu vaziyatda mukammal tayyorlangan
eksperimental loyihalar tuzilishi kerak, ular inklyuziv ta’limning ijobiy tomonlari
amalda bajarilishini va ularning modellari tarqatilishini ta’minlashi lozim. Ayni
vaqtda Xalq ta’limi vazirligi va xalqaro tashkilotlar ishtirokida ta’limni
rivojlantirish borasida quyidagi eksperimental loyihalar amalga oshirilmokda.
2001 yilda YuNESKO tashabbusi bilan Respublika ta’lim markazi qoshida
inklyuziv ta’lim yo’nalishi bo’yicha Resurs Markazi tashkil etildi. Markazning
maqsad va vazifalari imkoniyati cheklangan bolalarga davlat va nodavlat
tashkilotlar, ota-onalar, ko’ngillilar tomonidan ko’rsatilayotgan yordam va
tashabbuslarni umumlashtirish va jamlashtirishdan iboratdir. Markaz tomonidan
umumta’lim x.amda maxsus maktab o’qituvchi va rahbarlari uchun uslubiy
- 62 -
qo’llanmalar ishlab chiqilmoqda va ularning pedagogik malakalarini oshirish
maqsadida turli tadbirlar amalga oshirilmokda.
O’zbekistonda
inklyuziv-korreksion
ta’lim
va
bolalar
ta’lim
muasssasalarining asosiy tayanch punktlarini tuzish Xalk ta’limi vazirligi va
YuNESKO ning asosiy loyihasi hisoblanadi. Bu dasturni rivojlantirish maqsadida
Farg’ona, Xorazm, Namangan, Surxondaryo, Andijon viloyatlarida inklyuziv
ta’lim yo’nalishida Resurs Markazi tashkil etildi. Bu markazlar yordamga muhtoj
bolalarni o’qitish, rivojlantirish va ularning reabilitasiyam bilan shug’ullanadi
hamda inklyuziv yo’nalishdagi ta’limni davlat tashkilotlari va jamoatchilik bilan
bo’lgan munosabatlar orqali rivojlantiradi. Mana shu kabi markazlar
respublikamizning barcha viloyatlarida faoliyat yuritsa ta’lim sifati yanada oshgan
bo’lardi.
Bugun biz bolalarimizni eshitishni o’rganayapmiz.
Xulosa sifatida bir nogiron bolaning keltirmoqchiman:
«Men o’ylaymanki, haqiqiy hayotni bilish uchun insonning do’stlari
bo’lishi kerak. Chunki haqiqiy hayot bu atrofdagi insonlar bilan doimiy
bog’lanish va muloqotda bo’lishdir. Men, menga yordam berayotgan insonlarsiz
hyech narsa qila olmayman. Agar men faqatgina ular bilan muloqotda bo’lishni
istamasam, unda do’stlar orttirish yo’llarini axtarishim, izlashim lozim».
Olib borilgan kuzatishlar asosida biz quyidagi tavsiyalarni ishlab
chiqdik:
1.
Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim sharoitida o’qitishni
tashkillashtirish;
2.
Inklyuziv ta’limni rivojlantirish uchun umumiy ta’lim tizimiga
tarkibiy o’zgartirishlar kiritish;
3.
Inklyuziv ta’limni joriy qilishda muassasa hodimlarini ish
vazifalarida islohotlarni amalga oshirish;
4.
O’qituvchi-defektologlar, ota-onalar va boshqa mutaxassislar bilan
hamkorlikda ishlashni yo’lga qo’yish;
- 63 -
5.
Imkoniyati cheklangan bolaning shaxsiy xususiyatlariga ko’ra yakka
tartibda korreksion metod va moslashtirilgan o’quv reja, dasturlar va boshqa
omillardan foydalanib, atrofdagi jamoatchilik bilan birgalikda o’qitishning turli
shakllarini tashkil qilish;
6.
Bolalar uchun ta’lim sharoitini yaratish va ta’lim samaradorligini
oshirish;
7.
Imkoniyati cheklangan bolalarni ta’lim–tarbiyaga bo’lgan ehtiyojlarni
qondirishga mos bo’lgan siyosatni ishlab chiqish;
8.
Barcha yoshdagi bolalar atrofida yashayotgan va ishlayotgan bolalar
bilan bir xil sharoitda o’qishlari va kamol topishlari zarur;
9.
Sinfdagi o’quvchilar soni muammosini hal qilish;
10.
Ota-onalar uchun nogiron bolalarni o’qitish tizimi, inklyuziv
ta’lim tizimi haqidagi o’quv qo’llanmalar yaratish;
11.
Inklyuziv ta’limni joriy qilish bo’yicha davlat normativ
hujjatlarida qayd etilishiga erishish;
12.
Nogiron bolalar oilasi bilan maktabning uzviy aloqa o’rnatish;
13.
Nogiron bolalarni maktabga kelishi uchun transport bilan
ta’minlash masalalari;
14.
Chekka qishloqlardagi tashxisning yaxshi yo’lga qo’yilishini
ta’minlash;
15.
Nogiron bolalarning ota-onalaridagi huquqiy bilimini oshirib borish;
16.
Ta’lim muassasalari uchun kadrlar yetishtirish;
17.
Inshoatlarning maxsus yordamga muhtoj bolalar uchun
moslashtirish;
- 64 -
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
1. Karimov I.A. “Barkamol avlod - O`zbekiston taraqqiyotining poydevori”.
Toshkent: Sharq nashriyot-matbaa konserni. 1997.
2. Karimov I.A. O`zbekiston kelajagi buyuk davlat. Toshkent. O`zbekiston.
1992.
3. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. Toshkent. O`zbekiston. 1995.
4. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. Toshkent. 1998.
5. Karimov I.A. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqrirozi, O`zbekiston sharoitida uni
barataraf etish yo`llari va choralari. Toshkent. 2009.
6. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda.-Toshkent: O`zbekiston.
1999.
7. Karimov I.A. O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li.- Toshkent:
O`zbekiston. 1998.
8. Karimov I.A. Yuksak malakali mutaxassislar-taraqqiyot omili.- Toshkent.
O`zbekiston. 1995.
9. Karimov I.A. “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”. O`zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisi.
2010 yil.
10. Karimov I.A. Ma’naviy yuksalish yo`lida.-T., “O`zbekiston”, 1998.
11. Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni – xalq, millatni – millat qilishga
xizmat etsin. “Tafakkur” jurnali bosh muxarriri savollariga javoblar, 2-son, 1998.
12. O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi qonuni (1997 yil 29
avgustda qabul qilingan). Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining
poydevori. –Toshkent: O`zbekiston. 1997.
13. O`zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” /
Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. –Toshkent: Sharq
nashriyot-matbaa konserni. 1997.
- 65 -
14. “Alohida yordamga muhtoj bolalarni ma’naviy va estetik rivojlantirish”
mavzusidagi ilmiy - nazariy konferensiya materiallari. Toshkent-
“Uzinkomsentr”-2002 yil.
15. Aminova V.Yu. Integrirovannoye obrazovaniye dlya detey s osob
ыmi
nujdami v doshkoln
ыx i shkolnыx uchrejdeniyax massovogo tipa (Metodicheskiye
rekomendatsii) MNO RTsO Resursno’y sentr YuNESKO Tashkent 2002
16. “Dakarskiye ramki deystviy”- YuNESKO-2000 yil. Fransiyada chop
etilgan.
Kislitsina
I.K. «Inklyuzivnoye
obrazovaniye-obrazovaniye
dlya
vsex»(osnovn
ыye ponyatiya i kratkiy obzor mejdunarodnogo opыta) sozdano pri
podderjke Yevropeyskogo Soyuza. Tashkent, 2004
17. Ko’rishida muammosi bo’lgan bolalar inklyuziv ta'limi. Tuzuvchi
Grigoryants
18. «Inklyuziv ta’lim» muvaqqat Nizomi. 2005 yil.
19. Imkoniyati chyeklangan bolalar va o`smirlar uchun inklyuziv ta'limni tashkil
etish to’g’risida muvaqqat NIZOM. O`RXTV T.,19 syentyabr, 2005.
20. “Maktablar hamma uchun”- “Bolalarni qutqaring jamg’armasi” -2002 yil.
21. “Maktablarin olqishlab-inklyuziv maktablardagi nogiron o’quvchilar”-
YuNESKO - 1999 yil.
22. Muminova L.R., Ayupova M.Yu. Logopyediya. T., 1995
23. Yuneskoning 2003 yil O’zbekistonda 2 – 4 oktyabr kunlaridagi «Inklyuziv
ta’lim» ga oid seminarii xujjatlari.
24. “Problem
ы v klyucheniya detey so spesalnыmi obrazovatelnыmi
potrebnostyami v obsheobrazovateln
ыy prosese” Materialы respublikanskogo
seminara Almat
ы.- Almatы «Raritet» 2002 yil.
25. Pulatova F., Oligfryenopyedagogika .G’ofur G’ulom, 2006
26. Roy Mark Konki ”Inklyuziv sinflarda o’quvchilar ehtiyojlarini anglash
va bu ehtiyojlarni qondirish” Toshkent-YuNESKO-2004yil. O’qituvchilar
uchun qo’llanma. Raxmanova V.S Maxsus pyedagogika G’ofur G’ulom
nashriyoti, Toshkyent, 2004
- 66 -
27. Sodiqova G.A., Nurkyeldiyeva D.A. Rivojlanishi orqada qolgan bolalar
diagnostikasi (ma'ruzalar matni) T., 2001
28. Surdopedagogika pod red. NikitinoyM.I. M., Prosvesheniye, 2002
29. “Ta’lim hamma uchun milliy dasturini joriy qilish masalalari”
mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Toshkent-2005 yil.
30. Ture Yonson ”Inklyuziv ta’lim”-“Opereyshen Mersiy” Toshkent-2003 yil.
O’qituvchilar uchun qo’llanma.
31. FayziyevaU.Yu., Abdurazakova D.Do`stona munosabat muxitidagi maktab.
O`XTV Avloniy nomidagi XTRXMOMI, BMT Yunisyef.XBJ. T., 2005.
32. FayziyevaU., Nazarova D., Kolbayeva X.J.Eshitishida muammolari bo’lgan
bolalar inklyuziv ta'limi. O`XTV Avloniy nomidagi XTRXMOMI, BMT Yunisyef.
XBJ. T., 2005.
33. O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pyedagogik tashxis
markazlari Nizom. T., 2005
34. Shomaxmudova R. Bolalar talaffuzidagi nuqsonlarni bartaraf etish. T., 2001
35. “Halqaro forum materiallari”-Toshkent - Respublika bolalarni ijtimoiy
adaptasiyalash - 2005 yil.
http://fayllar.org
|