|
Masofaviy ta’limda internet texnologiyasi
|
bet | 35/45 | Sana | 04.10.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #273577 |
Bog'liq BULITLI TEXNOLOGIYALAR.Delov Masofaviy ta’limda internet texnologiyasi
Masofaviy ta’limning ushbu turi global va lokal kompyuter tarmoqlaridan samarali foydalanishga asoslangan. O‘quvchilar ushbu tarmoq orqali axborot-ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ta’limda Internet texnologiyalarni joriy etishda bir qator tashkiliy, texnik, metodik va dasturiy xamda o‘quv jarayonini boshqarish masalalarini xal etish talab etiladi. Internet-texnologiyalar asosida o‘qitishda sub’ektlarning yashash joyi, o‘qitish vaqti hech qanday ro‘l o‘ynamaydi.
O‘qitish avtonom ravishda olib borilishi mumkin. Ushbu o‘qitish texnologiyasida o‘quvchi va o‘qituvchilar o‘rtasida elektron pochta orqali interfaol masloxatlarni tashkil etish va o‘quv jarayoniga tegishli boshqa ma’lumotlar bilan axborot ayirboshlash mumkin. Internet- texnologiyalar ta’limda elektron darsliklardan, virtual stendlardan, elektron ensiklopediyalardan, annimatsion multimedia majmualaridan foydalanishga, shuningdek sub’ektlarni bilimini nazorat qilishning test usulini joriy etishga asoslangan. Telekommunikatsion texnologiyalar - o‘quv jarayonida telekom-munikatsiyaning zamonaviy texnik va axborot vasitalaridan foydalanishga asoslanadi. Telekommunikatsion texnologiyalar asosida o‘qitish nisbattan qimmat texnik va dasturiy vositalardan foydalanishni talab etadi. Jumladan, sun’iy yo‘ldosh aloqa vositasi yoki telekommunikatsiya tizimi orqali bir vaqtining o‘zida turli auditoriya yoki kompyuterlarga ovozli videomaruzalarni translyasiya qilish xamda ikki tomonlama real muloqot o‘rnatish imkoniyatlarini yaratadi
3.2- jadval
Axborot uzatish usuli
|
Qayta tiklash qobiliyati
|
3 soatdan keyin
|
3 kundan keyin
|
Og‘zaki
|
25 %
|
10-20 %
|
Vizual
|
72 %
|
10 %
|
Vizual + og‘zaki
|
80 %
|
65 %
|
Faollashtirish
|
90 %
|
70 %
|
|
| |