• Mustaqil taʻlim olish modeli
  • Delov to‘lqin erkinovich




    Download 2,44 Mb.
    bet38/45
    Sana04.10.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #273577
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   45
    Bog'liq
    BULITLI TEXNOLOGIYALAR.Delov

    Taqsimlangan auditoriya modeli. Bu model turli manzillarda yashovchi talabalardan tashkil topgan sinf, guruhga mo‘ljallangan kursning interaktiv telekommunikatsion texnologiyalar yordamida tarqatilishiga qaratilgan. Natijada, anʻanaviy taʻlim oluvchilar va MT oluvchilarni birlashtiruvchi aralash sinf hosil bo‘ladi. Bu modelning ko‘rsatkichlari:

      • mashg‘ulotlar sinxron kommunikatsiyani talab qiladi, yaʻni talaba va o‘qituvchilar maʻlum vaqtda, maʻlum joyda bo‘lishlari kerak (masalan, hech bo‘lmaganda haftada ikki marotaba);

      • ishtirokchilar soni bittadan beshtagacha va undan ko‘pga o‘zgarib turadi, ishtirokchilar soni qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha texnik, mantiqiy va maʻrifiy murakkablik ortib boradi;

      • taʻlim oluvchilarga o‘qish joylarini o‘quv dargohida emas, balki, uyi yoki ish joyida tashkil qilish mumkin;

      • o‘quv muassasalari yaqin bo‘lmagan hududlarda yashovchi talabalarga xizmat qilishga moslashgan;

    Mustaqil taʻlim olish modeli. Bu modelda talabalarga aniq vaqtda, aniq joyda bo‘lish masʻuliyati yuklanmaydi. Talabalar kursning batafsil dasturi va mazmunini ifodalovchi materiallar to‘plami bilan taʻminlanadilar hamda rahbarlik qiluvchi savollariga javob berib, ishni baholovchi o‘qituvchiga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Talaba va o‘qituvchi o‘rtasidagi muloqot telefon, kompyuter konferensiyalari, elektron va oddiy pochtalarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Bu modelning ko‘rsatkichlari:

      • mashg‘ulotlar auditoriyada olib borilmaydi, fanlar (kurslar) ni talabalar dasturdagi batafsil yo‘riqlar asosida mustaqil o‘rganadilar;

      • talabalar o‘qituvchi bilan ayrim belgilangan paytlardagina, boshqa talabalar bilan esa istagan hamda belgilangan vaqtda muloqot qiladilar;

      • kurs bo‘yicha barcha materiallar bosma nashrlar, kompyuter disklari yoki videoyozuvlar shaklida taqdim qilinadi va talabalar ulardan ixtiyoriy vaqtda, ixtiyoriy joyda foydalanishlari mumkin bo‘ladi;

      • kurs materiallari bir necha yillar davomida foydalaniladi. Bu materiallar kurs tashkilotchilari, ekspertlar va mutaxassislar ishtirokida yaratilgan bo‘ladi va ulardan barcha o‘qituvchilar uchun umumiy shaklda foydalanadi.

    V. Ochiq taʻlim +Sinf modeli. Bu model kursning bosma matni va boshqa vositalari (masalan, videoyozuv yoki kompyuter disklari)ni qo‘llashga qaratilgan. Bu esa, talabaga, masofaviy guruh ichidagi talabalar muloqotlari tashkil etilishiga yordam
    beruvchi interaktiv telekommunikatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda, kursni o‘rganish imkoniyatini beradi. Bu modelning ko‘rsatkichlari:

      • kurs bo‘yicha barcha materiallar bosma nashrlar, kompyuter disklari yoki videoyozuvlar shaklida taqdim qilinadi va talabalar ulardan ixtiyoriy vaqtda yakka tarzda yoki guruhda foydalanishlari mumkin bo‘ladi;

      • kurs materiallaridan bittadan ortiq semestrda foydalaniladi va har bir o‘qituvchi uchun farq qiladi, (masalan, uning video maʻruzasi);

      • talabalar va o‘qituvchi vaqti-vaqti bilan mashg‘ulot o‘tkazish uchun to‘planadilar. Bunda interaktiv texnologiyalar qo‘llaniladi (taqsimlangan sinf modeliga mos ravishda);

      • sinflardagi mashg‘ulotlar, talabalarning asosiy tushunchalarini oydinlashtirish, masalalarni yechish ko‘nikmalarini hosil qilish, guruhda ishlash va boshqa vazifalarni bajarishlari uchun, tashkil qilinadi.

    Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz shahridagi bo‘linmalari, shuningdek Termiz davlat universitetining Denovdagi filiallarini bog‘laydigan, optik aloqa tarmoqlariga asoslangan videokonferentsaloqa tizimi ishga tushirildi.
    "O‘zbektelekom" AK tomonidan tezkor va sifatli internetga asoslangan videokonferensaloqa tizimi uchun zarur dasturiy va tashkiliy taʻminotlar majmui ishlab chiqildi. Oltita obʻektni qamrab olgan bu tizim 24 ta maxsus kompyuter, 24 ta veb- kamera va mikrofonlar va maxsus rusumdagi 48 ta dinamiklar, 48 ta keng formatli ekranlardan iborat.Natijada, bu hududda tahsil olayotgan yoshlar poytaxtda, qolaversa jahonning boshqa mamlakatlarida faoliyat ko‘rsatayotgan peshqadam professor- o‘qituvchilar, ekspertlardan taʻlim olish imkoniga ega bo‘ldilar.Shuningdek, joriy tizim yangi bilim va tajribalarni tezkor yetkazish, boshqa universitetlar bilan ulanish va tajriba almashish, taʻlimning iqtisodiy samaradorligini oshirish, o‘quv jarayonida audio-video, animatsiya, grafikalardan keng foydalanish, nazariyani amaliyot bilan taqqoslash hamda ixtisosliklar bo‘yicha qisqa kurslarni tashkil qilish imkonini beradi.
    Masofaviy taʻlim tizimi orqali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, tinglovchilar uchun masofaviy malaka oshirish imkoniyatini yaratish, taʻlimning turli interaktiv shakllarini bir-biriga yaqinlashtirishga erishish mumkin



    Download 2,44 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   45




    Download 2,44 Mb.