• Stoik ArtMen
  • Virtual reallik
  • Virtual laboratoriya
  • Delov to‘lqin erkinovich




    Download 2,44 Mb.
    bet42/45
    Sana04.10.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #273577
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
    Bog'liq
    BULITLI TEXNOLOGIYALAR.Delov

    Self service on demand - isteʻmolchi o‘z ehtiyojlariga kerakli ravishda hisob- kitob talablarini provayder bilan bog‘lanmagan holatda o‘zi aniqlaydi va o‘zgartiradi.
    Service Level Agreement - bulutli provayder tomonidan taqdim etiladigan xizmatlarning darajasini belgilaydigan shartnoma.
    Software as a service - dasturiy taʻminot xizmat sifatida tarqatish modelida ilovalar (applications) vendorlar yoki xizmat provayderlari tomonidan joylashtiriladi va mijozlarga Internet orqali foydalanish imkoniyati beriladi. Dasturiy konfiguratsiya foydalanuvchilarga ruxsat berilishi.
    Stoik ArtMen - Stoik Software dasturiy mahsulotlari safiga kiradi va turli rassomlar tomonidan chizilganga o‘xshatib qayta ishlashga yordam beradi, masalan, akvarelda, moybo‘yoqda, o‘yma naqsh, emal va b.
    Tarmoq virtualizatsiyasi - maʻlumot uzatish tarmog‘ining real jismoniy vositalarini mantiqiy tarmoq ko‘rinishida tasvirlash texnologiyasi. Tarmoq virtualizatsiyasining ikki turi mavjud:
    Virtual reallik - sunʻiy hosil qilinadigan axborot muhiti bo‘lib, u atrof- muhitning odatiy usuldagi tasavvurini — turli texnik vositalar asosida hosil qilinadigan axborotlar bilan almashtirishga qaratiladi.
    VirtualBox - virtual mashinalarni yaratish uchun bepul dastur,
    Virtuallashtirish- kompyuter resurslarini birgalikda ishlatili-shini taʻminlaydigan usul
    Virtuallik - atamasi lotincha «virtualis» so‘zidan olingan bo‘lib, «muayyan bir sharoitlarda sodir bo‘ladigan yoki ro‘y berishi mumkin bo‘lgan», yoki mavjud bo‘lmagan, lekin amalga oshish ehtimoli mavjud bo‘lgan jarayon kabi maʻnolarni anglatadi.
    Virtual laboratoriya – o‘rganilayotgan haqiqiy ob’ektlarda bo‘layotgan jarayonlarni kompyuter imitatsiyasi orqali taqdim etish va masofaviy kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan dasturiy majmua.
    Virtual auditoriya – o‘quv jarayonining o‘qituvchisi va boshqaruvchisining maslahatini olish uchun tarmoq texnologiyasi yordamida turli geografik joylarda yashayotgan talabalarni birlashtirish.

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




    Download 2,44 Mb.