|
Xatolarni togrilash va ularning oldini olish
|
bet | 3/4 | Sana | 25.05.2023 | Hajmi | 0.75 Mb. | | #64548 | Turi | Referat |
Bog'liq Referati mavzu Nutqiy xatolar va ularni bartaraf qilish yo llaXatolarni togrilash va ularning oldini olish
Oquvchilar yol qoygan xatolarni guruhlash, ularning turlarini aniqlash va har bir xatoning kelib chiqish sabablarini organish asosida nutqqa oid xatolarni togrilash va ularning oldini olish tizimi ishlab chiqiladi:
1) nutqqa oid xatolarni oquvchilar daftarida togrilash;
2) sinf oquvchilari uchun umumiy bolgan nutqqa oid xatolar ustida sinfda ishlash (buning uchun darsning 15-20 minutlik qismi ajratiladi va tekshirilgan insho va bayon tahlil qilinadi, oquvchilarning yol qoyilgan xatoni mustaqil ravishda topishga va uni togrilashga imkon beriladi);
3) ayrim individual xatolar ustida darsdan tashqari vaqtda ishlash, xatoni topish, tushuntirish va togrilash;
Korsatilgan yonalishlarning hammasi har bir sinf oquvchilari uchun, ayniqsa, III va IV sinf oquvchilari uchun muvofiq keladi.
Nutqiy xatolarni togrilash va oldini olish til ustida ishlash bilan boglab, maqsadga muvofiq holda uyushtiriladi.
Nutqiy xatolarni togrilash. Oquvchilar ogzaki va yozma nutqida yol qoygan nutqiy xatolarni oz vaqtida togrilab borish zarur. Oquvchi yol qoygan xatosining togri variantini ozlashtirsin, imkoni bolsa, xatoning kelib chiqish sababini tushunsin. Xatoni togrilashning eng foydali usuli yol qoygan xatosini oquvchining ozi togrilashi hisoblanadi, agar oquvchi xatosini togrilay olmasa, uni oqituvchi togrilaydi. Xato turiga qarab togrilanadi: gap yoki soz birikmasi qayta tuziladi, soz boshqasi bilan almashtiriladi, zarur soz qoshiladi, ortiqchasi ustidan chiziladi.
Insho yoki bayonni tahlil qilish darsida xatolar ustida ishlash maqsadi uchun darsning ikkinchi qismi 20-25 minuti ajratiladi. Oqituvchi oquvchilar insho yoki bayonni qanday yozganlari haqida qisqa tushuncha berib, eng yaxshi yozilgan matnni oqib beradi, mazmundagi, mavzuni yoritishdagi kamchiliklar, imloviy va nutqiy xatolar aniqlanadi. Yol qoyilgan xatoni togrilash yoli tushuntiriladi. SHundan song xato ustida birgalikda ishlanadi: oqituvchi yol qoyilgan xatoning bir turini togrilash yuzasidan topshiriq beradi: «Noorin ishlatilgan sozni boshqasi bilan almashtiring». Xatosi bor matnni oqib yoki yozib beradi, oquvchilar yol qoyilgan xatoni topadilar, maqsadga muvofiq soz bilan almashtirib, uni togrilaydilar va tushuntiradilar.
Ayrim oquvchilar yol qoygan individual xatolar darsdan tashqari vaqtda, qoshimcha mashgulot jarayonida togrilanadi. Oquvchi bilan individual suhbatda ham, sinfda jamoa bolib ishlash jarayonidagi kabi bolalarning aqliy faolligiga, yani u xatosi nimadaligini tushunibgina qolmay, balki uni togrilashi va tushuntirishiga erishish muhimdir.
Grammatikaga oid mavzuni organishda oquvchilar yol qoyishi mumkin bolgan xatoning oldini olish uchun mazkur mavzu ularga qanday imkoniyatlar yaratishi tushuntiriladi. Masalan, «Olmosh» mavzusini organganda, kishilik olmoshlarining takrorlangan sozlar ornida qanday ishlatilishi oquvchilarga misollar bilan tushuntirilsa, ular ham insho yoki bayon yozishda shunga rioya qiladilar.
Oquvchilarning ogzaki va yozma nutqini ostirishdagi muvaffaqiyat quyidagi uch asosiy omilga bogliq:
1) sozga etibor bilan munosabatda bolish, oquvchilarning kop mutolaa qilishi, atrofidagi kishilarning togri va ifodali nutqi, yani nutqiy sharoit;
2) bolalarning nutqiy tajribasi qanday tashkil etilishi;
|
| |