• Mavzu : Nutqiy xatolar va ularni bartaraf qilish yo’llari s Nutqiy xatolar va ularni bartaraf qilish yo’llari Reja
  • lug’aviy-uslubiy, morfologik- uslubiy, sintaktik-uslubiy.
  • Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti




    Download 0.75 Mb.
    bet1/4
    Sana25.05.2023
    Hajmi0.75 Mb.
    #64548
    TuriReferat
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Referati mavzu Nutqiy xatolar va ularni bartaraf qilish yo lla


    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA
    MAXSUS TA`LIMI VAZIRLIGI
    DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI

    “PEDAGOGIKA ” FAKULTETI
    “B T SIRTQI” YO`NALISHI
    4-BOSQICH 403-GURUH TALABASI
    PO'LATOVA CHINNIGULNING
    “ONA TILI O`QITISH METODIKASI ”
    FANIDAN

    REFERATI


    Mavzu : Nutqiy xatolar va ularni bartaraf qilish yo’llari
    s

    Nutqiy xatolar va ularni bartaraf qilish yo’llari
    Reja:



    1. Xato turlari

    2. Xatolarni to’g’rilash va ularning oldini olish

    Xato turlari

    Nutqiy xatolarga noto’g’ri (noo’rin) tanlangan so’zlar, noto’g’ri tuzilgan gaplar, morfologik shakllarni noto’g’ri ishlatish kiradi.


    Boshlang’ich sinflarda bunday xatolar ustida ishlash ancha qiyin, chunki ularni to’g’rilash va oldini olish uchun ona tili dasturida berilgan qisqa nazariy ma’lumot yetarli emas. Bolalar nutqini takomillashtirish ustida rejali, muntazam ish olib borish uchun asosiy nutqiy xatolar turini bilish zarur. Bunday nutqiy xatolarni o’rganish, shuningdek, ularning kelib chiqish sabablarini tekshirish xatolarni to’g’rilash va oldini olish uchun zamin hozirlaydi.
    Nutqiy xatolar uch turga ajratiladi: lug’aviy-uslubiy, morfologik- uslubiy, sintaktik-uslubiy.
    Boshlang’ich sinflarda lug’aviy-uslubiy xatolar ko’proq uchraydi. Bunday xatolarga quyidagilar kiradi:
    1. Bir so’zni qayta-qayta ishlatish. Bunday xatoning kelib
    chiqishiga sabab, birinchidan, o’quvchi so’zni ishlatishga kam e’tibor beradi va faol lug’atidagi so’zdan takroriy foydalanadi; ikkinchidan, o’quvchining so’z boyligi kam, sinonimlarni bilmaydi, takrorlanadigan so’zlar o’rniga olmoshlardan foydalana olmaydi.
    Agar o’qituvchi bir so’zni qayta-qayta ishlatmaslik uchun uning ma’nodoshlaridan yoki shu so’z o’rniga olmoshlardan foydalanish kerakligini yaxshi tushuntirsa, kichik yoshdagi o’quvchi matnni e’tibor bilan o’qib, takrorlarini nisbatan tez tuzata oladi.

    Download 0.75 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0.75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

    Download 0.75 Mb.