DETALLARNING ISH CHIZMALARI VA ESKIZLARINI CHIZISH Detallarning ish chizmalari
Detalning ish chizmasi deb, detalni tayyorlash va nazorati uchun yetarli tasvirlari va boshqa ma’lumotlardan iborat chizmaga aytiladi.
Ma’lumotlarga o‘lchamlar, shartli belgilar, yozuvlar, jadvallar va boshqalar kiradi.
Shunday qilib chizma grafik qismdan tashqari matn qismini ham o‘z ichiga oladi.
Ish chizmalarini tayyorlash
1-shaklda o‘quv chizmasini A4 formatga, 11.2-shaklda esa A3 formatga joylashtirish ko‘rsatilgan.
Chizma qog‘ozida detalni tasvirlari va g‘adir-budurliklarini ko‘rsatuvchi yetarli belgilardan tashqari, asosiy yozuv, texnikaviy talablar (asosiy yozuv ustida), g‘adir-budurlik belgisi (yuqorida o‘ng burchakda), chizmani burilgan belgisi (yuqorida chap burchakda); detalni tasvirini ifodalovchi omillar jadvali (tishli g‘ildiraklar va shlisali buyumlarda) ham keltiriladi. Detalning tasvirlar soni va mazmuni detalning shakli va o‘lchamlari haqida to‘liq ma’lumot berishi kerak.
Detalning tasvirini joylashtirishda rasmda keltirilgan L1, L2, L3 va H1, H2, H3 o‘lchamlar bir-biriga teng bo‘lishi tavsiya etiladi.
Chizmadagi yozuvlar
Chizmalardagi yozuvlarni, texnik talablar va jadvallarni joylashtirish qoidalari 2.316-68 DS da bayon qilingan. Agar chizmada detalni grafikaviy va shartli belgilari to‘liq ifoda etilmagan taqdirda ko‘pincha yozuvlar, jadvallar va matn qismlari kiritiladi. Yozuv matni aniq va qisqa qilib chizmaning asosiy yozuvi ustiga yoziladi. «Texnik talablar» degan yozuv yozilmaydi. Texnik talablardagi bandlar ketma-ket raqamlanib 2.316-68 DS tavsiyalariga asosan yoziladi. Tasvirlarga oid yozuvlar ikki qatordan ortiq bo‘lmasligi kerak. Ularni yozilishi va joylashtirilishi 11.2-shaklda ko‘rsatilgan. Asosiy yozuv 2.104-68 DS va 2.107-68 DS dagi «Ish chizmalariga qo‘yiladigan asosiy talablar» ga asosan to‘ldiriladi.
|